18.11.2026 | 14:02
129
UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR
Ötgan oyda Toşkent şahrida arxitektura organlarining ruxsatisiz 720 dan ortiq köp qavatli uy qurilgani haqida xabar tarqaldi. Unga Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatovning Qonunçilik palatasidagi “Hukumat soati”da bergan javobi asos bölgan. Vazirlik 22-oktyabrdagi rasmiy tuşuntirişida bunday köp qavatli uylar soni 61 ta ekanini bildirdi. Ötkazilgan tekşiruvlarda 320 dan ortiq noqonuniy obyekt aniqlangan, bu hisobga yakka tartibdagi uylar, dökonlar va boşqa kiçik inşootlar ham kirgan.

Majlisda deputat Dilmurod Ismoilovning bolalar va sport maydonçalari, avtoturargohlar uçun joy qoldirilmayotgani, loyihadagi infratuzilma qurilmayotgani haqidagi söziga quriliş vaziri boş reja tasdiqlanişidan avval auksionga qöyilgan yerlarda uylar qurilganini, nazorat kuçaytirilib, jarayonlar raqamlaştirilgaç, ruxsatsiz qöşimça binolar quriş töxtatilganini aytib, javob qilgan.
Köp qavatli uy bir keçada paydo bölib qolmaydi. Bu jarayon şahar ahlining köz öngida keçadi. Vazirning ma’lum qilişiça, bu kabi muammoli obyektlar bilan Boş prokuratura şuğullanmoqda. Zarur infratuzilma yaratilgan taqdirda, uylarni foydalanişga qabul qilişni nazarda tutuvçi qaror loyihasi tayyorlangan. Binolar mustahkamligini maxsus asboblar yordamida tekşiriş ham közda tutilgan.
Yeçimning muhandislik xulosasi bilan boğlanayotgani, albatta, yaxşi. Çunki, 61 ta uyning har biri ortida qança oilalar taqdiri bor. Ular uçun binoni foydalanişga qabul qiliş, mulk huquqini röyxatdan ötkaziş va xavfsiz yaşaş imkoni bir-biriga boğliq. Hozirça qaror loyihasi haqida söz bormoqda, bu bosqiçlarning har biri öz huquqiy asosiga ega.
Qolaversa, ruxsatnomaning yöqligi binoning, albatta, xavfli ekanini bildirmaydi. Ruxsatnomasi bor uyda ham nuqson uçraşi mumkin. Huquqiy muhandislik holati alohida örganilsa, xaridorning “Bolamni şu tom ostida xotirjam uxlata olamanmi?” degan savoliga javob topiladi. Bu savolning ahamiyatini Turkiyadagi 2023-yil 6-fevral zilzilalari eslatib turadi. BMT Taraqqiyot dasturi oradan bir yil ötib e’lon qilgan ma’lumotda 53 mingdan ortiq kişi halok bölgani, 3,3 million odam boşpanasiz qolgani qayd etilgan. Binolar bilan birga, kundalik turmuş, oilalarga oid iş va öquvçilarining ta’limi ham izdan çiqqan. 2018-yili Turkiyada quriliş amnistiyasi e’lon qilingan bölib, unda 2017-yil oxirigaça ruxsatsiz yoki ruxsatnoma şartlariga zid qurilgan obyektlar qamrab olingan edi. Keyingi fojia binoga huquqiy maqom beriş bilan uning zilzilabardoşligini ta’minlaş örtasidagi farqni körsatdi.
London universitet kolleji 2024-yil fevralda EEFIT (zilzila muhandisligi böyiça xalqaro tadqiqot guruhi)ning hisobotini e’lon qildi. Kembrij universiteti mutaxassislari ham qatnaşgan Turkiya zilzilasi tafsilotlarini örganişda armaturaning notöğri joylaştirilişi, ruxsat etilganidan baland quriş va ayrim beton ustunlarni kesiş kabi nuqsonlar qayd etilgan. Şu bois, uşbu tadqiqotçilar binolar haqidagi ma’lumotlarni oçiş, nazoratni kuçaytiriş va talabga javob bermaydigan obyektlarga amnistiya beriş amaliyotidan voz keçişni tavsiya qilgan. Guruh rahbarlaridan biri, muhandis olim Yasemin Aktaşning tuşuntirişiça, mutaxassislar zilzilabardoş quriş usullarini bilgan, mavjud me’yorlar ham yuqori talablar asosida belgilangan. Ammo öşa bilim va talablar qurilişda töliq qöllanmagan.
Özimizda sodir bölgan voqealar ham bu masalaga jiddiy e’tibor qaratiş lozimligini eslatib turadi. 2021-yil yanvarda Jizzaxda qurilişi tugallanmagan olti qavatli uy qulab tuşgan edi. Öşanda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev quriliş sifati va bunga mas’ul şaxslarning qonun oldidagi javobgarligi masalasini kötargan. Bu e’tibor har bir uyda quriliş boşidanoq xavfsizlikni ta’minlaşda körinadi.
