18.11.2026 | 15:39
74
“KITOB, MENING DÖSTIMSAN”
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida yana bir turkum kitoblar naşrdan çiqdi. “Sohibqironga ehtirom” nomli yangi töplamdan şonli ajdodimiz Amir Temurga bağişlab yozilgan nazmiy asarlar örin olgan.

Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning şunday satrlari bor:
Har qança faxr etsang arziydi, özbek,
Balqibsan bir zotning yuksak şonida.
Temurbek yulduzi Oltin qoziqdek
Çaraqlar buyuklar kahkaşonida.
Abdurauf Fitrat, Alixontöra Soğuniy singari atoqli ma’rifatparvarlarning maşhur asarlari bilan boşlangan töplam zamonaviy adabiyotimizning zabardast namoyandalari va iste’dodli yoş ijodkorlarning şe’rlari bilan davom etadi.
Özbek bolalar adabiyoti tarixida taniqli şoir Zafar Diyor ijodi alohida örin tutadi. Uning “Yaşna, Vatan, Jon Vatan, Senga şaraf-şon, Vatan”, “Laylak keldi, yoz böldi, Qanoti qoğoz böldi”, “Döstlar, mening yurtimni Özbekiston, deydilar”, “Arça-arça, jon arça, Yaproqlaring ninaça”, “Gunafşaxon, gunafşa, Kulişlaring çiroyli”, “Boqqa kirdim, olmalar Qip-qizarib pişibdi”, “Yoş öynoqi közlarim Şuur olar kitobdan”, “Oppoq. Tiniq, oppoq qor Öynab tuşar osmondan” singari ravon satrlar bilan boşlanuvçi önlab şe’rlarini ming-minglab yurtdoşlarimiz yoddan biladi. Xuddi şunday esda qolarli şe’rlar asosida tartib berilgan şoirning yangi töplami “Kitob, mening döstimsan” deb nomlangan.
Öziga xos uslubda bitilgan qissa va hikoyalari, falsafiy şe’rlari bilan tanilgan Suhbat Aflotuniy bir şe’rida: “Böyniga toş boğlab çökar tubsizlik”, deb yozadi. Uning yana bir şe’ridagi: “Yaşayman öz-özimdan xorijda / onda-sonda özimga maktub yozaman / yanada kam ularga yöllayman javob” kabi satrlar kişini öylaşga, muşohada yuritişga çorlaydi. Adibning yangi “Saylanma”siga “Tun qisqa” nomli qissasi, öndan ziyod hikoyasi va turkum şe’rlari kiritilgan. Asarlarni Tursun Ali, Muhabbat Yöldoşeva, Dilfuza Qarşiboyeva, Gulnoz Tojiboyeva, Risolat Haydarova, Davron Rajab, Gözal Begim, Şohsanam Rözimat qizi, Nodira Ibrohimova, Alişer Fayzullayev, Ma’ruf Toşpölatov kabi tarjimonlar özbek tiliga ögirgan. Ayni saylanma rus tilida ham alohida muqova ostida çop etilgani e’tiborlidir.
Nigina ISKANDAROVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida
UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR
Ötgan oyda Toşkent şahrida arxitektura organlarining ruxsatisiz 720 dan ortiq köp qavatli uy qurilgani haqida xabar tarqaldi. Unga Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatovning Qonunçilik palatasidagi “Hukumat soati”da bergan javobi asos bölgan. Vazirlik 22-oktyabrdagi rasmiy tuşuntirişida bunday köp qavatli uylar soni 61 ta ekanini bildirdi. Ötkazilgan tekşiruvlarda 320 dan ortiq noqonuniy obyekt aniqlangan, […]
18.11.2026 | 14:02
125
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
222
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
178



