Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.12.2025 | 09:44

img2494

OGOHLIK QO‘NGʻIROGʻI

Bugun jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olgani bejiz emas. Buning oqibatida oxirgi 20 yil ichida yer yuzida 4,5 milliardga yaqin odam yirik tabiiy ofatlardan jabr chekkani, 1,2 million kishi halok bo‘lgani, iqtisodiy zarar esa qariyb 3 trillion dollarni tashkil etganini tasdiqlovchi ma’lumotlar bor.

Mutaxassislarning fikricha, Markaziy Osiyo mam­lakatlari geografik joylashuviga ko‘ra iqlim muammolariga ko‘proq moyildir.

Masalan, oxirgi 50–60 yil ichida mintaqa­dagi muzliklar maydoni 30 foizga kamaygan. Haroratning ­2 da­ra­ja ko‘tarilishi muzliklar maydonining 1,5 bara­var, 4 daraja ko‘tarilishi 80 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bashoratlarga ko‘ra, 2050-yilga borib suv resurslari Sirdaryoda 5 foizga, Amudaryoda 15 foiz­gacha qisqaradi. Yerlarning degradatsiyasi va cho‘llanishi ham inkor etib bo‘lmas masalalardan. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar Orol dengizining qurishi, uning tubidan osmonga ko‘tarilgan pestisidli changlarning ta’siridan aziyat chekib kelayotganiga ancha bo‘ldi.

Ayni paytda havoning buzilishi jahon miqyosidagi ekologik muammolardan biriga aylanmoqda.

Jumladan, xalqaro hisobotlar oxirgi yillarda bir necha bor Toshkentni dunyodagi havosi eng ifloslangan shaharlar sirasiga kiritdi. Bu yil ham poytaxtimiz ushbu ro‘yxatda dunyoning yirik shaharlari orasida bir necha bor oldingi o‘rinlarga chiqqani barchamizda jiddiy tashvish uyg‘otdi. Natijada mavjud muammoga zudlik bilan yechim topish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmay­digan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu muhim hujjat poytaxtning ekologik muammolariga qarshi kurashda tub burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Farmon nafaqat ekologik muammolarni tan olish, balki ularni hal etish uchun amaliy, kompleks va keskin chora-tadbirlarni joriy etishga qaratilgan. Inson salomatligi va hayot sifatini yaxshilash masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida. Hujjatda belgilangan havo, suv va tuproqni ifloslantiruvchi manbalarga qarshi kurash choralari bevosita inson salomatligini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish, transport harakatini cheklash, qurilishdagi changni bartaraf etish talablari ekologik xavflarni kamaytiradi.

Farmonga binoan, tadbirkorlik subyekt­lari va fuqarolar tomonidan mamla­kati­mizga olib kiriladigan maishiy havo tozalash uskunalari bojxona bojidan ozod etilmoqda. Atmosfera havosining RM 2.5 zarralari bilan ifloslanish manba­larini aniqlash uchun Ekologiya qo‘mitasi huzurida Atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil qilinishi, Toshkent shahrida havo sifati real vaqt rejimida nazorat qilinadigan avtomatlashtirilgan tizim yaratilishi, ekologik me’yorlarni buzgan issiqxonalar, turli pechlar hamda korxonalarga nisbatan ma’muriy va boshqa ta’sir choralari ko‘rilishi nazarda tutilgan. Poytaxtda havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan, ekologik talablarga javob bermaydigan avtomobillarni ­trade-in­ orqali yangilash mexanizmi joriy etilayotgani, Toshkent shahar hokimligiga 2026-yilga qadar 33 kilometr uzunlikda “Yashil koridor” barpo etish, 700 ta chorrahada zamonaviy, sun’iy intellektual boshqaruvga ega svetofor tizimini joriy etish vazifasi yuklatilishi ham farmonning ahamiyatini oshiradi.

