Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.06.2026 | 09:23

img3215

GʻALABANING ONASI TAJRIBADIR

Assalomu alaykum, aslzoda o‘qirmanlar va futbol ishqibozlari. Bugun futbol haqida ikki og‘iz gaplashmoq istayur bu ko‘ngul.

Men ham siz kabi futbolchi bo‘laman deb bo‘lolmay qolganlardanman. Futbol maktabiga ham qatnashganman. Bizning davrlarda futbol boshqacha edi. Nestelroy, Hidetoshi Nakata, Umid Davala, Ronaldo kabi o‘yinchilar bo‘lar edi. Eh, yoshligim…

Shu desangiz, oxirgi yillarda futbolchilarimiz misli ko‘rilmagan natijalarni qayd etishdi. Bir paytlari “Manchester Siti”da o‘zbek o‘ynaydi desa, birov ishonmasdi. Bugun qarang, Abduqodir Angliyani, Abbos bilan Eldor Turkiyani yondiryapti. Rossiya, Eron, Arab tomonlarni uncha mensimay ham qoldik. Qaytimiga Jahon chempionatiga ham chiqdik.

Ammo… ammo… ammo, shu joyi juda muhim-da. Bizning qishloqdagi Mardon ko‘mirqalbga o‘xshaganlar Jahon chempionatiga birinchi marta chiqayotgan jamoamizdan ko‘p narsa kutib yubormayaptimi?

Oddiy o‘rtoqlik o‘yinida yutqazib qo‘ysak, har xil ko‘mirqalb gaplarni gapirib yubormayaptimi?

Jahon chempionatiga chiqishdi. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mazza qilib o‘ynab kelishsin, bo‘ldi. Eng muhimi – tajriba. Eng muhimi – qo‘rqadigan qorong‘ilikdan o‘tib oldik.

Keling, shu joyida yaponlar haqida aytib beray. Shu desangiz, Yaponiya futbol jamoasi ilk bor 1998-yilda Jahon chempionatiga chiqishadi. Argentina, Xorvatiya, Yamayka bilan bir guruhga tushib, hamma o‘yinda yutqazadi. Kim bilan o‘ynasa, hammasiga yutqazadi. E, o‘ynamaganlariga ham yutqazadi…

Lekin, o‘sha paytda yapon futbol muxlislari jamoasini malomat qilishmagan ekan. “Birinchi martaga bo‘ladi” qabilida ish tutishgan ekan.

Shu bilan yildan yilga o‘sib kelyapti. Kuchli 16 talikka ham bir necha marta kirdi. Esingizda bor, o‘tgan Jahon chempionatida Ispaniyani ham, Germaniyani ham enasini ko‘rsatishdi. Biz ham birinchi marta chiqayotganligimiz uchun ja bosim qilib yuborishimiz shart emas. Tajribani to‘plab-to‘plab, keyin enasini ko‘rsatamiz.

Xo‘sh, bu yilgi Jahon chempionatida Yaponiya nima karomat ko‘rsatmoqchi, desangiz, butun Yaponiya futbol afkor ommasi kuchli 8 talikka kirishni kutishyapti. Shu yerda bir gapni aytib ketay: “Yaponiya 2050-yilda jahon chempioni bo‘ladi” degan loyiha tuzib chiqishgan va o‘sha loyiha bo‘yicha harakat qilishyapti. 2050-yilda chempion bo‘ladimi, yo‘qmi, ammo shu yo‘lda ketishyapti. Hozirgacha shu loyiha bo‘yicha hammasi joyida ketyapti emish.

Xulosolog sifatida xulosa qiladigan bo‘lsak, bizning yigitlarimiz dushanba kuni Jahon chempionatiga chiqib, seshanba kuni katta natija kutishimiz noto‘g‘ri. Arqonni uzunroq tashlasak, nur ustiga nur bo‘lajak. Undan ko‘ra, yaponlarga o‘xshab, “Ha, hozircha yuta olmaymiz. Ammo, nimadir qilib dunyoning yoqimtoyiga aylanishimiz kerak. Masalan, o‘yindan keyin chiqindilarni yig‘ishtirib ketish” kabi PR kampaniyalarini uyushtirishimiz kerak. O‘zbek o‘yinchilarining qo‘li ko‘ksida ekan, juda odobli ekan, oxirigacha kurashar ekan, muxlislari ham zo‘r ekan, kabi gaplarni tarqatib kelsak bas.

Sensatsiya bo‘lib guruhdan chiqa olsak, ertakdek bo‘lardi. Nima bo‘lganda ham yigitlarimizga omad tilaymiz. G‘alabami, mag‘lubiyatmi – sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va duo qilamiz!

Olg‘a, yigitlar!

Bahodir ISKANDAROV,
Tokio

Facebook

“Jadid” gazetasining 2026-yil 19-iyundagi 25-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333