Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.08.2026 | 14:07

img1278

UNSIZ HAYQIRIQLAR

Bir paytlar, odamlar axborotga zor mahalda oddiy xabar ham tansiq bo‘lgan, odamlar yangiliklarni o‘qir, muhokama qilib, fikr bildirardi. Ammo hozir – hammayoq axborot bilan to‘lib-toshgan paytda muxbirlik ish bermay qoldi, bu davrda tahliliy jurnalisti­kaga ehtiyoj kattaroq. O‘zbek badiiy publitsistikasining iste’dodli vakillaridan biri Alijon Abdurahmonovning yaqinda “Akademnashr” nashriyoti chop etgan “Sukunat ovozi” kitobini o‘qib, prinsipial, o‘z qarashlariga ega va uni hamisha, har qanday holatda ham yoqlaydigan, o‘z o‘ktam so‘zini ayta oladigan qalamkashlar borligidan quvondim.

Muallifning eng asosiy dardi, tashvishi – o‘sib kelayotgan avlodning bilimi va tarbiyasi. O‘z-o‘zidan, bu yo‘lda asosiy vosita bo‘lgan kitoblarning saviya-sajiyasi uni o‘ylantiradi. Nashr etilayotgan asarlarning mazmuni, o‘zbek mentalitetiga zid emasligi, hatto, oddiygina imloviy va uslubiy palapartishliklardan xoli bo‘lishi – muallifning matlabi. Shuning uchun ham to‘plamini “Yig‘layotgan kitoblar” degan turkum maqolalar bilan boshlaydi. Noshirlar pul ilinjida chiqarayotgan o‘nlab kitoblarni astar-avrasini ag‘darib tahlil qiladi, ayniqsa, bolalar dunyosiga yot, g‘ayriaxloqiy g‘oyalar olg‘a surilgan “mahsulot”larga qarshi keskin fikrlar bildiradi.

Albatta, ayrim savodsiz noshirlarni tanqid qilish bilan ish bitmaydi. Umuman, ta’lim tizimidagi saviyasizlik bartaraf bo‘lmas ekan, bolalarning bilimi ham, dunyoqarashi va hatto tarbiyasi ham oqsay berishi turgan gap. Kitob muallifi shu sohada ildiz otib ketgan nuqsonlarni ko‘rsatar ekan, bir narsani xavotir bilan qayd etadi: II jahon urushidan so‘ng eng og‘ir iqtisodiy sharoitda yaponlar so‘nggi chaqasini ham maktab uchun, farzandlari o‘qishi uchun ayamagan edi; Xudo ko‘rsatmasin, o‘shanday ahvolga tushadigan bo‘lsak, bizning ota-onalar qanday yo‘l tutishar ekan?

Kitobdagi har bir maqola – o‘zbek badiiy publitsistikasining yaxshi namunasi degulik ijod mevasi bo‘libdi. Ayniqsa, O‘zbekiston bayrog‘iga bag‘ishlangan “Daqiqalik efir darsi”, o‘zbek futboli mundialga chiqqani munosabati bilan yozilgan “Jin o‘lgan kun” kabi o‘nlab maqolalar kitobxonni maroqlantiribgina qo‘ymay, uning vatanparvarlik tuyg‘ularini jo‘sh urdirishga ham qodir.

Kitob sakkizta faslga taqsimlangan saksonta asar (asosan maqola)dan iborat ekan. Siz shuncha maqolaga oddiygina sarlavha topishni bir tasavvur qilib ko‘ring-a. “Siz kimdan qo‘rqasiz?” deb nomlanibdi ulardan biri. Muallif o‘ziga o‘zi savol berib, javob qaytaradi:

– Ikki muborak hayit va boshqa bayramlarda nafsi hakalak otadigan haydovchilardan, bozorchilardan qo‘rqaman;

– Masala yoki muammoga ayolini ro‘para qiladigan “erkak”lardan qo‘rqaman;

– Alifni kaltak deydigan “pedagog”lardan qo‘rqaman;

– Bolasiga mini kredit berib, so‘ng otasini surishtirib yuradigan “bankir”lardan qo‘rqaman;

– Haqsizlikdan ko‘z yoshlar to‘kilishiga sababchi bo‘layotgan ayrim huquq posbonlaridan qo‘rqaman…

Men bunday publitsistika namunasini Abdulla Qodiriyning “Kichik asarlar” degan kitobida o‘qigan edim. Qodiriy o‘z zamonasiga yarashiq illatlarning o‘n uchtasini sanab ko‘rsatgan. Yuz yildan so‘ng A.Abdurahmonov ulug‘ adibning ana shu an’anasini chiroyli davom ettirib, bunday qo‘rqinch bandlar sonini yigirma beshtaga yetkazadi. Bu yigirma besh bandning har biri – kishi bo‘g‘inini bo‘shashtiradigan, o‘zbek jamiyatini ichdan yemirayotgan illatlar. Har biri katta maqola, to‘g‘rirog‘i, butun boshli kitob yozib taftish qilishga arziydi.

