Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.01.2026 | 14:48

img3602

YOZUVMI, YOZUQMI?

Avvallari safardagi otaga, harbiy xizmatdagi akaga, sevgan yoriga yozilgan xat oddiy so‘z emas, qalb qo‘ri to‘kilgan jumlalar bilan bezalar edi. So‘z o‘ylab tanlanar, jumla qayta-qayta tuzatilar, hatto husnixatga o‘zgacha ahamiyat berilardi. Otaga yoki akaga yozilgan maktubda nafaqat mazmun, balki yozuvning o‘zi ham ahamiyat kasb etardi. Ayrim muhim so‘zlarni yozishda gul, qush yoki ramziy bezaklar bilan xattotlik usullaridan foydalanish, harflarning ravonligi, so‘zlar oralig‘i, hatto qog‘ozdagi tozalik ham so‘zga bo‘lgan hurmat belgisi hisoblanardi. Bu orqali inson so‘zni his qilar, uning ma’no yukini chuqurroq anglardi. Xat – o‘qiladigan emas, his qilinadigan matn bo‘lardi. Shu bois, yaxshi yozuv o‘quvchini charchatmas, aksincha, fikrni qabul qilishni osonlashtirardi.

Bunday xatlar yozish insonni kitob varaqlashga, gazeta-jurnal o‘qishga, shu orqali til imkoniyatlarini kashf etishga majbur qilardi. Har bir yangi xat avvalgisidan o‘zgacha bo‘lishiga intilish ko‘proq o‘qish, izlanishni talab qilar, so‘z boyligini kengaytirar, to‘g‘ri va ravon yozish qobiliyatini shakllantirar edi.

Ana shu madaniyat bilan biz gazeta tahririyatlariga ham xat yozardik. Maktublar e’tiborsiz qolmasdi. Tahririyat javob qaytarardi, ijodimiz namunasiga munosabat bildirardi. Chunki u xatlarda nafaqat biror maqola, muammo, balki madaniyat ham bor edi.

Bugun xat deyarli yozilmaydi. Yozilayotganlarini ham mutlaqo o‘qib bo‘lmaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarni maymun ko‘rsa qon yig‘laydi. Tahririyatga kelayotgan ba’zi xatlarda jumlalar parokanda, fikr chala, imlo va uslubga e’tibor yo‘q. Eng achinarlisi, bunday matnlarda na estetik did, na axloqiy mazmun seziladi.

Yozuvda ravonlik, fikrda mas’uliyat yo‘q, xatning husni haqida, xattotlik haqida gapirish u yoqda tursin, oddiy o‘qishli yozuv anqoga shafe. O‘qib bo‘lmaydigan nomalarga nima deb javob qaytarish mumkin? Nahotki, so‘z va tilning yukini his qilmaydiganlar soni tobora ortib bormoqda?

Bundan tashqari, jamiyatimizda g‘arb so‘zlarini ona tiliga qo‘shib ishlatishni madaniyat belgisi deb hisoblovchilarning ko‘payayotgani yana bir muammo. Ayrimlar har bir jumlani xorijiy so‘z bilan “bezamasa”, go‘yo fikri o‘ziga qadrsizdek tuyuladi. Bunday yondashuv til taraqqiyoti uchun emas, balki uning sofligiga putur yetkazishga xizmat qiladi. Ona tilida muqobili bor tushunchani begona so‘z bilan almashtirish – bilim belgisi emas, balki tilga nisbatan bepisandlikdir.

O‘z navbatida, tahririyatlar so‘z madaniyatining mezoni hamdir. Bu yerga kelayotgan har bir xat til me’yori, ifoda madaniyati, hatto yozuv estetikasi nuqtayi nazaridan ham baholanishini unutmasligimiz shart. Chunki gazeta – jamoatchilik oldidagi minbar. U yerdagi har bir so‘z, har bir jumla, har bir ifoda o‘quvchi tafakkuriga ta’sir qiladi.

Avvallari otaga, akaga, sevgan yoriga yozilgan xatda so‘z qanday ehtiyot bilan tanlangan bo‘lsa, har bir harf qanday e’tibor bilan bitilgan bo‘lsa, bugun tahririyatga yozilayotgan har bir maktub ham shunday mas’uliyat bilan yozilishi kerak.

Xat yozish – so‘z va shakl uyg‘unligini yaratish jarayonidir. So‘zni asrash – mazmun barobarida uning shaklini, estetikasini ham asrashdir. Chunki so‘z – millat tafakkuri, didi va axloqining jamlangan ko‘rinishi sanaladi.

Bahrom BOYMUROD

“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-yanvardagi 2-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333