Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.03.2026 | 10:14

img2146

BIZ “KASHF” ETAYOTGAN SO‘ZLAR

“Yillar kesimida” nima degani?

Bugun og‘zaki nutqimizdan tortib rasmiy davlat hujjatlari, qonunlarimiz matnigacha o‘rnashib qolayotgan g‘alati so‘z va iboralarimiz bisyor. Masalan, “yillar kesimida” degan jumlaga deyarli har bir dastur va reja, statistik ma’lumot va ilmiy-tahliliy maqolalarda duch kelish mumkin. “Yillar kesimida olib qaraganimizda”, “sarf-xarajatlar yillar kesimida” va hokazo.

Menimcha, buning o‘rniga “yillar davomida”, “muayyan yil bo‘yicha” kabi iboralarni qo‘llagan ma’qul. Chunki “kesim” so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ko‘ra, kesilgan bo‘lak, biror jismni tekislik bilan kesish natijasida hosil bo‘ladigan yuza kabi ma’nolarni ifodalaydi. Shuningdek, til ilmida gapning bosh bo‘laklaridan biri kesim deb atalishini yaxshi bilasiz. Xo‘sh, shularning birortasi yil so‘zi bilan mantiqan bog‘lanadimi? Bog‘lansa, bosh ustiga, bog‘lanmasa, bunday iboradan voz kechgan ma’qul.

“Tegishincha” kimga tegishli?

“Tegishincha” aynan “tegishli” degan ma’noni bildiradi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da mavjud, ammo “kam qo‘llanar” ekan. “Tegishli”ni yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma biladi, “tegishincha”ni   qonun ijodkorlaridan boshqa nechta odam tushunadi? Masalan men, o‘zimni o‘zbek tilining bilimdoniman, deb ko‘krak kerib yurgan odam, bu so‘z ma’nosini lug‘atni varaqlamay turib anglayolmadim.

“Nobank”

Bu iqtisodchi va moliyachilarimiz kashfiyoti. Masalan, kreditni bankdan emas, boshqa joydan olsangiz, nobank kredit bo‘lar ekan. “Nobop”ni bilamiz, “nomoddiy”ni eshitganmiz, ana endi “nobank” ham chiqibdi. O‘zi maza-bemaza gaplardan quloq-miyamiz g‘ovlab ketyapti. Yana bitta yasama so‘zga ehtiyoj bormi?

Ustoz muharrirlarimizdan biri rasmiy hujjatda ushbu so‘zni “bankdan tashqari” deb o‘zgartirib qo‘yganini ko‘rdim. Mavzuga mos tushdi. Matnga qarab uning yana boshqa muqobil ifodalarini topish mumkin, deb o‘ylayman. Masalan, qayerdan olingan bo‘lsa, o‘sha joyning nomini aniq aytib, “falon joydan olingan kredit” deyilsa ham, birov e’tiroz bildirmasa kerak.

Qog‘ozdagi “loyiha”

Keyingi paytlarda “loyiha” so‘zi ham juda faol. O‘rinli qo‘llangan holatlar ham bor. Lekin bu so‘z ko‘pincha o‘rinsiz, noto‘g‘ri ishlatilayotgandek tuyulmoqda. Masalan, bir ko‘rsatuv yoki eshittirish tayyorlanib, efirga uzatilsa ham, uni “Falonchi Falonchiyevning loyihasi” deb og‘iz to‘ldirib e’lon qilishyapti (bu holatni asosan xususiy kanallarda kuzatish mumkin). Yoki birorta taqdimot marosimiga borsangiz ham, “loyiha”larni tomosha qilib qaytasiz. “Bu – Falonchixon Falonchiyevaning kreativ loyihasi” deyishadi. Diqqat bilan qarasangiz, uning loyiha emas, chinakam ijodiy ish yoki mahsulot ekanini ko‘rasiz.

Savol tug‘iladi: xo‘p, namoyish etgan narsangiz hali chizma holatida, pishib yetilmagan, xom, ya’ni shunchaki qog‘ozdagi loyiha darajasida ekan, uni ommaga taqdim etishdan maqsad nima? Yoki aksincha, ijodiy (ilmiy) ishingiz, asaringiz tayyor mahsulot (asar, ijodiy ish) darajasiga yetgan ekan, uni nega kamsitib, haliyam loyiha deb omma e’tiboriga havola qilasiz?

Loyiha (hali chala, pishib yetilmagan, chizma holatidagi ish) bilan tayyor ijod mahsuli (asar)ning farqiga borish uchun akademik bo‘lish shart emas. Shu paytgacha bu so‘zning ma’nosi borasida biror ixtilof chiqmagan edi. Biz – keyingi avlod vakillari o‘zimizcha chiroyli gapiramiz, deb kulgiga qolyapmiz, xolos.

Keling, arab tilidan o‘zlashib, allaqachon o‘zimiznikiga aylanib ketgan “loyiha” so‘zining ma’nosiga e’tibor qarataylik. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday yozilgan:

LOYIHA (arabcha. – ro‘yxat; nizom, qoida; reja, dastur) – 1. Bino, inshoot, mashina va shu kabilarni qurish yoki tiklash uchun ishlangan, tayyorlangan hujjatlar (chizma, hisob-kitob, andoza, nusxa va shu kabilar) majmui. 2. Qaror, farmon, qonun va shu kabi hujjatlarning dastlabki xomaki matni.

Hurmatli “loyiha”chilar! Demak, bitgan ishni hech uyalmasdan, tortinib-qimtinib o‘tirmasdan, bemalol o‘z nomi bilan atayvergan ma’qul. Kamtarlik qilib, aniqrog‘i, kamsitib, tayyor ishni “loyiham” deb o‘tirish to‘g‘ri emas.

Keys, layfhak, startap, narrativ, kreativ…

Eskicha – arab alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvidan tuppa-tuzuk savodi bor rahmatli To‘qsori bobomiz o‘tgan asrning 40-yillarida “savodsizlikni tugatish kurslari”ga majburan qatnay boshlabdi. Bu paytda yoshi anchaga borib qolgani uchun yangi harflarni o‘zlashtirishga ko‘p qiynalibdi. Oxiri joniga tegib, “E, A bilan T, egangdi je! Sovetinggayam, uning yozuvigayam…” degan ekan. Men bugun “keys, layfxak, startap, narrativ, kreativ, ambitsiya, novorot, povorot, razvorot, balo-battar” degan so‘zlarni eshitsam, To‘qsori bobomning gapini eslayman.

Bunchalar ta’sirchan, bunchalar mutaassib bo‘lmasak? Hammani qadrlaymiz – faqat o‘zimizni, o‘z tilimizni emas.

Qaddimizni ko‘taraylik, axir tilimiz BMT minbaridan yangray boshlaganiga o‘n yil bo‘lyapti, do‘stlar. Dunyoda salkam 60 million odam bizning tilimizda gaplashmoqda. Biz bo‘lsak, haliyam “novorot, povorot, razvorot” qilib yuribmiz.

Elmurod NISHONOV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img76

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img131

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img323