Birov mendan, jurnalistning mahorati nimada ko‘rinadi, deb so‘rasa, yaxshi yozishda, masalaning mohiyatiga kirib borishda, haqiqatni dalil va xolis ayta olishda, “chirsillab” turgan masala va muammolarni ilg‘ay bilishda, deb aytaman. Ammo bulardan ham avval, kim bilan uchrashib suhbatlashmasin, eng noodatiy savollarni topib aytib, o‘sha odamning qulfi dilini ochib yuborishga qobilligida, degan bo‘lardim. Qo‘limdagi kitobda muallif el nazaridagi o‘n nafar kishi bilan suhbatini bizga ilinibdi. Turli soha vakillari bo‘lgan bu suhbatdoshlarni bir narsa birlashtiradi. Bu Alijon Abdurahmonov har bir kishini oddiy bir odam sifatida ko‘ra olishi, uning dil qatida turgan tuyg‘u va hissiyotlarini payqab, “ochiltirish”ga qobilligidir. Masalan, Farrux Zokirov – estrada ustasi. Bu – millionlarga ma’lum. Ammo Farrux akaning eng sevgan cholg‘u asboblari gitara va baraban emas, tanbur bilan sato ekanini o‘qib, tong qoldim. Yoki Ahmadjon Meliboyevga berilgan bir savol va javob:

– Tasavvur qiling, Ahmadjon ismli yosh jurnalist yigitcha bugun qarshingizda o‘tirgan bo‘lsa, sakson yoshli Meliboyev unga nimalar degan bo‘lardi?

– “Hoy bola, shu kasbni o‘z ixtiyoring bilan tanladingmi, harakat qil, qiyinchiliklardan qo‘rq­ma, ustozlardan o‘rgan, har kuni, hech bo‘l­maganda, ikki-uch jumla yozib qo‘y. Qo‘lingni o‘rgat, xo‘pmi?.. Endi bo‘pti, boraqol, go‘mma tugab qolmasin”, degan bo‘lardim.

Mana shu jumlalarda ustoz adibning jiddiy hayotiy xulosalari ham, dilkash mutoyibasi ham mujassam. Alijon esa uni topib taqdim eta olgan.

Men yuqorida saksonta maqolaga sarlavha topishning o‘zi muammo ekanini aytgan edim. Aslida, bu jo‘ngina ish: “Isrof – koni ziyon”, “El dardini o‘ylab”, “Muqobil energiyaning foydasi”, “Obodonchilik – hammamizning ishimiz”, “Ekologiya buzilmasin” va hokazo. Ammo kitobga kiritilgan maqolalarning sarlavhalari butunlay boshqacha, ajabtovur. Masalan, ulardan biri “Qog‘ozning uchinchi tomoni” deb ataladi. Ajab, qanaqa qog‘oz ekan u, uchinchi tomoni ham bo‘lsa? Darhol o‘qishga tushasiz.

Mutolaa davom etarkan, bir payt kitobning nomi haqida o‘ylanib qoldim. “Sukunat ovozi”. Nima degani u? Balki biron fasl yo maqolaning sarlavhasi olingandir? Ha, eng kichik, atigi ikki betlik qaydlar shunday nomlangan ekan. Mana, ulardan ikki-uchtasini o‘qib ko‘raylik:

“Ob-havo va narx-navodek o‘zgaruvchan odamlar o‘zgarmaydi”;

“Kambag‘alning kasal bo‘lishga haqqi yo‘q”;

“Dunyoqarashning qandayligi dunyoga qanday qarashga bog‘liq”…

Ellik yillar avval biz ToshDUning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirganimizda bunday narsalar tugul, domlalarimizning o‘zi ham jurnalist emas, qaysi gazeta yo jurnal qachon, qaysi qarorga ko‘ra ta’sis etilganini “tadqiq” qilib, tarix fanlari nomzodi yo doktori bo‘lgan odamlar edi. Bizga qanday yozishni birov o‘rgatmagan. Asosiy o‘qiganimiz badiiy asarlar edi, yolg‘on bo‘lmasin, bir-ikki ocherknavislar-u felyetonchining to‘plamlari ham bo‘lardi. Ammo publitsistikaning boshqa janrlariga mansub asarlarni o‘qimaganmiz. Mana endi, bir qancha oliy o‘quv yurtlarida jurnalistika fakultetlari, bo‘limlari bor. Bu sohani o‘rganish uchun ilmiy-nazariy va metodik asarlar ham yetarli. Ammo amaliy namuna bo‘ladigan asarlar, baribir, kamroq. “Sukunat ovozi” ustozlar yosh qalamkashlarga, talabalarga tavsiya etib, e bolam, buni albatta, o‘qib chiq, yozsang, shu og‘angga o‘xshab shahd bilan yoz, o‘rgan, sen uchun nihoyatda foydali asar ekan, deyishlariga arziydigan kitob bo‘pti.

Zuhriddin ISOMIDDINOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 7-avgustdagi 32-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605