Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


01.01.2026 | 11:08

img1414

XUSHXABAR!

Ho-o-o-y-y, yaxshila-a-a-r-r-r!
Eshitmadim demangla-a-r-r!
Quloq solinglar, quloq!
Zamin-u Samoni xushxabar
tutdi! Xushxaba-a-r-r!!! Insonligi
yodiga tushdi Odamzodning,
yodiga-a-a-a!..

Yilning birinchi kunidan, ilk soati, ilk daqiqalaridan boshlab butun yer yuzidagi barcha katta-kichik nizolar, qirg‘inlar, urushlar batamom to‘xtadi. Umumbashariyat bir yoqadan bosh chiqarib, yalpi AHDLASHUV, DO‘STLASHUV, BIRODARLASHUV bitimiga imzo chekdi! Zamonamiz allomalari, ulamo-yu donishmandlari, mutaraqqiy va qudratli davlat rahbarlari, eng zakiy, eng dono ziyolilari inson tabiatidagi e-eng ardoqli, eng qudratli, eng boqiy tuyg‘u bo‘lmish MEHR-MUHABBAT, MEHR-OQIBAT tuyg‘usiga quloq tutgan holda yil oxiriga qadar tom ma’nodagi INSONPARVARLIK g‘oyasini ilgari surdilar. Ko‘hna tarix ko‘rmagan shoyon VOQEA yuz bermoqda!

Gina-kuduratlar unutiladi, qasd olishlarga chek qo‘yiladi, ko‘zlardan, so‘zlardan mehr yog‘adi, e’zoz yog‘adi, rahm-shafqat yog‘adi!
Butun yil mobaynida kurrayi zaminimizda:
birorta insonning dili vayron bo‘lmaydi;
qonlar to‘kilmaydi; uy-joylar to‘zonga aylanmaydi. ko‘zlardan quvonch-shodiyona arimaydi;
badavlat nochorga qayishadi; to‘q ochning holidan xabar oladi;
nafaqat bir mamlakat, davlat hududida, balki butun dunyo miqyosida adolat, rahm-shafqat musiqasi jaranglaydi.

Olam erkin nafas oladi, tabiat neki tirik jon bor – hamma-hammasiga Ona og‘ushiga, Ona quchog‘iga aylanadi. Suvlar sharqirab oqadi, shabada dilga orom bag‘ishlaydi, Quyosh harorati, tun-kun tarovati yashashga, yashashga va yanada emin-erkin yashamoqqa undaydi.

Yomg‘ir-qor emas, rizq-ro‘z, baraka yog‘adi. Dalalarimiz mo‘l-ko‘l hosil beradi. Oilalar farovon, xonadonlar quvonchga to‘lib-toshadi. Keksalarimiz izzatda, yoshlarimiz mehnatda bo‘lishadi.
Bemorlar sog‘ayadi, kasal xonalar huvillab qoladi.
Farzandlar chehrasidan shodon kulgi arimaydi.
Jinoyatga qo‘l bormaydi.
Ona tabiat, Yer-u Osmon erkin nafas oladi. Na havoda, na qalblarda g‘ubor qoladi.
BIR YIL! BIR YIL! BIR YIL! Inson irodasi, inson zakovoti,
inson ong-u tafakkuri bir yil chinakam INSONdek yashashga qurbi yetadi!
Yil mobaynida bashariyat o‘zini o‘zi davolaydi, xasta ko‘ngli, xasta ruhi, xasta nafsi izmidan chiqadi – insonlashadi. “INSON O‘ZING!” deya bong urgan O‘ZBEK shoiri ning ogohlik qo‘ng‘irog‘iga quloq osadi!
Sobit-u sayyorada Inson o‘zing, inson o‘zing! Jondek aziz zamindoshlar!
Hamnafaslar! Quchoq ochib qarshi olaylik, ulkan orzular yilini!

Xurshid DO‘STMUHAMMAD,
adib

“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333