28.10.2026 | 12:01
827
HUJJATLAR SÖZLAGANDA
Tarix haqida köp va xöb yoziş mumkin, uni turliça talqin qiliş ham mumkin. Ammo tarixiy şaxsni zamoniga qaytaroq jild-jild hujjat, maktublar, tergov bayonnomalari, matbuot naşrlari va zamondoşlari xotiralarida qayta jonlantiriş öziga yaraşa mas’uliyat talab etadi. Özbek tarixşunosligining taniqli namoyandalaridan biri, professor Rustambek Şamsutdinovning yangi – “Buyuk Çölpon merosidan” kitobini öqir ekanman, ana şunday mas’uliyatli yondaşuvga yana bir bor guvoh böldim.

Çölpon hayoti va ijodiy merosi özbek adabiyotşunosligi, tarixşunosligi va matnşunosligida köp bor tadqiq etilgan. Şunga qaramay, uning murakkab taqdiri, yaşagan davri va faoliyatiga doir hali töla oçilmagan sahifalar oz emas. Rustambek Şamsutdinov asarining ilmiy qiymati ham ana şu sahifalarga arxiv hujjatlari orqali murojaat etişida namoyon böladi. Muallif tayyor xulosalarni takrorlaşdan köra, davrning özidan qolgan dalillarni örtaga taşlaydi. Natijada Çölpon haqidagi tasavvurlarimiz yangi hujjatli ma’lumotlar bilan boyiydi.
Bu borada olimning köp yillik ilmiy izlanişlari, Özbekiston bilan bir qatorda, köplab xorijiy arxiv va fondlarda töplagan muhim tajribasi qöl keladi. Jumladan, Moskvadagi Rossiya ijtimoiy-siyosiy tarix davlat arxivi fondlaridan topilgan OGPU hujjatlari 1920-yillar oxiridayoq Çölponning siyosiy qaraşlari sovet maxsus xizmatlari diqqat markaziga tuşganini körsatadi. Şu jihatdan, kitobda Çölpon haqidagi baholar keyingi davrlarda ilgari surilgan taxminlardan köra, köproq öşa zamonning bevosita hujjatlariga asoslanişi bilan ahamiyatlidir.
Ayniqsa, qatağon yillariga oid hujjatlar kişini larzaga soladi. Kitobda Moskvadagi “Memorial” jamiyati arxivida olib borilgan izlanişlar, Rossiya xavfsizlik xizmati arxividan olingan materiallar haqida batafsil söz yuritiladi. 1938-yili Toşkentda hukm qilingan qatağon qurbonlari röyxatida Abdulhamid Sulaymon öğli Çölponning nomi, hukm va qatl sanalarining qayd etilgani, ayniqsa, oğir taassurot qoldiradi. Zero, bu hujjatda biz asarlaridan yaxşi tanigan Çölponni emas, öz hayoti va taqdiri ustidan hukm çiqariş huquqidan mahrum etilgan Abdulhamid Sulaymon öğlini köramiz. Adabiyot tarixida buyuk şoir sifatida yaşab qolgan insonning qatağon hujjatlarida mahkum sifatida qayd etilişi öşa davr fojiasini çuqurroq anglatadi.
Kitobda ilgari keng jamoatçilikka noma’lum yoki kam ma’lum bölgan tergov hujjatlarining e’lon qilinişi Çölpon fojiasining yana bir oğir qirrasini oçadi. Hibsga oliş farmoyişlari, söroq bayonnomalari, tintuvda musodara qilingan buyumlar röyxati, şoirning qölyozmalari va kundaligiga oid qaydlar orqali qatağonning qanday amalga oşirilganini hujjatma-hujjat kuzatamiz. Ayniqsa, tintuv paytida olib qöyilgan yangi roman va şe’r qölyozmalari, daftarlar, kitoblar hamda boşqa buyumlarning keyinçalik yöq qilingani haqidagi ma’lumotlar öyga toldiradi. Bu bilan Çölponning hayotigagina emas, uning hali öquvçi qöliga yetib bormagan asarlariga ham nuqta qöyilganki, qatağon oqibatida millat öz şoiridan ayrilgani yetmagandek, uning qaytib tiklab bölmaydigan ijodiy merosidan ham mahrum bölgan.
