17.11.2026 | 16:01
4
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR
Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, röyirost aytayotgan yaqin tariximiz, keçagi kunimiz haqidagi xotiralar ularga xuddi ertakday tuyulayotganini sezdim. Asoslab tuşuntirsak, ularning gapi şu böldiki: “Ha, endi, biz u davrlarni körmaganmiz, şuning uçun bilmaymiz”…

Hazrat Alişer Navoiy “Munşaot”da: “Bitib erdingizkim, Mirzo tobuğida kamina qulni yod qilib yiğlarmen. Yod qiluringizğa rozimen, yiğlaringizğa yöq”, deb yozganiday, biz xohlaymizki, yoşlarimiz u kunlarni körmasin, lekin bilmasligi mumkin emas. “Ertasini öylagan indin bölmas puşaymon”, degan naql bor xalqimizda. Lekin erta – bugun bilan, bugun esa keçagi kun bilan boğliq. Bugunning qadriga yetiş, islohotlar mohiyatini anglaş uçun ham keçagi kunni unutmaslik kerak.
Bir çöpni boşqa joyga olib qöyiş uçun ham harakat kerak. Şunday bölgaç, butun boşli mamlakat hayotini önglaş, jamiyat hayotida tub islohotlarni amalga oşiriş, odamlar dunyoqaraşini yangilaş qançalik maşaqqatli va mas’uliyatli vazifaligini tasavvur qilavering. Bir öylab köraylik, islohot nima uçun qilinadi? Albatta, qayerdaki işlar köngildagiday ketmayotgan bölsa, öşa joy islohga muhtoj böladi. Xuddi şu nuqtada Yangi Özbekistondagi islohotlar inson qadrini yuksaltirişdan – qaddini tiklaşdan boşlanganining mohiyati oydinlaşadi.
Haqiqat qiyosda körinadi. Bugungi islohotlar ham keça va bugun tarozisiga solib körilsa, uning samarasi yanada aniqroq namoyon böladi.
PAXTAGA QUL BÖLGAN EL MUSTAQIL BÖLA OLADIMI?
Keça. Bolaligim Ğallaorol tumanining toğli Avliyoota qişloğida ötgan. Tumanimizda paxta ekilmaydi. Töğriroği, bir paytlar ekilgan ham, lekin vegetatsiya davri yetişmagani uçun paxta pişmay qolgan. Hali oçilmagan kösaklar terilib, öt yoqib quritilgan, söng tolasi arçib olingan. Qişloq etagida yaşnab turgan qalin tabiiy çakalakzor şu maqsadda ötinga kesilib, yöq bölib ketgan. Keksalar çakalakzor juda katta, içida yovvoyi hayvonlar köp bölganini eslaydi. Tabiatning şunday ne’mati paxta uçun ğorat qilingan.
Xullas, özimizda paxta bölmagani uçun uzoq çöl tumanlariga terimga olib ketişardi. 7-sinfdan boşlab paxtaga borganmiz. Hozir 7-sinf öquvçilarining böy-bastiga qarab, işonmayman, nahotki, şunday norasida paytdanoq bolalarni ota-onasidan, oilasidan ayirib, biyday dalaning örtasidagi pilla boqişga möljallangan barakda, ikki qavatli taxta sörida ikki-uç oylab yotqiziş, noyabr oxirigaça yöq paxtani izlab, egat oralab sarson-sargardon kezdiriş mumkin?
Bizdan oldinroq paxtaga borganlar – aka-opalarimiz töqigan bir şe’r maşhur edi:
Obkomimiz Toirov,
Enamizdan ayirib,
Opketadi paxtaga,
Yotqizadi taxtaga…
Bisotimiz bir körpa-yu bir yostiq, bir tunuka kosa-yu krujka edi. Yegan-içganimiz ertalab buxanka non bilan şakar çoy, tuşlik va keçga makaron şörva edi. Terim tugab uyga qaytgaç, hö, Yangi yil bayramiga yaqin “paxtaning puli kelarkan”, degan xuşxabar tarqalardi. Lekin pul kelgaç, aksariyat bolalar terim uçun pul olmasdik, aksinça, yegan ovqatimizga qarz bölib qolganimiz ma’lum bölardi.
Endi öylasam, qul kabi işlagan ekanmiz. Mana şu ikki-uç oy oraliğida hammom körmagan, sovuqdan qöllari yorilib ketgan bolaligimni har gal eslaganimda, könglimda aççiq açiniş hissi uyğonadi.
Afsuski, mustaqillikni qölga kiritganimizdan söng ham paxtaga qul bölib qolaverdik. Öquvçilar-u öqituvçilar ham, talabalar ham, taşkilotlar ham Mustaqillik bayramini ötkaziboq, paxtaga “oşiqardi”. Buni hammamiz yaxşi eslaymiz.
