25.08.2026 | 15:31
1204
SHE’R KO‘P, AMMO…
Bir vaqtlar adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov zamonaviy o‘zbek she’riyati haqida kuyunib, shunday savol qo‘ygan edi: “Nega bugungi she’riyatimizda o‘rtamiyonachilik kuchayib ketyapti? Nega bir-biriga o‘xshab ketadigan egizak she’rlar soni ortib boryapti? Nega she’rlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli?” Nazarimizda, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, bu savollar hali-hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. She’rning tug‘ilish vatani – yurak. Unda shoirning iztirobi, dardi, hayot haqidagi kuzatuvlari va qalb harorati mujassam bo‘lmasa, she’r o‘quvchiga ta’sir qilmaydi. Iste’dod bilan bir qatorda, ijodkorning keng tafakkuri, boy tasavvuri va so‘zga mas’uliyatli munosabati ham muhim ahamiyatga ega.

Abdulla Qahhorning “Guli bor-u, mevasi yo‘q daraxt” degan ta’biri ayrim she’rlarga nisbatan ham aytilgandek tuyuladi. Chunki bugun she’rlar soni ko‘paygani bilan ularning barchasi ham badiiy yuksaklikka erishayotgani yo‘q. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar davrida har kuni o‘nlab she’rlar e’lon qilinmoqda. Afsuski, ularning ko‘pchiligida badiiy mushohada, obrazli fikr va she’riy kashfiyot yetishmaydi. Ba’zan hatto oddiy imlo va uslubiy xatolar ham ko‘zga tashlanadi. Natijada bunday she’rlar tez tarqaladi, ammo xuddi shunday tez unutiladi.
Holbuki, haqiqiy ijod sabr va mashaqqatni talab qiladi. Abdulla Oripov “Onajon” she’rini yozishdan avval uzoq vaqt ruhiy tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum. Abdulla Qahhor esa “Bemor” hikoyasini o‘ttiz marta qayta ishlab, shundan keyingina chop ettirgan. Bu misollar ustozlar so‘z san’atiga naqadar yuksak mas’uliyat bilan yondashganini ko‘rsatadi. Shu bois, ularning asarlari vaqt sinovidan o‘tib, bugun ham kitobxonlar mehrini qozonib kelmoqda.
Bugungi she’riyatda yana bir muammo – ayrim mualliflarning kliplarda ijro etiladigan qo‘shiq uchun yozilgan saviyasi past matnlarni ham she’r sifatida taqdim etayotganidir. Bunday asarlarda ko‘pincha milliy ruh, hayrat, qalbni uyg‘otuvchi obraz va chuqur ma’no yetishmaydi. Erkin Vohidov: “Agar shoir bo‘lsak, o‘quvchilarning yuziga qaraganda uyalmaydigan mukammal shoir bo‘laylik. Xalqimiz – zukko xalq, oltin bilan misning farqini biladi”, deb bejiz aytmagan.
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida badiiy mezonni shunday belgilagan: “Ham yaxshi shaklga ega bo‘lgan, ham go‘zal ma’no asosiga qurilgan she’r – haqiqiy she’r”dir. Bu hikmatlar bugun ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Chunki haqiqiy she’r qalbda tug‘iladi, mehnat bilan sayqal topadi va vaqt sinovidan o‘tadi.
Bugun shoirlar ko‘p. Ammo haqiqiy she’riyat uchun xizmat qilayotgan, o‘quvchi qalbida iz qoldirayotgan she’rlar qancha? Ana shu savol har bir ijodkorni o‘ylantirishi lozim.
Sultonboy DEHQONOV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
“Jadid” gazetasining 2026-yil 14-avgustdagi 33-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600