15.05.2026 | 15:48
1357
BOTUNING BOTINI
Ko‘nglim yosh, ruhim yosh, kuchim yosh,
Yosh yo‘llar, yosh gullar izlayman.
Orqaga tortganga hadyam – tosh,
Har choq men ilgari undayman.
Ushbu satrlar muallifi shoir va yozuvchi, jamoat arbobi sifatida respublika maorifi, fani va madaniyatini rivojlantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan Botu – Mahmud Xodiyev qalamiga mansub.

Botu 1904-yil 15-mayda Toshkent shahridagi Qaldirg‘och mahallasida to‘quvchilar oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni eski usuldagi maktabda olgach, Moskvadagi Pokrovskiy nomli institut qoshidagi ishchilar fakultetida (1921), so‘ngra Moskva Davlat universitetining iqtisod fakultetida tahsil olgan. U o‘z ish faoliyatini o‘zi asos solgan “Farg‘ona” gazetasida boshlab, keyinchalik bir muddat “Alanga” jurnalida bosh muharrir vazifasida ishlaydi. 1928-yildan to 1929-yili qamoqqa olinguncha O‘zbekiston Xalq maorifi komissarining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Uning ilk she’rlarida Munavvar qori va boshqa taniqli jadidlarning ta’siri ko‘zga tashlanadi. Dastlab lirik yo‘nalishda bo‘lgan Botu she’riyatida asta-sekin xalqning ozod, porloq kelajak uchun kurashi bosh motiv darajasiga ko‘tarilib boradi. “Hayajonlanish”, “Qo‘zg‘alon”, “Bizning tovush”, “Isyon”, “O‘sha kun”, “Yosh yurak to‘lqinlari” kabi she’rlari fikrimizning dalilidir.
Uning bor-yo‘g‘i ikkita kitobi – “Umid uchqunlari”, “To‘lqin tovushlari” nashr etilgan. Asarlari “Bilim o‘chog‘i”, “Inqilob”, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnallarida e’lon qilingan. “Hayit harom bo‘ldi” (1929), “Tursun” (1930) kabi hikoyalarida eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurash, ziddiyat o‘z ifodasini topgan.
Botu sovet idoralarida xizmat qilganiga qaramay, qatag‘onning qattol mashinasi uni va oilasini ham chetlab o‘tmadi. U 1929-yili “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, Solovki oroliga surgun qilindi. “Katta terror” jarayoni boshlangach, uning ishi qayta ko‘rilib, hukm o‘zgartiriladi va 1938-yil mayda qatl etiladi.
Sovet siyosati aqidasiga ko‘ra, nafaqat “jinoyatchi” balki uning yaqinlari ham shafqatsiz jazolanishi shart edi. 1941-yili rafiqasi Valentina Vasilyeva ham hibsga olinib, 10 yil qamoq jazosini o‘tashga hukm qilinadi. O‘g‘li Erkli Xodiyevga 1942-yili ishonchsizlik bildirilib, urushdan qaytarib yuboriladi va to‘rt yil O‘rtaovul qamoqxonasida jazo muddatini o‘taydi.
Iste’dodli adib Botu ijodi davrimizda ham o‘z qiymati va qadrini yo‘qotmagan. Milliy adabiyotimiz rivojida adibning ham munosib hissasi bor. Shu jihatdan bugun ijodkor xotirini yod etish va yangi tadqiqotlar olib borish muhim masala hisoblanadi.
Gulchehra UMAROVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 15-maydagi 20-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600

