Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.10.2026 | 10:41

img1853

MARD ASKARLAR UCHUN

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga jiddiy e’tibor qaratilayotganidan barchamiz yaxshi xabardormiz. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Mard askarga sovg‘a” ruknida moʻjaz kitoblar chop etib kelinayotgani xayrli ishlardan biridir. Yaqinda ushbu seriyada yana bir turkum asarlar nashr etildi.

To‘plamlardan biri “Mardlik” deb nomlanadi. Taniqli yozuvchi Temirpo‘lat Tillayevning shu nomli qissasida mardlik va matonat, or-nomus, halollik, Vatan va el-yurt oldidagi burchga sadoqat tuyg‘ulari tarannum etilgan.

Hikoyalardan tashkil topgan uch to‘plam “Onamning yurti”, “Qahramon” va “Mustaqillik” nomlari bilan taqdim etilgan. Sevimli adiblarimiz Xayriddin Sultonning “Onamning yurti”, Erkin A’zamning  “Stupka”, Uyg‘un Ro‘ziyevning “Urushdan qolgan imorat”, Abduqayum Yo‘ldoshevning “Qahramon”, Ulug‘bek Hamdamning “Vatan haqida qo‘shiq”, Nabi Jaloliddinning “Mustaqillik”, Xoliyor Safarovning “Ona vidosi” hamda Jasur Kengboyevning “Tor ko‘cha” hikoyalaridan iborat mazkur kitoblar yosh harbylarimizning doimiy hamrohiga aylanishiga ishonamiz.

“Tomirlarim qoni Vatan” va “Qalqon bo‘lgan o‘g‘lonlar” nomli she’riy to‘plamlar buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘lmas satrlari bilan boshlanib, Abdulla Avloniy, Hamza, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Hamid Olimjon singari otashnafas shoirlarimizning yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan asarlarini ham qamrab oladi. Zamonaviy adabiyotimizning zabardast vakillari va yosh ijodkorlarning mavzuga oid eng sara she’rlari mushoirani davom ettiradi.

Turkum Abdusattor Jumanazar, Inobat Nodirshoh, Shodmonqul Salom, Bobur Elmurodov, Zulfiya Yunusova kabi ijodkorlarning “Er jangchi”, “Bug‘doy boshog‘i”, “Yigitlar, ho‘ yigitlar”, “Qirqingiz qilich bilan keling”, “Vatanning har zarrasi aziz” esselaridan iborat to‘plam bilan yakunlanadi.

Mard askarlarimiz doim yonlarida olib yurishlari uchun mo‘ljallangan qulay formatdagi ushbu to‘plamlarning har biri “Adabiyot” nashriyotida 6 ming nusxadan chop etilgan.

Nigina ISKANDAROVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 9-oktyabrdagi 41-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img33

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311