Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.04.2024 | 13:52

img374

HAFSALANI PIR QILMANG, PIR TUTING!

Lug‘atlarda yozilishicha, “hafsala” inson irodasining mehnat yoki hara­katga moyilligini, biron-bir ishni chin dildan ado etish istagini ifoda etadi. Kundalik hayotimizda “shu ishga hafsalasizlik qildim” yoki “bu yumushni astoydil, hafsala bilan bajardim”, “agar hafsala qilib, jon-dildan kirishmasang, bu hayotda biror natijaga erisholmaysan” kabi gaplarni ko‘p eshitamiz.

Umr bo‘yi halol mehnat ortidan kun kechirgan rahmatli padari buzrukvorimning: “Qunt, hafsala bilan qilingan ishda baraka bo‘ladi, bolam”, degan so‘zlari hayotda meni doimo tartibli, intizomli bo‘lishga undab kelgan.

Buyuk matematik bobomiz Muhammad al-Xorazmiyning ajoyib tenglamasiga e’tibor be­ring: “Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, bamisoli u – birga teng. Agar inson husn sohibi bo‘lsa, birning yoniga nolni qo‘shing – 10 bo‘ladi. Agar inson boy bo‘lsa, yana bitta nolni qo‘shamiz – 100 bo‘ladi. Agar inson nasl-nasabli bo‘lsa, yana bitta nolni qo‘shing – 1000 bo‘ladi. Bordi-yu, bu sanoqdan bir raqami, ya’ni xulq g‘o­yib bo‘lsa, insonning qiymati yo‘qolib, faqat nollarning o‘zi qoladi”. Qarang, qanday oddiy, shu bilan birga teran falsafa. Demak, yaxshi xulq insonning insoniyligini belgilaydigan eng muhim mezondir. Axir, muborak hadislarimizda ham: “Sizlar far­zand­­laringizga meros qilib qoldiradigan eng katta boylik – bu yaxshi axloq-odobdir”, deb ta’kidlangani bejiz emas.

Bizning bolaligimiz Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyingi og‘ir davrga to‘g‘ri kelgan. Qishloqlarda uylarning tomiga qamish va xas-xashak yoyilib, ustiga tuproq to‘shalib, somonli loy bilan suvalardi. Kiyadigan ki­yim­larimiz kamtarona, yeydigan ovqatimiz hozirgiday xilma-xil emasdi. Hamma joyda sovetning majburiy tenglashti­rish, ya’ni qashshoqlashtirish siyosati hukmron bo‘lsa-da, odamlarda o‘zbekona mehr-oqibat, boriga qanoat qilib, shukrona bilan yashash tuyg‘usi kuchli edi. Har qanday sharoitda ham bemor yoki keksa kishilarning holidan, ikki-uch qish­loq oshib bo‘lsa-da, xabar olish odamgarchilikning belgisi sanalardi. “Hafsala qilib, bir ko‘rib ketay dedik-da”, deya uyimizga yaxshi niyat bilan eshik qoqib keladigan insonlardan ibrat olib yashardik. “Falonchinikiga hasharga!” degan da’vatni eshitsak, qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar, yugurib boraverardik.

Bunday “o‘zbekchilik” deb atalgan hayot tarzi or-nomus va g‘urur masalasiga aylanib ketgan, shunday xayrli ishlarda ishtirok etmaslikning o‘zi uyatli, eldan ajralib qolishni bildirar edi. Lekin, afsuski, bugungi shiddatli davrda turli tashvish va muammolar bilan band bo‘lib, hadeganda yordamga muhtoj, mehrga zor, nochor odamlarning ko‘ng­lini so‘rashga qunt va hafsala qilavermaymiz.

Biz uchun necha zamonlardan bu­yon dolzarb mavzu bo‘lib kelayotgan to‘y va ma’rakalarni kamxarj qilib o‘tkazish masalasini olaylik. O‘tgan asr boshlarida jadid bobolarimiz bu haqda qancha kuyunib gapirgan edilar. Yana bir bor taassuflar bo‘lsinki, ulug‘ ma’rifatparvarlarimizning ana shu ogohlantirishlari, oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, hanuzgacha qalbimizga yetib bormayapti, befarq qarayapmiz. Kimlarnidir qoyil qoldirish ilinjida ota-bobolarimizning yetti uxlab tushiga ham kirmagan marosimlarni o‘ylab topmoqdamiz. To‘ylarimizdagi na milliy urf-odatlarimiz, na o‘zbekona uyat-­andisha, na ma’naviyat va madaniyat talablariga to‘g‘ri kelmaydigan “yangilik”larni aytmaysizmi?

Taniqli adabiyotshunos olim Gʻaybulloh as-Salomning “Tug‘ilgan ku­ning esdan chiqsa chiqsin-u, biroq nima uchun tug‘ilganing esdan chiqmasin”, degan gapini hayotimizning oltin qoidasiga aylantirishimiz shart. Toki, har bir inson odamiylik matlabi nima ekanini unutmasin.  

Xalqimizga Vatanimizga mehr va sadoqat bilan chin dildan xizmat qilish, har qanday sharoitda ham o‘z ajdodlariga munosib inson bo‘lish hayotimizning ma’no-mazmuniga aylansa, o‘zingiz ayting, dunyoda bundan ham ortiq saodat bormi o‘zi?!

Abdushukur hoji MUHAMMADQULOV, mehnat faxriysi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, Samarqand viloyati, Payariq tumani

“Jadid” gazetasi 2024-yil 12-aprel 16-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604