Farmon asosida Toshkent shahri va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

2025-yil 1-dekabrdan boshlab Tosh­kentda AI-80 benzinini sotish to‘xtatiladi. Qurilish obyektlariga havo sifatini o‘lchay­digan stantsiya va kameralar o‘rnatiladi. Bundan keyin Toshkentda binolarni qurish loyihalashtirilayotgan paytda shamol yo‘nalishi va tezligini inobatga olish talabi qo‘yiladi. “Yashil Toshkent” loyihasi uchun mas’ul respublika ishchi guruhi tuziladi. Toshkent shahar o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi. Eng muhimi, poytaxtda daraxt kesish qarori ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Ekologik nazoratni kuchaytirish va mas’uliyatni oshirish maqsadida Maxsus komissiyaning tuzilishi va unga sanoat korxonalari faoliyatini to‘xtatish, chek­lovlar joriy etish singari berilgan keng vakolatlar ekologik qonunbuzarliklarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishidan dalolat beradi. Bu esa ifloslantiruv­chi subyektlarning mas’uliyatsizligiga chek qo‘yib, atmosfera havosini tozalash va changlanishni kamaytirishga xizmat qiladi.

Toshkent havosidagi zararli moddalar va chang miqdorini keskin kamaytirish farmonning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada bir qator choralar nazarda tutilgan. Masalan, transport harakatini cheklash, yuk tashuvchi avtotransportlar va toq-juft davlat raqamli avtomobillarning harakatini vaqtincha cheklash (elektromobillar bundan mustasno) havoga tashlanadigan zaharli gazlar miqdorini kamaytiradi.

Daraxtlar – sayyoramizning “o‘pka”­si. Ular inson uchun bebaho manba – kislorod ishlab chiqaradi, shuningdek, havodagi chang zarralarini, turli zararli gazlarni o‘ziga singdirib, havoni tozalaydi. Shaharlarda yashil maydon­lar va daraxtzorlarni ko‘paytirish havo ifloslanishini tabiiy ravishda kamay­tirishning eng samarali yo‘llaridan biridir. “Yashil makon” umummilliy loyihasi kabi tashabbuslar doirasida ko‘chat ekish ko‘lamini kengaytirish va ularning parvarishini tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi qurilayotgan hududlarda daraxtzorlar va bog‘lar uchun majburiy yer ajratish, mavjud yashil hududlarni muhofaza qilish ham ekologiyani, musaffo tabiatni yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Farmonda bu masalalarga atroflicha ahamiyat qaratilgan.

Atrof-muhitga zarar yetkazuvchi sanoat korxonalarining Toshkent shahri­dan boshqa hududlarga ko‘chirilishi shahar ichidagi ekologik bosimni sezi­larli darajada yengillashtiradi. Shu­ning­­dek, sanoat korxonalari uchun tashlan­malarning ruxsat etilgan miqdorini belgilash va me’yor buzilgan holatda ularga keskin choralar ko‘rish mumkinligi ekologik mas’uliyatni oshiradi. Maxsus komissiyaga ushbu yo‘nalishda dav­lat organlari va tashkilotlari, huquqni muho­faza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgani ham ekologik siyosatni amalga oshirishda tarqoqlikning oldini oladi va yagona strategiya asosida harakat qilish imkoniyatini yaratadi.

Kezi kelganda aytish kerakki, havo sifatini yaxshilash bir kunlik ish yoki bir tashkilotning vazifasi emas. Bu davlat organlari, mahalliy hokimiyat, korxonalar va eng muhimi, har bir fuqaroning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab etuvchi keng ko‘lamli masaladir. Atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish va yashil makonlarni asrab-avaylash orqali sog‘lom yashash muhitini yaratishimiz mumkin. Xalqimizning yerni, tabiatni, suvni, har bir niholni asrash va ­e’zozlash borasidagi ezgu an’analarini, bu bilan bog‘liq muqaddas tushunchalari, maqol va rivoyatlarini, albatta, hammamiz yaxshi bilamiz.

Afsuski, bugungi global zamonda biz bu qadriyatlardan tobora uzoqlashib bormoqdamiz. Holbuki, mana shu milliy qadriyatlarimiz muammoga yechim topish­ning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lishi mumkin.

Ekologik muammolar – o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir inson va jamiyat uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘idir. Bugungi har bir harakatimiz farzandlarimizning toza havodan nafas olishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda, Prezidentimizning ushbu farmoni mavjud muammolarga yechim topish bilan birga, kelgusi avlodlar uchun sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilgan uzoq muddatli strategik yo‘lni belgilab berishi bilan ham ahamiyatlidir. Endilikda asosiy vazifa – bu muhim farmonda belgilangan chora-tadbirlarni izchil va samarali amalga oshirishdan iborat.

Jamoliddin BADALOV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-noyabrdagi 48-soni


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img123

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img336