12.11.2026 | 09:27
583
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi:
– I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?
– Ha-da! Busiz limuçoy limuçoy bölarmidi?

Oşdan çöqiy turib, atrofga alanglaşdi. Soat tonggi törtga qarab ketyapti. Ammo yemakxona kunduzgidek gavjum, bittayam böş joy yöq. Laganbardor yigitlar yoği çak-çak tomib, göşt-u paylari hil-hil pişib ketgan issiqqina oşni ğiz-ğiz taşib turibdi.
– Bular ham bizga öxşab musofirmi? – söradi qönoqlardan biri oşxörlarga işora qilib.
– Yöq, deyarli hammasi özimizni polvonlar.
– Uylari şu yaqin atrofda bölsa kerak, a? Nega ettamattan oşxörlik? Köçada ham odam köp. Bu yerdan çiqib uylariga borib uxlaşadimi yo töppa-töğri işgami?
– Qaydam… Hamma har xil.
Mehmonlar boş çayqab: “Toşkent juda qiziq şahar ekan”, deb qöydi.
Töğri, juda ğaroyib şahar. Tunda ham hayot qaynaydi. Xudoga şukur, töqçilik. Maqtanadigan jihatlari köp. Masalan, bu yerda odamlar avval semiriş, keyin esa oziş uçun falon pul sarflaydi. Çoy turganda “kola” içadi, moş örniga oş yeydi. Bozorda bir boğlam kökatning narxiga talaşadi-yu, lekin fastfud pulini indamay uzatadi. Öz uyida tekingina, tinçgina töyib uxlamaydi, ammo qimmat tungi barlarda “dam” oladi. Oyiga uç yuz ming sömlik taksida yurişmaydi, lekin köçada tezlikni oşirib, uç million söm jarima tölaydi. Yaqinlari bilan dardlaşmaydi, ammo psixologga könglini yoriş uçun pul beradi. Yigirma ming sömlik kitobni qimmat deydi, biroq ming dollarlik telefonni muddatli tölovga sotib oladi.
Uyidan fitnes-zalgaça bor-yöği ikki çaqirim yöl. Piyoda yursa öpkasi oçiladi, toza havoda tan yayrab, közlar olis-olislarga tikilişi mumkin. Ammo maşinada boradi. Zal atrofidan avtoturargoh topolmay, asabiylaşadi. Piyoda yuriş tekin bölgan şaharda, yuguriş yölakçasining bir soati uçun pul tölaydigan donişmandlar-ey!
Tungi soat ikkida bir toğora qozonkabob va ikkita patirni urvolgaç, ofitsiantga qarab: “Ukam, qani endi bir çoynak aççiq kök çoydan bölsin-çi, yoğlarini haydaydi-da”, deyişadi.
Dam oliş kuni Çorvoqqa çiqişadi. Avval falon million sömga baland devorlari orasidan xuşmanzara toğlar körinmaydigan daça gaplaşiladi. Oç qoringa şaşlikni yeyişdan nariga ötilmaydi. Na tabiat nafasi, na soy suvini köradi közlar. Keyin ulfatlar tonggaça divandan turmasdan “PlayStation” öynaydi, nari borsa bilyard yoki ping-pong böladi. Ertasi kuni peşingaça uyquni urişadi. Boş oğrigan, nonuşta vaqti ötib ketgan, közlar qizargan. Yakşanba oqşomida şaharga qaytişdagi bir neça soatlik tirbandlik esa dam olişning “çurra”siga tepadi. Keyin bu “hordiq” asoratlarini davolaş, soğliğini tiklaş va qon bosimini tuşiriş uçun yana pul sarflaşadi.
Ha, Toşkent şunaqa qiziq şahar. Qiziği, ana şu tus boşqa şahr-u kentlarga ham tojdor kovid kabi enlab boryapti. Oxiri baxayr bölğay!
Hali zamon “Afrosiyob”da Buxoroga ketadigan mehmonlarim limuçoyning totiga hayron bölib, saharmardonda olağovur kötargan qardoşlarini tomoşa qilib ötirişipti. Men esa betoqatman. Bir soatdan keyin jöramni ehson oşiga yetib olişim kerak.
Şahriyor ŞAVKAT
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
30
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
118
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
310