Nazorat jarayonini oxirgi natijasigaça kuzatiş nega muhimligini ayrim rasmiy xabarlardan ham anglaş mumkin. Gap “Insoft Invest” kompaniyasining “Askiya City” majmuasidagi noqonuniy qurilişi haqida ketmoqda. Vazirlik bu kompaniyaga 2020-yil may oyida noqonuniy quriliş işlarini töxtatiş haqida körsatma bergan. Talab bajarilmagaç, sudga murojaat qilingan. Kuzda bu taqiqlaş va sud jarayoni takrorlangan. Şunga ham qaramay, 2021-yil fevralida ham röyxatdan ötmagan obyektda noqonuniy quriliş davom etgan. Bu yagona holat emas. Yakkasaroy tumanidagi “Newport” majmuasining buyurtmaçisi “Mega Logistics Servise” MÇJ mansabdorlari va boşqa mas’ullarga nisbatan joriy yilning avgust oyida jinoyat işi qözğatilgani haqida xabarlar tarqalgan. Unga köra, hududda ruxsatsiz 20, 19 va 12 qavatli uylar hamda ikki qavatli turar joy qurilgan.
Uşbu obyektlar böyiça rasmiy munosabatda töqqiz blokdan uçtasi uçun arxitektura va ekspertiza xulosalari olingani, qurilişni boşlaş inspeksiyada röyxatdan ötkazilgani aytiladi. Qolgan oltita blokda işlar röyxatdan ötkazilmasdan olib borilgani uçun buyurtmaçiga yozma körsatma berilgan, mas’ullar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, texnik nazoratçiga nisbatan çoralar körilgan. Avgust oyida hokimlik vakili Jasur Karimov majmua xatlovga kiritilganini aytgan.
* * *
Uy-joy masalasini şu binolardan xonadon olgan odamning közi bilan ham körişga harakat qilaylik. Bir tanişim Toşkentda qurilayotgan uylardan biridan xonadon olgan. Uning aytişiça, bir yilda topşiriş va’dasiga işonib, kelişilgan mablağni töliq tölagan. Va şundan keyin yana uç yil ötgan bölsa-da, hali uyga köçib kira olmagan. Tanişim töqqiz qavatli bino qurib bitkazilgani, xonadon hatto ta’mir qilinganini aytadi. Lekin kadastr hujjati tayyor emas, kanalizatsiya işlamaydi, suv, elektr va gaz ulanmagan.
Oliy sud ma’lumotiga köra, 2025-yili uy-joy munosabatlariga doir qariyb 27 mingta iş körilgan. Özboşimçalik bilan qurilgan uy yoki qurilmani buzişga doir işlar esa 13 mingga yaqinlaşgan. Bu raqamlar turli nizolarni qamraydi, ularning barçasini quruvçi bilan xaridor örtasidagi nizo yoki firibgarlik deb tuşunib bölmaydi. Xaridorlar duç kelayotgan qiyinçiliklarning kölami keçikiş, takroriy sotiş va pulni qaytarişga oid işlar alohida tahlil qilinganda, aniqroq körinadi.
Qöşnimning sözlariga köra, yangi uydan xonadon oliş uçun 200 million söm tölagan, keyin öşa xonadon bir neça kişiga sotilganini bilgan. Qöşnim iş sudgaça borganini, ammo pulini undira olmaganini aytadi. Çunki pul yiğiş ortida turgan asosiy şaxslar ğoyib bölgan, qölga olingan MÇJ rahbarining esa undiruv qaratilişi mumkin bölgan mol-mulki yöq ekan.
Bu kabi voqealar xaridor himoyasini mablağ tölanayotgan paytdan öylaşga undaydi. Xaridorning öz jamğarmasi taqdirini bilişi ham uning işonçini mustahkamlaydi. Şu bois, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilişi sohasini yanada rivojlantiriş, turar va noturar joy obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş jarayonini tartibga soliş mexanizmlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida közlangan eskrou usuli mazkur himoyani ta’minlaşga qaratilgan. Xaridorning puli bankda maxsus hisobda saqlanadi, quruvçi işni öz mablaği va loyiha krediti bilan olib boradi. Unda belgilangan tartibga köra, binodan foydalanişga ruxsatnoma berilgaç, bank eskroudagi mablağdan avval şu quriliş uçun ajratilgan kreditni söndiradi, qolgan qismini quruvçiga ötkazadi.
Ilgari mablağ tölagan oilalarning muammosi esa alohida yondaşuvni kutadi.
Uyni keç topşirişning sabablari turliça bölişi mumkin. Şartnoma majburiyatining bajarilmasligi bilan ehtimoliy aldovni farqlaşda quruvçining haqiqiy imkoniyati, pulni jalb qiliş holatlari va mablağlar sarfiga oid dalillar ahamiyatli. Masalaga şunday yondaşiş xaridor huquqini himoya qiliş bilan birga, işni halol olib borayotgan tadbirkorning manfaatini ham hisobga oladi.