Bugun. Bu yil noyabr oyi boşida Yangi Özbekiston tarixida ilk bor dehqon va fermerlarimiz 5 million tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, rekord natijani qölga kiritdi.
Töğrisi, xalqimizning katta qismi bunday tarixiy natijani e’lon qilinganidan sönggina bildi. Çunki, paxta avvalgidek umumxalq işi emas, uning öz egalari bor va ular öz işini qilmoqda. Holbuki, ilgari har bir oiladan kimdir, albatta, paxtaga ketgan, şuning uçun hammaning e’tibori terim ma’lumotlarida bölardi.
Xöş, bu yuksak xirmonga qanday erişildi? Boz ustiga, yurtimizda keyingi yillarda paxta maydonlari 38 foizga qisqargan, paxta monopoliyasiga barham berilgan, öqituvçilar, öquvçi va talabalar, byudjet taşkilotlari xodimlarini terimga jalb etiş qat’iyan töxtatilgan bölsa? Demak, bölar ekan-da!
“Jadid” gazetasining oldingi sonida e’lon qilingan Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning mavzuga oid maqolasida bu muvaffaqiyat sirlari çuqur oçib berilgan. Ma’lum böladiki, avval faqat qora mehnat qilingan, endi har bir sohaga aql va innovatsiya bilan yondaşilmoqda. Ilm-fan yutuqlari va zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilayotgani natijasida paxtaçilikda hosildorlik 2,7 karra oşib, 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgani, hatto ilğor fermerlarimiz 100-110 sentnergaça hosil olayotgani şundan dalolat beradi.
Muhtaram Prezidentimizning soha xodimlariga yöllagan tabrigida ta’kidlanganidek, “tanlagan yölimiz naqadar töğri ekanini bugun hayotning özi, bu yilgi natijalarimiz yaqqol tasdiqlamoqda”.
“OLIMPIADANGNI YIĞIŞTIR, KÖÇANI TOZALA!”
Keça. Gap avvallari urf bölgan haşar kampaniyalari, majburiy mehnat haqida borar ekan, çöl tumanlaridan birida bölgan yana bir voqeani aytib ötay. Faol va taşkilotçi bir döstim şu tumanda maktab rahbari edi. Maktabida yaxşi natijalarga erişgani uçun öşa vaqtda xalq ta’limi vazirligining tavsiyasi bilan tuman xalq ta’limi bölimi mudirligiga tayinlandi. U öz maktabida orttirgan tajribasini endi tuman miqyosida qöllay boşladi. Samara tez orada körindi. Tumanning uç-tört nafar öquvçisi turli fan yönalişlarida viloyatda ğolib bölib, respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
Albatta, viloyat ğolibligi ham bu tuman uçun dastlabki yutuq edi. Şu bois, döstim ğolib öquvçilarni rağbatlantiriş maqsadida yelib-yugurib, homiy topib, zörğa uç-törtta kiçik sovğalar uyuştiradi. Tuman hokimining nomidan öquvçilarga taşakkurnoma tayyorlatadi va ularga imzo qöydiriş hamda yutuqlardan boxabar qiliş uçun hokim huzuriga kiradi. Ming afsus, hokimning kayfiyati yöq ekanmi, taşakkurnomaga imzo qöyişni istamaydi. Xalq ta’limi bölimi mudiri qaytanga gap eşitib çiqadi. “Olimpiadangni yiğiştir, boşimni qotirma, bor, öqituvçilaringni opçiq, köçani tozala!”, deydi hokim.
Şundan söng döstimning hafsalasi pir bölib, ariza yozib işdan böşab ketdi. “Eng yomoni, bilasizmi, nima? – dedi keyin döstim. – Öqituvçilar xonadonlardagi hojatxonalardan dalaga öğit çiqarişga ham majbur edi. Ular öz puliga texnika topib, şu işning tepasida turardi. Öz öquvçilarining közi öngida odamlarning hojatxonalarini tozalab yurgan ustozning hurmati böladimi?”
Bugun. Endi turli bellaşuvlarda ğolib bölgan öquvçilarini rağbatlantiriş uçun ustozlarning yelib-yugurişiga, rahbarlarning qabulida sarğayib, ularga mute’ bölib ötirişiga aslo hojat yöq. Fan olimpiadalarining tuman, viloyat va respublika bosqiçlarida ğoliblikka erişgan öquvçilarni, nafaqat, öquvçilar, ayni paytda, ularni tayyorlagan ustozlarini ham rağbatlantirişning aniq mexanizmlari işlab çiqilgan. Xalqaro olimpiadalar ğoliblarini-ku, alohida mukofotlar kutib turibdi.
