Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.04.2026 | 09:00

img1735

YIGʻLATADIGAN LATIFALAR

Bilamizki, latifalar tinglovchini kuldirish bilan birga inson fe’lidagi illatlar, jamiyatdagi muammolarni satira bilan fosh etishni maqsad qiladi. O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillaridagi qatag‘on muhitida quyidagi latifanamo gaplarni o‘qisangiz, xalqimiz tarixining achchiq va alamli bir davri ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Ularda bayon etilgan aql bovar qilmas “jinoyatlar” bizni kuldirmaydi, aksincha, o‘ylatadi, mahzun qiladi, o‘tmishdan xulosa chiqarib yashashga da’vat etadi. 

* * *

Xivaliklar ayronni “iyron” deyishadi. Shu bir so‘z uchun kimningdir o‘n yillik umri qamoqda o‘tganini bilasizmi?

Yozning issiq kunida manzili tomon odimlayotib, og‘zi quruqshagan yo‘lovchi bir uyning eshigini qoqib, suv so‘raydi. Eshikni ochgan kelin iltijoli tikilib turgan yo‘lovchiga “Iyronmi, choy?” deydi. Xursand bo‘lgan yo‘lovchi “Iyron yaxshi!” deydi baland ovozda. Uni shu kuniyoq hibsga olishadi, “Sen Eronni maqtabsan, chet davlatni ulug‘labsan!” degan ayb bilan unga o‘n yil qamoq jazosi beriladi.

* * *

Bog‘otning Nayman qishlog‘ida bo‘lgan voqea. Dala ishidan ochqab kelgan er ayolidan non so‘raydi. Ayoli “Non qolmabdi”, desa, er bechora osmasavatga qarab, “Ha, savatda non yo‘q” deb hafsalasi pir bo‘ladi. Devorning ham qulog‘i bor ekan. Uni ham darhol hibsga olishadi. “Sen “Sovetda non yo‘q”, deb aksilsho‘roviy targ‘ibot yuritgansan!” degan ayblov bilan u ham o‘n yilga “kesib” yuboriladi.

* * *

1936-yilgi saylovlarda sovet inqilobchilaridan biri Dimitriy Manjara degan kimsani Bog‘otdan nomzod qilib ko‘rsatishadi. Saylov arafasida odamlarga bir kilodan qand tarqatiladi. Dehqonbozorlik Islom traktorchiga qand yetmay qoladi va u kolxoz omborchisi yoniga adolat istab boradi. Omborchi diydiyolardan bezib ketgan ekanmi, traktorchining salomini ham olmasdan, “Ne gap?” deb dag‘dag‘a qiladi. Traktorchi dovdirab Manjara sharifini adashtirib yuboradi: “Anovi Mojaro tarqatgan qanddan menga yetmay qoldi”…

U gapini tugata olmaydi, “siyosiy faol” omborchi uni “Buyuk revolyutsionerlardan biri Manjarani masxara qildi”, deb tegishli idoraga chaquv beradi. Tamom, bechora Sibirga surgun qilinadi.

* * *

Sobiq tuzum davrida “sovet” so‘zi “sho‘ro” deb ham atalgan. Bu so‘zga uyqash “sho‘ra” so‘zi ham bo‘lib, u begona o‘tning nomi. Ayni shu ikki uyqash so‘z sabab umrining o‘n yilini Sibirda yog‘och kesib o‘tkazgan brigadir haqida eshitganmisiz? Unda eshiting.

Bog‘otning Qorayantoq qishlog‘ilik Madrim brigadir g‘o‘zalarni begona o‘tlardan tozalayotgan xotin-qizlar ishini nazorat qilishga keladi. Keksaroq kolxozchi ishlayotgan g‘o‘zaqator orasidan bir tup sho‘ra o‘simligini topib, uni yulib, boshi uzra ko‘tarib: “Sho‘rani nega yo‘qotmading?” deydi. Uning keyingi ayanchli taqdiriga shu birgina so‘z yetarli bo‘ladi…

* * *

Fransuz tilidan olingan “pioner” so‘zi “birinchi”, “boshlovchi” mazmunini beradi. Bu so‘z “kashshof” tarzida ham ishlatilgan. Keyinchalik bu so‘z shevada qisqarib “kashap”ga aylanadi. Ayollar, ko‘proq keksa kampirlar bo‘yniga qizil bo‘yinbog‘ taqib, yerga ursang osmonga sapchib, gap kor qilmaydigan qizchalarga: “Ay, kashap, o‘zingga qarab yur!” deb tergashlari odat tusiga kirgan. Hozirda ham Xorazmda kampirlar gapyuqmas qizlarni shu so‘z bilan chaqirishadi. Bu so‘z hatto haqoratga aylanib ulgurgan.

Qatag‘on zamonlarida matbuotda onda-sonda “pioner” so‘zini ahli qalam “kashshof” tarzida ishlatgan. Ammo uni qisqartirib, “kashap” ko‘rinishida ishlatgan ayollar mahkamaga tortilgan.

* * *

Kolxozlarning har bir brigadasiga bir nafar partiya a’zosi agitator sifatida biriktirilar, tashviqotchilar ko‘proq partiya a’zosi bo‘lgan o‘qituvchilardan tanlab olinardi. Qo‘shko‘pir tumanidagi “Leningrad” kolxozining 12-brigadasi tashviqotchisi Ro‘zmat Bekchonov navbatdagi ma’ruzasini “birinchi fazogir ayol Valentina Tereshkova Yer atrofini necha karra aylanib chiqqani” haqidagi xabar bilan boshlaydi. Bu paytda kolxozchi ayollar dalalarda qolgan so‘nggi ko‘raklarni terish bilan mashg‘ul edilar.

O‘qituvchi sovuq havoda qo‘llari ayozdan yorilib ketgan ayollarga xush kayfiyat bag‘ishlash uchun ma’ruzasida hazilnamo gap aytadi: “Kolxozimiz a’zolari har gektardan 34 sentnerdan xirmon ko‘tarishdi. Qolgan ko‘raklarni ham terib olsak, hosildorlik 40   sentnerga yetadi. Lekin ayrim dangasa ayollar kunlik normalarni bajara olishmayapti. U yoqda Tereshkova kosmik kemada Yer yuzini aylanar ekan, sizning ishlaringizni ham kuzatib turibdi. Ayrim ayollarning sustligini ko‘rib: “Men Tereshkovaman. Sharifim “terish” so‘zidan olingan. O‘zim borib terishishim kerakmi?” deyapti. Bu uyat emasmi sizlarga?” deydi. Bu so‘zdan terim charchatgan xotin-qizlar kulib yuboradilar. Ammo kechqurun agitator o‘qituvchi tuman partiya qo‘mitasiga chaqiriladi va “Birinchi kosmonavt ayol ustidan kulgani uchun” partiya bileti stolga qo‘yilishi talab qilinadi…

Ro‘zimboy HASAN

“Jadid” gazetasining 2026-yil 10-apreldagi 15-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333