* * *
Uyning tayyorligi xonadon eşigining içkarisida tugamaydi. Suv, kanalizatsiya va elektr qatorida, kiriş yöli, avtoturargoh, bolalar maydonçasi ham şu hayotning bir qismi.
Kiriş yölining ahamiyati, ayniqsa, şoşilinç yordam zarur bölganida bilinadi. Joriy yil 24-oktyabrga ötar keçasi Uçtepa tumani Yusuf Sakkokiy köçasidagi turar joy majmuasida yonğin sodir böldi. Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabariga köra, çaqiruv soat 01:33 da kelib tuşgan, yonğin 01:52 da bartaraf etilgan. Xonadonda bir fuqaroning jasadi topilgan. Matbuot bilan suhbatda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi matbuot kotibi Zuhriddin Qurbonov yölga tartibsiz qöyilgan avtomobillar qutqaruvçilar harakatini qiyinlaştirganini, ular maşinadan tuşib, hodisa joyiga yugurib borganini aytgan. Fuqaroning ölimi va yonğinning kelib çiqiş sabablarini tergov aniqlaydi. Ammo şu örinda özimizga “Xöş, yölga maşinalar nega tartibsiz qöyilgan edi?” degan savolni ham berişimiz kerak. Çunki öşa köpqavatli uylar atrofida maşinalarni tartib bilan qöyiş mumkin bölgan hududning özi bölmasa kerak…
Senatning 2025-yil 2-avgustdagi qaroriga ilovada 2024-yil va 2025-yilning ötgan davrida 1,8 mingdan ortiq umumiy foydalanişdagi joy özboşimçalik bilan tösib olingani qayd etilgan. Yonğin xavfsizligi qoidalariga köra, binolar, suv manbalari va yonğin öçiriş vositalariga olib boruvçi yöllarni tösiş taqiqlangan. Şaharsozlik me’yorlarida bolalar öyini, kattalar dam olişi, jismoniy tarbiya va avtoturargoh uçun maydonlar közda tutilgan. Me’yorlarda qutqaruv texnikasi yölining kengligi bino balandligiga mos bölişi, darvozadan maşina tösiqsiz ötişi va yöl qoplamasi uning oğirligini kötarişi şartligi belgilangan. Uy atrofidagi hayot ana şu imkoniyatlarga tayanadi.
Şu bois, ayni kunlarda qurib bitkazilgan uylarning loyihalarini qabul qiliş oldidan hokimlik, quriliş nazorati, favqulodda vaziyatlar va kommunal xizmatlar vakillarining birgalikdagi körigini taşkil etiş, maqsadga muvofiqdir.
* * *
Endi poytaxtda ruxsatsiz qad rostlagan 61 ta uy mavzusiga qaytamiz. Vazir bu uylarni raqamli tekşirişda avtoturargoh, bolalar va sport maydonçasi kabi talablar bajarilmasa, ekspertizaga qabul qilmasligini aytgan. Vazirning aytişiça, “Turar joy” milliy axborot platformasida uylar texnik holatiga köra qizil, sariq va yaşil toifalarga ajratilgan, umumiy ma’lumotlar oçiq. Masala parlamentning doimiy nazoratida bölişi aytilgan.
Keyingi muhokamalarda nuqsoni tuzatilgan uylar, öz xonadoniga köçib kirgan yoki puli qaytarilgan oilalar haqida ham eşitişni istar edik. Yeçim izlayotgan idoralar, mas’uliyat bilan işlayotgan quruvçilar va xonadon egalari örtasidagi işonç ana şu natijalar bilan mustahkamlanadi.
Poydevor qöyilganida boşlangan umid oilaning öz uyiga xotirjam kirib borişi bilan röyobga çiqadi. Huquqiy aniqlik, xolis tekşiruv va kundalik yaşaş şaroiti birga ta’minlansa, uylar soyasida qolayotgan savollarga ham javob topiladi.
Abdulhamid MUXTOROV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida
“KITOB, MENING DÖSTIMSAN”
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida yana bir turkum kitoblar naşrdan çiqdi. “Sohibqironga ehtirom” nomli yangi töplamdan şonli ajdodimiz Amir Temurga bağişlab yozilgan nazmiy asarlar örin olgan. Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning şunday satrlari bor: Har qança faxr etsang arziydi, özbek,Balqibsan bir zotning yuksak şonida.Temurbek yulduzi Oltin qoziqdekÇaraqlar buyuklar kahkaşonida. Abdurauf Fitrat, Alixontöra Soğuniy singari atoqli ma’rifatparvarlarning maşhur […]
18.11.2026 | 15:39
78
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
289
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
326