Faqat öqituvçilar emas, barça sohalar xodimlari ham majburiy mehnatdan töla xalos bölgan. Maktab öqituvçilari daromadini izçil oşirib boriş doimiy e’tiborda turibdi. Birgina misol. Bu yil yangiça formatda ötkazilgan “Yil öqituvçisi” tanlovining 208 nafar tuman va şahar bosqiçi ğoliblarining har biriga ilk bor 616 million sömdan mukofot berilganining öziyoq, jamiyatimizda öqituvçilik kasbining nufuzini keskin oşirib yubordi, desak, buyam adolatdan böladi.
KÖÇADA QOLGAN AKADEMIKLAR
Keça. Yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biriga rahbarlik qilgan hurmatli domlamiz şunday hikoya qiladi: “Orada şunday zamon böldiki, 60 yoşdan oşganlaridan keyin, hatto, akademiklar ham nafaqaga çiqarib yuborildi, ular köçada işsiz qoldi. Ularning ilmiga ham, faoliyat yuritib kelayotgan ilmiy muassasalariga ham işonçsizlik bildirildi. Qanday uluğ olimlarimiz, ustoz akademiklarimiz içkariga kirişga yuragi betlamay, universitet atrofida aylanib yurganlarini körib, içim ezilgan. Şundan söng, işdan böşatilgan akademiklarni çaqirib, ularga kabinet qilib berganman. Buyuk ustozlari, özlari foydalangan stol-stullargaça toptirib, şu kabinetga qöyganman ham. Şu işimdan hozirgaça qanoat his qilaman”.
Bugun. Katta hayotiy tajribaga ega insonlarning jamoada bölişi har bir taşkilot uçun muhim. Ularga maoş ham, pensiya ham töliq beriladi. Akademiklarimizga körsatilayotgan yuksak e’zoz-ehtirom, öz navbatida, ilm-fan ravnaqiga ham ijobiy ta’sir körsatayotganini kuzatyapmiz.
Özbekistonda Fanlar akademiyasiga saylovlar qayta tiklandi. Akademiklarning ilmiy faoliyatini rağbatlantiriş, ularni moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimli asosda yölga qöyildi. Ularga öz ixtisosliklari böyiça işlaşlari uçun ustuvor şaroitlar yaratilgan. Özlari va oila a’zolariga bepul tibbiy xizmat körsatiladi. Davlat hisobidan yiliga bir marta tibbiy soğlomlaştiriş maskanlariga va sanatoriylarda dam oliş yöllanmalari bilan ta’minlanmoqda.
ÖZ YURTI VA ÖZ UYIGA SIĞINDI BÖLGANLAR
Keça. Propiska tizimi jamiyatning eng oğriqli nuqtalaridan biri edi. Davlatning öz xalqiga nisbatan mehri yoki işonçi emas, şubhasi bor edi, desak, buyam ayni haqiqat. Har bir viloyat tugul, tumandan tumanga ötişda ham postlar qöyilgan, yoningizda pasportingizni olib yurmasangiz, tayyor jinoyatçiga aylanib qolişingiz heç gap emasdi. Hatto, tumanlardagi davlat idoralari ham baland temir panjaralar bilan xalqdan ajratib qöyilganini yaxşi eslaymiz.
Yuksak maqsadlarni közlagan har bir inson, albatta, öz mamlakatining poytaxtiga intilişi tabiiy jarayon. Lekin bu yerda ham juda katta tösiqlar bor edi. Avvalo, propiskangiz bölmasa, işga ham joylaşa olmasdingiz, uy olişga ham haqqingiz yöq edi.
Şaxsan özim misolimda aytsam, poytaxtda işlaş uçun Böstonliq tumaniga propiska qilib kelişga majbur bölganman. Tağinam, işlayotgan taşkilotim rahbarining bağrikengligi bilan şunga ijozat tekkan, bölmasa, Böstonliqning propiskasi bilan ham işga oliş mumkin emasdi. Toşkentdan uy ololmay, naq tört yil Çirçiq şahridan qatnab işlaganimni eslasam, hozir ham özimga, oilamga rahmim keladi. Ön yillar yemay-içmay, uy oliş uçun yiğinganmiz. Nihoyat, qarz-havola bilan bir xonali uyga yetişganmiz. Yana deng, uyni öz nomimga emas, propiskasi bor baxtli tanişimning nomiga olganman. Uy özimniki, lekin birovning nomida. Aynan propiskamiz yöqligi uçun farzandlarimni boğçaga, maktabga joylaşda körgan qiyinçiliklarimni aytmay. Bir hamkasbimizning propiskasi tugul, fuqaroligi ham yöq edi. Endi, uning körgan qiyinçiliklari oldida, bizniki – holva.
