10.06.2026 | 16:11
3383
SAMIMIY IZHORLAR
Agar sen Quyoshim bo‘lsang mabodo,
Shunday yozning issiq kunida
Juda-juda sovqotdim, Nechun?
* * *
Nega o‘zi chiqdim ko‘chaga?
Nega buncha bashang kiyinib oldim?
Qo‘limda gul buning ustiga?..
* * *
Bayram oqshomida oppoq qor yog‘di.
Onamning sochlari kabi oppoq qor…
Xotinim sovg‘amdan ko‘p xursand bo‘ldi…

Turfa kayfiyatlarni xuddi suratga muhrlagandek tasavvur uyg‘otuvchi bu dilgir va falsafiy satrlar zamonaviy she’riyatimizda Abdurasul Jumaqul otli o‘ziga xos shoir borligi va u o‘z yo‘lida sobit ijod qilib kelayotganidan dalolat beradi.
Odatda, ko‘pchilik Abdurasul Jumaqulni so‘zi o‘tkir jurnalist sifatida taniydi, uning dolzarb mavzularda yozilgan maqolalarini, omilkorona olib borayotgan muharrirlik faoliyatini yaxshi biladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilgan “Faqat sen” nomli to‘plamini mutolaa qilgach esa, uni shoir sifatida qaytadan kashf etasiz.
To‘plamga shoir Ikrom Otamurod so‘zboshi yozgan, shuningdek, kitobdan Muhammad Ali, Ahmadjon Meliboyev, Norqobil Jalil, Salim Ashur va boshqa taniqli adiblarning muallif haqida bildirgan samimiy dil izhorlari o‘rin olgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan yana bir kitob “Zar ham, zargar ham o‘zing” deb nomlanadi. Maqola, esse, suhbat, taqriz va qaydlardan tashkil topgan ushbu to‘plam muallifi shoir, tarjimon va publitsist Sirojiddin Raufdir.

“…Bugungi Sirojiddin o‘sha kezlari katta publitsistlar safiga iymanibroq kirgan, ko‘proq tinglagan, so‘z aytish odobiga rioya qilgan Sirojiddindan keskin farq qiladi, – deb yozadi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev kirish so‘zida. – O‘zbekistonda kechgan, kechayotgan ko‘p bosqichli ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy jarayonlar, ularning turfa darajadagi samaralari Sirojiddinning dunyoqarashi, ong-tafakkuri, ijodkorlik idroki ufqini yanada kengaytiribdi, fikrlash tarzi, bahs-munozara yuritish mahorati jamiyatning kuyunchak bir a’zosi sifatidagi maqomini oshiribdi. Bu – o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan maqom emas, izlanish, kuzatish, yurt kezish, qiyoslash, kuyunish natijasi.
Muhtaram kitobxon, siz qo‘lingizdagi ushbu kitobning xohlagan sahifasini oching, harorati, fikr salmog‘i bir-biridan qolishmaydigan maqolalarni o‘qing – bunga siz ham ishonch hosil qilasiz”.
Ustoz publitsistning ushbu iliq fikrlari mazkur to‘plamni tanishtirish va tavsiya etish uchun albatta kifoyadir.
Kitob “Sahhof” nashriyotida dunyo yuzini ko‘rgan.
Ikrom BO‘RIBOYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 5-iyundagi 23-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329