05.08.2026 | 16:15
429
“KAITIAKITANGA”
Tilshunoslar dunyodagi eng chiroyli so‘zni tanladilar. Uni bir urinishda talaffuz qila olasizmi?
“Babbel” til o‘rganish platformasi dunyodagi eng chiroyli so‘zni topish uchun ilk bor tanlov o‘tkazdi. Mutaxassislar 75 dan ortiq tildan 223 ta ishtirokchi so‘zni to‘pladi va xalqaro hakamlar hay’ati so‘zlarning jarangi, ma’nosi, noyobligi va madaniy ahamiyatiga ko‘ra ularni baholadi. Bu haqda Germaniyaning “Bild” gazetasi xabar berdi.

Gʻolib Yangi Zelandiyaning tub aholisi – maori millati tilidan olingan “kaitiakitanga” so‘zi bo‘ldi. Bu atama tabiatni himoya qilish va uni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish insonning mas’uliyatli vazifasi ekanini ifoda etadi. Shunday ajoyib ma’noli so‘z “kai-ti-a-ki-tan-ga” tarzida talaffuz qilinadi.
Ahamiyatli jihati, maori xalqining dunyoqarashiga ko‘ra, odamlar tabiatga egalik qila olmaydi, balki ular tabiatning tarkibiy bir qismi va asrovchisidir.
Maorilar Sharqiy Polineziyadan Yangi Zelandiya orollariga 1250–1300-yillarda kelgan ko‘chmanchilarning avlodlaridir. Ularning tili polineziya guruhiga mansub bo‘lib, 1987-yildan beri mamlakatning rasmiy tili hisoblanadi.
Qisqa ro‘yxatga yana qaysi so‘zlar kiritilgan?
Gʻoliblikka da’vogar kalomlar orasida quyidagi so‘zlar ham bor edi:
hayotdagi maqsad tuyg‘usini ifoda etadigan yaponcha“ikigay”;
kimnidir yoki nimanidir chuqur sog‘inishni ifodalaydigan portugalcha“saudade”;
yo‘qotilgan yoki hech qachon mavjud bo‘lmagan uy qayg‘usiga oid uelscha“xiraet”.
Tanlovga, shuningdek, butun jumlada ifoda etish yoki tarjima qilish qiyin bo‘lgan so‘zlar ham kiritildi. Masalan, yagan tilidagi “mamixlapinatapai” – har biri ikkinchisining o‘zi tomon ilk qadamni qo‘yishini xohlaydigan ikki kishining nigohlarini tasvirlaydi. Fincha “poronkusema” so‘zi bug‘uning ma’lum vaqt oralig‘ida bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan masofani anglatadi.
Gʻolib qanday tanlandi?
Tashkilotchilar Reddit, TikTok va onlayn til hamjamiyatlaridagi munozaralarni ko‘rib chiqdilar. Olingan qisqa ro‘yxat tilshunoslar, yozuvchilar va madaniyatshunoslardan iborat nufuzli hakamlar hay’atiga taqdim etildi. Ular so‘zlarning ohangi bilan birga, ularning ma’nosiga, noyobligi va xalq madaniyati bilan bog‘liqligiga alohida ahamiyat berdilar.
Darvoqe…
“Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga”, degan gap bor. Siz bu tanlovga ona tilimizdan qaysi so‘zni taqdim etgan bo‘lardingiz, muhtaram gazetxon? Marhamat, yozib yuboring – fikringiz biz uchun qiziq.
“Smartpress.by” ma’lumoti asosida I.BO‘RIBOYEV tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 31-iyuldagi 31-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605