Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.12.2025 | 16:31

img2551

YAQO TUTAMLAB

Noxush kunlardan birida tilpo‘nda pidbo‘l ko‘rib o‘tirib, tanaffusda dunyoga ham bir bo‘ylab qo‘yay deb ivirsib, bir juft yuvuqsizning nahslashgan gurungini bilmay bosib oldim. Taassurot budur:

Istig‘for aytganim aytgan:
erkakmi bul, ayol yoki,
Ko‘rganim alvasti tushmu yo,
ajina xayol yoki.

IT*dan tarqagan nusxasi
muxannasdan bichim olgan,
Bul erlarga so‘roq yoki,
xotunlarga savol yoki.

Chalib surnay – chirmandalar,
shuhratlanur sharmandalar,
Yuvuqsizlar arzandalar…
uyat topdi zavol yoki.

Hebbimmijozga bir qarang,
yelkada adrasi tarang,
Gʻamzada ustozi farang,
qiyiqmu bu ro‘mol yoki?

Qiyomatdan xavotirman,
kalima aytayotirman,
Bo‘lurmu hech ho‘kizjonga
ho‘kiz jufti halol yoki?

Iyak silliq, ko‘sa deysan,
zulfin qizlar ko‘rsa deysan,
Saqolin qirtish aylagondir yo,
valadi besaqol yoki.

So‘qir ko‘zga oyna nevchun,
nigohda na ma’ni, mazmun,
Yaqin sharqda haydaganlar,
itargandir shimol yoki.

Buyuklarga osilsam gar
nom qozongum deydi zang‘ar,
Harom o‘lib xor bo‘lursan,
bor, ko‘zimdan yo‘qol yoki!

Muborak taxallusimni bul palidlarga baxshida la’natnomaga tirkamaslik uchun she’rga qo‘shmay, yengimni burnimga qalpoq aylab, qavs** ichinda tajang bitdim.

* Ijtimoiy tarmoq
** dekabrning eskicha nomi bo‘lsa kerak.

Sattor SUROB

“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-dekabrdagi 49-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333