Asarda arxiv hujjatlarining zamondoşlar xotiralari, davriy matbuot materiallari va xorijiy fondlardagi manbalar bilan qiyosiy örganilişi diqqatga sazovor. Bu yondaşuv Çölponning şoir, jurnalist, tarjimon va istiqlol ğoyasining vakili sifatidagi köp qirrali faoliyatiga doir ma’lum qaraşlarni takrorlaşdan köra, uning hayoti va ijodi haqidagi tarixiy tasavvurlarimizni hujjatli dalillar asosida töldirişga xizmat qiladi.
Menimça, tarixşunoslikda aynan şunday yondaşuv öta muhim: oldiniga hujjat gapirsin, söng tadqiqotçi xulosa çiqarsin. Zero, jadidlarimiz tarixi uzoq yillar mafkuraviy ayblovlar, sukut va buzib talqin qilişlar soyasida qoldi. Öşa davr haqiqatlarini tiklaş uçun dunyoning turli arxivlarida soçilib yotgan hujjatlarni izlab topiş, ularni özaro soliştiriş, har bir ma’lumotni tarixiy voqelik bilan qiyoslab, ilmiy muomalaga kiritiş talab etiladi.
“Buyuk Çölpon merosidan” asarining eng katta yutuği – Çölpon haqidagi tarixiy xotirani yangi hujjatlar bilan mustahkamlaganidadir. Zero, qatağon yillarida şoirning nomi bilan birga haqiqiy hayotini ham tarixdan öçirişga uringan edilar. Bugun öşa tuzumdan qolgan hujjatlarning özi Çölpon taqdiriga guvohlik bermoqda. Asarning ilmiy va ma’naviy salmoğini, fikrimça, avvalo, şu tarixiy haqiqat belgilaydi.
Şu örinda professor Rustambek Şamsutdinovning men uçun alohida qadrli yana bir ilmiy xizmatiga töxtalsam. U mening otam Usmon Xöjaga sovet davrida qöyilgan siyosiy ayblovlarning asossizligini matbuotda birinçilardan bölib oçiq aytgan tarixçi. Uning 1991-yil 15-oktyabrda “Xalq sözi” gazetasida çop etilgan “Usmon Xöja vatan xoini emasdi” maqolasi yillar davomida tarixiy haqiqat örnini egallab kelgan mafkuraviy tamğalarga qarşi dadil çiqiş edi. Olim bu maqolasida tarixçilarning özi ham ana şu nohaq ayblovlarni qaror toptirişda iştirok etganini röy-rost yozgan: “Biz tarixçilar Usmon Xöja Pölatxöjani şu vaqtgaça vatan xoini, ingliz josusi sifatida qoralab keldik. Tarixiy asarlarimizda masalani har tomonlama va çuqur örganmasdan, şoşma-şoşarlik bilan oson xulosaga keliş maqsadida Usmon Xöja va unga öxşagan inqilobimizning kuraşçilari hamda ilğor namoyandalariga ”vatan xoini“, ”inqilob duşmani“, ”burjua millatçisi“, ”turkçi“, ”islomçi“ kabi tamğalarni yopiştirişda davom etdik. Şu tariqa öz asarlarimiz, tadqiqotlarimiz va doktorlik dissertatsiyalarimizning sinfiylik, partiyaviylik hamda internatsionalizm ruhida yozilganini isbotlaşga urindik”.
Hurmatli tarixçimiz Rustambek Şamsutdinovning uşbu fikrlarini keyinçalik Niderlandiyada naşr etilgan öz kitobimda (“Reform Movements and Revolutions in Turkistan: 1900–1924”, 2001) ham keltirgan edim. Otam Usmon Xöja haqidagi öşa maqolaga bejiz töxtalmadim. U tarixiy haqiqatni himoya qilişda olimning qat’iy pozitsiyasi, vijdoni va jasorati qanday namoyon bölişini körsatgan edi. Professor Rustambek Şamsutdinovning “Buyuk Çölpon merosidan” asarini zör iştiyoq bilan mutolaa qilar ekanman, uning öşa paytdayoq tanlagan ilmiy yölidan bir zum oğişmaganiga amin böldim.
Olimni yangi kitobi bilan çin qalbimdan tabriklayman. Işonçim komilki, bu asar çölponşunoslikda yangi tadqiqotlarga yöl oçadi, jadidlarimiz tarixining hali töla örganilmagan sahifalarini yoritişda tadqiqotçilar uçun mustahkam manba bölib xizmat qiladi.
Temur XÖJAÖĞLI,
jadidşunos
Istanbul
“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-oktyabrdagi 43-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605
