05.12.2025 | 16:07
2968
KUNLARIM
Yoshlik – tentaklikning bir turi, demish mashoyixlar. Kaminaga ham bu inqirozni chetlab o‘tish imkoni bo‘lmay, aql tanqisligidan bir muddat yetim yumron kabi xirmon-u shiyponlarda tunab, ko‘b xo‘rliklar ko‘rgonim bor. Emdi ul ko‘rguliklarga “zed” avlod yo‘liqmasun debon, ushbu pandnomani havola eturman.

Hayf, yuz ming hayf ketdi Layloni kutgon kunlarim,
Ko‘ngli bo‘sh ma’shuqa deb ko‘zyoshni yutgon kunlarim.
Kechalar uyqum qochib, yulduz sanab to tonggacha,
Alah-alah oyoq birla sholchoni otgon kunlarim.
Yana hayf, sirdosh tilab, Solim parangni topgonim,
Ham ilmimi xo‘r aylabon “Portveyn”* tortgon kunlarim.
Ul baloxo‘r mast bo‘lib, shalpaysa gar shudgor aro,
Mollavlagi kabi, afsus, paykalda yotgon kunlarim.
Zoye ketdi ulpatimni yelkalab eltgonlarim,
Bosh bila qoqib eshik, yorin uyg‘otgon kunlarim.
Xolis xizmatim haqqiga xotinidan qarg‘ish olib,
Solimga besh, Layloga o‘n qayg‘uga botgon kunlarim.
Laylo erga tegdi-ketdi, Solim ichishni tashladi,
Yorsiz ham bodasiz** o‘zni yo‘qotgon kunlarim.
Kulgim-u o‘lgim kelar esga tusharsa o‘sha payt,
Nasiyaga may bermasa kim, mushtlar otgon kunlarim.
Maypurushni(ng) qizin oldim, tinchidi jonim manim,
Ibrat o‘lsin sizga, Sattor, yo‘lni yo‘qotgon kunlarim.
* Yo‘qsullarni tinchitmakka qasddan o‘ylab topilgan arzon sharob turi.
** Mashrab boboga ishora.
Qavs oyining beshinchisida eski hammom muyulishida bebaldoq paqir ko‘targan ro‘dapo Layloga ko‘zim tushib, eski sevgimga qalbim achib, ko‘zyoshim abri nayson bo‘lib, simyog‘ochga suyanib yozib qo‘ydim.
Sattor SUROB
“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-noyabrdagi 48-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333