Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.03.2026 | 17:55

img3337

“RO‘ZAMISIZ, KO‘ZAMI?”

Muborak Ramazon oyi kirib kelishi dillarga quvonch bag‘ishlaydi. Ammo shu g‘animat kunlarni ko‘ngildagiday o‘tkazish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Masalan…

Ro‘za boshqa oylarga qaraganda kam yeb, kam ichishni talab etadi. Ixtiyoriy och qolish orqali ham jismni, ham nafsni tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Ibratli jihati, majburlikdan, yo‘qchilikdan och qolayotganlar holini ham his qiladi odam. Dilda shukrona va saxovat tuyg‘ulari oshadi. Lekin ayrimlar bu oyda boshqa vaqtda yemagan tansiq taomlar, yemaklarga zo‘r beradi. Kunduzi och yurgani bilan, saharlik va iftorlikda me’yorni unutib qo‘yadi. Tibbiyotda birdan ko‘p ovqat yeyish yo suyuqlik ichish og‘ir oqibatlarga olib kelishi ko‘p aytiladi.

Ro‘zadorlarga iftorlik berish maqtalgan amallardan. Lekin hech qachon isrof qilib savob olinmaydi. Ehson,  avvalo, muhtojlarga tarqatiladi. Ammo ba’zi iftorliklar bir to‘yga o‘xshaydi. Dasturxon uchun maxsus  taomlar, shirinliklar tortiladi. Ammo buni qayerdan olganini birov bilmaydi. Bu ibodat emas, bid’atga aylanib ketadi.

Halol rizqdan yeb-ichish, isrof qilinmasa, Qur’oni Karimda ham e’tirof etilgan. Biroq dasturxonini rasmga, videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylash, iftorlik uchun dong‘i ketgan kafe-restoranlarga borib, jonli efirlar uzatish sof diniy qarashlarga ham, oddiy insoniy madaniyatga ham to‘g‘ri kelmaydi. Zero, hammaning sharoiti har xil. Ramazon kimo‘zarga iftorlik qiladigan musobaqa oyi emas.

Yana bir gap. Hurmatli aka-ukalarimiz iftorlikka, taroveh namoziga shaxsiy ulovlarida boradi. Bu esa joylarda uzoqqa cho‘zilgan tirbandlik hosil qilib, mashinalar harakatiga xalaqit beradi. Namozdan chiqib yo‘l talashayotganlarni ko‘rib ba’zan yoqa ushlaydi odam. Axir, masjidlarga jamoat transportida, yaqinroqdagilar piyoda, velosipedda borsa ham bo‘ladi-ku.

Ramazon ro‘zasi odamlarning gap-so‘zi uchun emas, xolis Alloh roziligi uchun tutiladi. Uning tartibi ham shariatda belgilab berilgan. Jumladan, bemorlik, musofirlik va boshqa sabablarga ko‘ra ayrim toifalarga ro‘za farz qilinmaydi. Shuning uchun ro‘za tutmagan odamni har xil kinoya yo hazil bilan izza qilish, ko‘ringan odamdan “Ro‘zamisiz, ko‘zami?” deb so‘rash mutlaq odobsizlik.

Hikoyat:

“Uch-to‘rt yigit Ramazon oyida bir mo‘ysafid otaxonning odamlar ko‘zidan pana joyda taom yeyayotganini ko‘rib qolishibdi:

– Iye, otaxon! Siz ro‘zador emasmisiz?

Otaxon:

– Ro‘zadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.

Yigitlar qah-qah otib kulib yuborishibdi:

– Bu nima deganingiz?

Otaxon debdi:

– Kimsaga yomon ko‘z bilan qaramayman, birovni mazax qilmayman, g‘iybat qilmayman, hech kimning ko‘ngliga ozor yetkazmayman, odamlar bilan xunuk muomala qilmayman, birovning moliga ko‘z olaytirmayman, lekin… ming afsuski, oshqozonim kasal, shu bois me’damni ro‘zador qilolmayapman”.

Otabek RAHIM
Facebook

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-fevraldagi 9-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img117

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img335