08.09.2026 | 15:38
2353
Daniyada vikinglar davriga oid eng yirik kumush xazinasi topildi
Umumiy vazni qariyb 18,5 kilogrammni tashkil etuvchi ushbu tarixiy «o‘lja» o‘z ichiga X asrga oid 700 ta buyum va parchalarni qamrab olgan.
Daniyaning Rebild hududida mahalliy aholi vakili o‘z tomorqasida qurilish ishlarini olib borayotgan vaqtda vikinglar davriga oid eng yirik kumush xazinasini topdi.

Shimoliy Yutlandiya muzeyi xabariga ko‘ra, X asrga tegishli bo‘lgan ushbu topilma 700 ta buyum va bo‘laklardan iborat bo‘lib, umumiy og‘irligi qariyb 18,5 kilogrammni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich – shu kungacha topilgan eng yirik xazinadan uch barobar kattadir.
Xazina tarkibida kumush yombilar, bilaguzuklar, 47 ta tanga (jumladan, arab yozuvi tushirilgan tangalar), Tor ma’budining kichik bolg‘asi va turli kumush bo‘laklari mavjud. Buyumlar dastlab loy idishda saqlangan. Shuningdek, kumush yombilarning birida «hutu» runik yozuvi aniqlangan.
Arxeologlarning ta’kidlashicha, mazkur topilma Daniya qirolligi shakllanayotgan va nasroniylik tarqalayotgan tarixiy davrga oid bo‘lib, vikinglarning savdo va iqtisodiy aloqalari haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Topilmalar to‘liq hujjatlashtirilganidan so‘ng, ularni YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan «Fyurkat» muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yish rejalashtirilgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
62
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



