Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.01.2026 | 11:01

img2784

SHE’RNING ZO‘RI

(Saodatmand ustozlarimizning ulug‘i “She’rning zo‘ri – to‘rt satr”, deb lutf urg‘on edilar. Kamina ham bu yo‘sinda manglay qashqa, tirsak yag‘ir bo‘lmog‘idan cho‘chib turmadim, boz yo‘nilmagan qalam birla tilpon tugmachalarini turtib, ushbuni qoralagan joyim. Andak hadik ham yo‘q emaski, injiq she’rxonlar to‘rtligimizga burun jiyib, “to‘rt tarafing qibla” deb, yo‘llanma bervormasalar…)

MABODO
U seni samimiy yomon ko‘radi,
Agar buloq bo‘lsang, cho‘lga buradi.
Mabodo, kul bo‘lsang, sovurar ko‘kka,
Mabodo, gul bo‘lsang, molga beradi.

BOLA
Olam to‘la sir, bola,
Anglaysan bir-bir, bola.
Mazmunli gapirma, qo‘y,
Mazmunli jim tur, bola.

TAVBA
Xotin ko‘paytirganlar bari
Oldin qo‘ppayadi, keyin so‘ppayadi.
Chunki xotin ko‘paygan sari
Qaynona ham o‘z-o‘zidan ko‘payadi.

XAVOTIR
Masjid eshigidan shoshib, betoqat
O‘zini ichkari urdi bir nokas.
Insof bergani chin bo‘lsin-u faqat
Kimdir kovushidan ayrilmasa bas.

CHORA
Pora olib tursang agar ora-chora,
Qo‘lga tushsang, bo‘lgay yana pora – chora.

JINOYATCHI

Ketidan qo‘ysang ham yuzta izquvar
Yo‘lidan qaytmaydi ering – qizquvar.

Turli-tuman yillarda turli tumanlarda bitilgan. Guvoh – abadiy tanqidchi J.Gʻ.Biyronov.

Sattor SUROB

“Jadid” gazetasining 2026-yil 16-yanvardagi 3-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333