Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.04.2026 | 09:14

img2618

“O‘LDIRSAYAM, MOSH O‘LDIRSIN”

– Do‘stlarim, mosh ovqatimiz pishdi! – dedi Jamshid.

Talabalar turar joyida yangragan bu ovoz odatdagidek barchaning diqqatini tortdi. Bu gap ortida talabalikning shirin hayoti yashirin edi.

– Mosh ovqat emas, osh ovqat degin, – dedi qo‘shni xonadagi Haydarali.

– Yo‘q, aynan mosh ovqat, – deya takrorladi Jamshid. – Bilasanmi, bozor-o‘char qilishga cho‘ntagimizda hemiri yo‘q. Shu sababdan, bisotimizda qolgan-qutgan moshni qaynatib yeyapmiz.

– Bizni ham sherik qilinglar, bizda qaynatib yeyishga mosh tugul, tosh ham yo‘q.

– O‘zi ozgina edi, qolaversa, yaxshi pishmabdi ham. Buni yeb qorinlaring og‘rib qolmasin, – ta’kidladi Jamshid.

– Mayli, o‘ldirsayam mosh o‘ldirsin, – dedi Haydarali.

Bunday holat avvallari oliy o‘quv yurtida tahsil olgan barcha sobiq bitiruvchilarning hayotida bo‘lgan, desam, xato emas. Hozirgi talabalar uchun bu gap shunchaki hazilga o‘xshab tuyulishi mumkin. Lekin u – yoshlikning samimiyati, do‘stlikning ilk poydevori va hayot maktabining achchiq, biroq yoqimli saboqlaridan biri edi.

Jamshid va uning xonadoshlari kabi minglab talabalar bir paytlar cho‘ntakda bir chaqa bo‘lmagan kunlarni boshdan kechirishgan. Bozor qilishga imkoniyat bo‘lmaganida, qolgan-qutgan moshni qaynatib, “antiqa taom”, “mosh emas, osh”, deb hazillashib yeyishgan. O‘sha mosh ovqat ham ba’zan yaxshi pishmas, ta’mi ham ko‘ngildagidek chiqmasdi. Lekin uning bir luqmasiga qorishgan birodarlik – eng lazzatli taomlardan ustun edi. Shu sababli, talabalar orasida “o‘ldirsayam, mosh o‘ldirsin” kabi hazilnamo maqollar shakllangan. Bunday suhbatlarning qadrini vaqt o‘tib anglaydi inson.

Qo‘shni xonadagi Haydaralining “Bizni ham sherik qilasizlarmi?” degan gapi esa talabalikning – bo‘lishish, o‘ziga yaqin olish, kamni ham ko‘p o‘rnida ko‘rish, borini baham ko‘rish kabi go‘zal fazilatlarini ochib beradi. Albatta, “o‘zi ozgina edi”, “yaxshi pishmagan”, “bu ovqatdan og‘zing yayramaydi”, deb taomni qizg‘angan paytlar ham bo‘lgan. Ammo bu holatlar ham do‘stlikka putur yetkazmagan, aksincha, yanada yaqinlik uyg‘onishiga sabab bo‘lgan.

Oradan yillar o‘tdi. O‘sha kunlar orqada qolgan bo‘lsa-da, xotiralarda hali ham yashab keladi. Bir-biridan mosh ovqatni qizg‘angan yigitlar bugun turli sohalarda mehnat qilmoqda. Kimdir muhandis, kimdir tadbirkor, yana kimdir ustoz. Hayot ularni turli yo‘llarga boshlagan bo‘lsa-da, lekin bir narsa o‘zgarmadi – do‘stlik rishtalari. Endi ular uchrashgan vaqtda bir paytlar bir kosa moshni bo‘lisholmagan yigitlar choyxonada “men to‘layman”, “yo‘q, bu safar men” deb tortishadi. Bu jarayonda g‘urur ham, mehr ham, o‘tmishga bo‘lgan ehtirom ham mujassam. Chunki ular talabalikdagi qiyinchiliklar bo‘lmaganida, bugungi qadr-qimmatni ham his etmas edilar. Moshning ta’mi unutilar, lekin yo‘qchilikda topilgan do‘stlik – eng katta xazinadir.

Talabalik – faqat diplom olish marafoni, degani emas. Bu – inson bo‘lishni o‘rganish, birodar topish, hayotning haqiqiy qadrini anglash davridir. Shuning uchun ham o‘sha oddiy “mosh ovqat” haqidagi xotiralar inson qalbida eng totli hislardek saqlanib qoladi. Yillar davomida shakllangan va hazil ila “mosh o‘ldirsin”ga aylangan maqolning yana o‘z asli – “o‘ldirsayam osh o‘ldirsin” shakliga qaytgani – zamona zayli.

Bugungi farovon hayotimizda o‘sha tanqis kunlarga qaytishni istamaymiz. Lekin o‘sha kunlarni eslashdan, sog‘inishdan hech qachon charchamaymiz. Chunki o‘sha olis talabalikda bizning bosh maqsadimiz o‘qish, ilm olish, kitobxo‘rlik edi. Boshqa masalalar shunchaki ilova edi, xolos.

Bahrom BOYMURODOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 17-apreldagi 16-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img110

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img142

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333