Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.02.2026 | 16:19

img3510

“YETTI IQLIM” IBORASINI BIRINCHI BO‘LIB KIM QO‘LLAGAN?

Biz iqlim so‘zini ko‘p ishlatamiz. Ayniqsa, keyingi  paytlardagi  iqlim o‘zgarishlari sabab bo‘lib, bu so‘z jonli tilda ham, ommaviy axbort vositalari  tilida ham yanada faollashdi.

Xo‘sh, iqlim so‘zining tarixi qanday? Tilimizdagi noyob iboralardan sanalgan yetti iqlim birikmasi qanday paydo bo‘lgan?

Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobining oxiridagi izohlarda shunday bir ma’lumot bor: “Iqlim – yunoncha klima – “og‘ish” so‘zidan olingan. Ptolemey o‘z “Geografiya”sida Yer sharqiy yarimsharining shimoliy yarmini sakkiz iqlimga ajratgan bo‘lib, bu iqlimlar Yer ekvatoriga parallel zonalar edi (Muhammad al-Xorazmiy. Tanlangan asarlar. 250-bet). Lekin al-Xorazmiy o‘zi to‘plagan ma’lumotlar va mahalliy an’analarga asoslanib, iqlimlarning sonini bittaga kamaytiradi va fan tarixida birinchi marta adabiyotga yetti iqlim tushunchasini kiritadi”.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da arab tilidan tilimizga kirgan iqlim so‘zi “mintaqa”, “hudud”, “o‘lka”, “ob-havo”, “muayyan joyning o‘ziga xos, har yili takrorlanuvchi  odatdagi ob-havo sharoiti” ma’nolarida izohlangan. Bu izohda iqlim so‘zining arab tiliga yunon tilidan (klima) kirganligi aytib o‘tilgan.

“Navoiy asarlari lug‘ati”da iqlim so‘ziga shunday sharh bor: mintaqa, qit’a, (quruqlikning bir bo‘lagi. Hammasini yetti iqlim deganlar). Zahiriddin Muhammad Boburda ham bu so‘z shu mazmunda qo‘llangan.

Xo‘sh, iqlim so‘zining qadimgi turkiy tilda muqobili bo‘lganmi? Biz tog‘ iqlimi, dengiz iqlimi birikmalari o‘rnida tog‘ havosi, dengiz havosi birikmalarini qo‘llaymiz. Lekin havo so‘zi ham asli arabcha. Qadimgi turkiy til bilimdoni ustoz  Hamidulla Dadaboyevdan bu haqda so‘radim. Hamidulla aka menga quyidagi ma’lumotlarni havola qildi: Iqlim so‘zi adabiyotimizda ilk bor Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida qo‘llangan. “Bu kitab qayu padshahqa ya iqlimqa tegdi ersa…” O‘zlashmaning ma’nosi  Enasoy obidalari hamda  Turfon matnlarida qayd etilgan yer sub / yer-suv birikmasi anglamiga muayyan darajada mos tushadi. “Qadimgi turkiy til lug‘ati” (DTS)da yer sub (yer-suv) “materik”, “Yer” ma’nosida izohlanadi. (257-bet)

Demak, 783–850-yillarda yashab o‘tgan al-Xorazmiy yetti iqlim tushunchasini ilm-fandagi (arabcha) adabiyotlarga birinchi bo‘lib olib kirgan bo‘lsa, XI yuzyillikda yashab ijod etgan Yusuf Xos Hojib iqlim so‘zini turkiy tildagi yozma badiiy adabiyotga olib kirgan.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-fevraldagi 8-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329