Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.01.2026 | 16:00

img2936

O‘QITUVCHINI BECHORA QILIB KO‘RSATMANG!

Hurmatli rejissyorlar, adiblar, dramaturglar!

Film, serial olayotganingizda, pyesa sahnalashtirayotganingizda, hikoya, she’r yoki doston yozayotganingizda o‘qituvchi personajini o‘ta oddiy, keragidan ortiq kamsuqum shaxs, yashash sharoiti achinarli darajada bechorahol qilib ko‘rsatmang, ifodalamang.

Ko‘p kuzatganim, deyarli barcha kino va badiiy asarlarda o‘qituvchi xalqi bir xil gavdalantiriladi: allazamonlardan beri kiyilaverib yaltirab ketgan kastyum-shim, ohori to‘kilgan ko‘ylakda, qo‘lida ka-a-atta popka, qabariq ko‘zoynakli, yag‘iri chiqqan do‘ppi va albatta, bo‘yinda endor galstuk… Ishga ham yo piyoda, yoki g‘irchillab yuradigan velosipedda qatnaydi.

To‘g‘ri, o‘qituvchilar rostdan ham halol, mo‘tadil hayot kechiruvchi, yurish-turishi, muomalasi oddiygina odamlar. Ortiqcha hoy-u havasga o‘chmas. Biroq zamon o‘zgardi, davlatning pedagoglarga e’tibori o‘zgardi, o‘qituvchilarning ongi o‘zgardi. Garchi ustozlar qalbi hamon pok esa-da, ularning ham kiyinishi, imijlari o‘zgardi.

Qachongacha bankirni yo tadbirkorni bashang ko‘rsatib, o‘qituvchini ularga zid qo‘yamiz? Zamonaviy pedagog ham jaraq-jaraq oylik olyapti, yengil avtomobil minyapti, hashamatli restoranlarga boryapti, yangi rusumdagi telefon ishlatyapti. Oliy ta’limdagi professor-o‘qituvchilarni aytmasayam bo‘ladi farovonlik borasida.

Eskicha tasavvurlarni o‘zgartirmasak, ota-onalar bolalariga “Ko‘rib qo‘y, sen ham o‘qituvchi bo‘lsang shunday yashaysan, biring ikki bo‘lmaydi”, deb ziyolilarni qo‘l uchida ko‘rsataveradi.

Televideniye, ijtimoiy tarmoqlar – katta auditoriya. Unda lavhalar qanday tasvirlansa, aksar aholi shunday qabul qiladi.

Men bu bilan bir kasbni boshqasidan ustun qo‘ymoqchi emasman. Lekin alaloqibat, “Dunyoda bitta kasb bor – o‘qituvchilik. Qolgan barcha kasblar uning hosilasidir”.

O‘qituvchi bo‘lib paxtaga ham chiqdik, namunaviy uylar qurilishida ham ishladik, ko‘chalarni tozaladik, daraxtlarni oqladik, uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga ham oldik. Hatto, zootexnik ham bo‘ldik. Tungi smenada maktabni qorovullash… Shukurki, bular ortda qoldi. Endi ijodkorlarning ham fikri o‘zgaradigan vaqt keldi.

O‘qituvchining jamiyatdagi nufuzini oshirishning bir uchi aynan siz – dramaturglar, rejissyorlar, yozuvchi va shoirlarga bog‘liq.

Xulosa: mayli, bo‘rttirmang, yoningizdan qo‘shmang, lekin bugungi yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanayotgan o‘qituvchi hayotini ko‘rsatsangiz, shu ham yetadi.

Erkinjon YARASHEV
Facebook

“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-yanvardagi 4-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333