Birovning nomiga uy olgan, keyin uni sotmoqçi yoki almaştirmoqçi bölganida, uyning soxta “ega”si uyga da’vo qilib çiqqan holatlar ham köp edi. Odamlar olgan uyining yana yarim miqdorida narxini “berib”, ya’ni yölini qilib, propiskasini töğrilab olganlarini eşitardik.
Orada qişloqdan keladigan qarindoşlarning qadami uzilib qolsa, deng. “Nega bormaysizlar?”, desam, “Metroga tuşsak, melisa uşlab, pulimizni olib qöyadi”, derdi ular…
Bugun. Davlat nafaqat öz xalqiga işonadi, balki şu xalq uçun xizmat qiladi. Faqatgina içki yöllar emas, neça yillardan beri yopilib, qarindoş-uruğni bir-biridan uzib qöygan taşqi yöllar ham oçildi. Davlatning işonçi şu darajadaki, hatto adaşgan fuqarolarga ham ikkinçi imkon beradi. Jahonning qaysi bir olovli hududida qolib ketgan fuqarolarini ham Vatanga qaytarib olib keladi. Bu operatsiyalarning “Mehr” deb atalişi ham bejiz emas.
Uy olaman, desangiz, marhamat, butun uyning pulini yillab yiğib ötirmaysiz, öz xohişingiz va imkoniyatingizga qarab uy tanlaysiz, boşlanğiç tölovni qilib, qolgan mablağni bölib tölaş imkoniyati yaratilgan. Poytaxtda işlamoqçimisiz, marhamat, propiska söraydigan zamonlar ötib ketgan. Özbekiston Respublikasining barça hududida yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötişning xabardor qilişga asoslangan yagona tartibi amal qiladi.
Darvoqe, fuqaroligi yöq boyagi hamkasbimiz keyingi davrda birinçilardan bölib fuqarolik olganini ham aytib ötay. Uning yillar davomida yetişa olmagan orzusi uşalgan öşa onlardagi xursandligi va hayajonini tasvirlab bera olmayman.
“BÖŞALSA ÖZADI ÖZBEKNING OTI“
Yuqorida yölini qilib, propiskasini töğrilab olgan odamlar haqida gapirdik. Fikr qilib köraylik, korrupsiya qayerda paydo böladi? Albatta, özi uçun qulay muhitda – tösiq bor joyda tuğiladi va rivojlanadi-da.
Bugun korrupsiyaga qarşi kuraşyapmiz, buning uçun barça sohalarda korrupsiyaga olib keladigan vaziyatlarga barham berilmoqda. Deyarli barça yönalişlarda, ayniqsa, tadbirkorlik borasida xabardor qiliş tizimi yölga qöyilgani, albatta, odamlarga qulay şaroit yaratadi, ayni paytda, heç şubhasiz, bu – korrupsiyani yöqotadigan eng samarali usullardan biridir.
Biz bu örinda jamiyatimiz hayotida yuz bergan tub yangilaniş va özgarişlarga qisman töxtaldik va ayrim misollar keltirdik, xolos. Bular osmondan olingan gaplar emas, har birimizning boşimizdan ötgan voqealardir. Xalq dardini eşitiş yölga qöyilgani deysizmi, jamiyatda erkinlikka yöl oçilganini aytasizmi, kambağallik haqida oçiq gapirilib, kambağallikni tugatiş böyiça jiddiy harakatlar bölayotgani yoki naqd pul, valyuta siyosatidagi özgarişlarni aytasizmi, yoşlarga keng yöl oçilayotganini deysizmi, eh-he, sanab sanoğiga yetiş qiyin. Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni tizimli va batafsil yoritib beriş uçun butun boşli institut işlasa ham arziydi, aslida. Balki şunday qiliş ham kerakdir.
Maşhur dostonimizda “Böşalsa özadi özbekning oti”, degan barçamizga ğurur beradigan sözlar bor. Bugun xalqaro maydonda “Yangi Özbekiston modeli” namuna sifatida e’tirof etilmoqda, örganilmoqda. Davlatimiz tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosat va xalqçil islohotlarning eng muhim xislati – yuksak maqsadga yönaltirilgani, aniq rejaga asoslangani, izçil va davomiy xarakterga egaligi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning: “Öz” degan ezgu ğoyamiz zamirida mujassam bölgan öz işimiz, öz sözimiz, öz ğalabamizga işonç ruhi bilan olğa qarab borişdan heç qaçon töxtamaymiz!“, degan sözlarida yorqin namoyon böladi.
Ikrom BÖRIBOYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
37
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
189
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
682



