Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.02.2026 | 16:05

img4197

“O‘TKAN KUNLAR” FORS TILIDA

Tarjima – millatlar o‘rtasidagi madaniy va adabiy-ma’rifiy aloqalarni ta’minlaydigan asosiy vosita hisoblanadi. U orqali turli xalqlarning ilmiy va adabiy merosi umuminsoniy boylikka aylanib boradi. Boshqacha qilib aytganda, tarjima bir jamiyatning tafakkuri, dunyoqarashi, tarixiy tajribasi hamda ma’naviy qadriyatlarini boshqa jamiyatga yetkazishning samarali vositasidir.  

Shuning uchun ham, yuksak saviyada amalga oshirilgan tarjima muayyan xalqning madaniyati va tamaddunini jahon hamjamiyatiga munosib tarzda taqdim eta oladi.

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari o‘zbek zamonaviy adabiyotida yozilgan ilk roman sifatida e’tirof etiladi.

Asar o‘zbek adabiyotida roman janri va tafakkurining boshlanishini namoyon etibgina qolmay, balki ijtimoiy va tarixiy mazmun ila g‘oyasi bilan hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Abdulla Qodiriy zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojlanish bosqichiga o‘tish jarayonida katta ta’sir ko‘rsatgan yetuk yozuvchi sifatida tanilgan. U jamiyatda sunnat va yangilanish o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar hamda axloqiy muammolar xalq hayotini qamrab olgan murakkab bir davrda ijod qilgan edi.

“O‘tkan kunlar” romani XIX asr ijtimoiy voqealarini tanqidiy va tahliliy nuqtayi nazardan yoritadi. Asar realistik uslubda hamda qahramonlarning ruhiy tahlili orqali yozilgan bo‘lib, nafaqat roman janridagi asar, balki muhim bo‘lgan ijtimoiy va tarixiy hujjat sifatida ham muhimligi e’tirof etiladi.

Mazkur roman bayon jihatidan o‘ziga xos uslubga ega bo‘lib, turli tillarga tarjima qilindi va shuhrati dunyo xalqlari o‘rtasida keng yoyildi. “O‘tkan kunlar” tojik, rus, ukrain, totor, ozarbayjon, qozoq, qoraqalpoq, turkman, uyg‘ur, nemis, arab va boshqa tillarga tarjima qilingan. Zikr etilganlardan tojik tilidagi tarjimasi birinchi bor adib Abdusalom Dehotiy tomonidan amalga oshirilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra chop etilmagan. Keyinchalik, tajribali yozuvchi va tarjimon Istad Qosim tomonidan tarjima qilinib, “Ro‘zgori moziy” nomi bilan kitob shaklida chop etilgan va tojikzabon o‘quvchilar qo‘liga yetgan.

Endi esa, mazkur roman iste’dodli adib va malakali tarjimon Yunus Imomnazar tomonidan fors tiliga o‘girildi va “روزﮔﺎر ﮔﺰﺷﺘﮫ” (“Ro‘zgori guzashta”) nomi bilan Tehrondagi “Xiradgon” nashriyotida 490 sahifa hajmda, Suhaylo Yusufiy muharrirligida nashr etildi.

Aytish lozimki, asarning forsiyga tarjimasi oson ish emas, balki og‘ir va mashaqqatli faoliyat hisoblanadi. Yunus Imomnazar bu yo‘lda katta mehnat va matonat bilan o‘z maqsadiga erishgan. Hajm jihatidan asarning salmog‘i, har bir so‘z va iboraning zarofati va milliyligi barobarida asliy matn mazmunini saqlagan holda tarjima qilish majburiyati bu ishni yanada murakkablashtirgan.

Bu tarjima Yunus Imomnazarning o‘zbek adiblari ijodidan ilk tajribasi emas. U bundan oldin “Xirmani suxan” nomli uchta tarjima kitobini nashr qilgan bo‘lib, ular qirqdan ortiq mashhur o‘zbek yozuvchilarining qissa va hikoyalarini qamrab olgan.

Avvalo, mutarjim mazkur o‘girmalarni amalga oshirar ekan, zamonaviy o‘zbek nasriga chuqur kirib borgan va qardosh adiblarning uslubini mukammal o‘rgangan. Ushbu amaliyot “O‘tkan kunlar” romanini tarjima qilinishida asqotgan.

Ikkinchidan, ravshan ko‘rinib turibdiki, tilmoch fors zamonaviy nasrining uslubi, so‘z va iboralarning nozik jihatlarini teran his etgan holda o‘zbek maqol-zarbulmasallariga mos keladigan fors muodillarini o‘rinli qo‘llay bilgan. Asarning forsiy muhitida nashr etilishi o‘quvchiga zamonaviy o‘zbek adabiyotining shoh asarlaridan biri bilan tanishish imkonini beradi hamda xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda xizmat qiladi.

Ushbu tarjimaning muhim xususiyatlaridan biri kitobning tuzilishidir. Asar tarjimon tomonidan tayyorlangan adibning qisqacha hayotiy sharhi bilan boshlanadi. Bu qism alohida ahamiyatga ega, chunki Abdulla Qodiriyning hayoti va faoliyati bilan tanish bo‘lmagan forsiy o‘quvchi tarixiy va adabiy muhitni yaxshi ilg‘ay olmasligi mumkin.

Ma’lumki, Qodiriy tarixiy sanalarni alohida nazokat bilan ko‘rsatadi – yillarni qamariy-hijriy taqvimga muvofiq va oylarni shamsiy-hijriy taqvimga muvofiq keltiradi. Tarjimon esa ularni maxsus formula orqali avval Eronda keng qo‘llaniladigan shamsiy-hijriy yil hisobiga, so‘ngra esa milodiy yil hisobiga o‘tkazadi.

Tarjimaning tili ravon bo‘lib, o‘quvchining zavqiga mos keladi. Ko‘p holatlarda tarjimon so‘zma-so‘z tarjimadan o‘zini tiyib, bundan ko‘ra his-tuyg‘ular, ijtimoiy muhit va muallifning uslubini yetkazishga uringan. Bu usul “O‘tkan kunlar”ning ham lingvistik, ham estetik xususiyatlarini namoyon qiladi.

Yunus Imomnazarning tarjima mahorati nafaqat asl mazmunga sodiqlikda, balki adabiy va estetik fazoni yaratishda ham namoyon bo‘ladi, bu esa o‘quvchini qahramonlar va roman muhiti bilan ular yashagan vaqt va makonda birlashtiradi.

Quvonarli jihati shuki, “O‘tkan kunlar” romani mazkur tarjima orqali dunyo miqyosida kengroq tarqalib, muxlislari sonini oshiradi. Chunki fors tilida so‘zlaydiganlar nufusi millionlarni tashkil qiladi va dunyodagi ko‘p kitob mutolaa qiladigan xalqlar safiga kiradi.

Tarjima madaniy va adabiy ko‘prik bo‘lib, adabiyotning asosiy vazifasini – dil va madaniyatlarni bog‘lash hamda inson tafakkurini rivojlantirishdek oliy amalni bajaradi.

Dalershoh NE’MATOV,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining magistranti

“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-yanvardagi 5-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img52

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img126

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img316