16.05.2024 | 15:54
1105
URCHUQ YIGIRIB, BAXT TO‘QIDIM

105 yoshida dunyodan o‘tgan ammamizning tutdan yasalgan urchug‘i bo‘lardi. U ip yigirganida ko‘z oldimizda kurrai zamin aylanayotganday bo‘lib, urchuqning chirillagan ovozidan zavqimiz oshardi. Ammam urchug‘ini asrab-avaylab, yosh bolalarga hech ushlatmasdi. Biz opa-singillar uning ko‘zini shamg‘alat qilib, o‘zimizcha urchuq yigirishga urinardik, – deydi Sayxunobod tumani, “Paymard” mahallasida istiqomat qiluvchi taniqli hunarmand Asiba Botirova. – Onamning boshqirdistonlik kursdoshi bo‘lardi. U bizga qutida tivit junini jo‘natardi. Onam ana shu tivitdan ro‘mol, paypoq to‘qib berardi. Mahallamiz ayollarining hammasi ham urchuq yigirishni yaxshi bilar, bilmaganlari no‘noq hisoblanardi. Onam va ammamdan ko‘rib men ham bu hunarga qiziqdim.
O‘rta maktabni tugatib, o‘qishga kira olmadim. Otam sopoldan urchuqboshi yasab berdilar. Qishi bilan shu urchuqda ikkita gilam uchun ip yigirib qo‘yibman. Birinchi to‘qigan gilamchamni akamga sovg‘a qilganman.
Urchuqda yigirilgan ipning mustahkamligi yigiruvchining mahoratiga bog‘liq. Iplar ingichka yigirilib, ikki qavat o‘ralib, pishitib to‘qilsa, mahsulot yengil, nafis va bir tekis bo‘lib chiqadi.
Bugun zamonaviy asbob-uskunalarda yigirilgan ipda to‘qilayotgan gilamlarning turi ko‘p. Biroq urchuq ipdan to‘qilgan mahsulotlar o‘zining mustahkamligi va rangi uzoq vaqt o‘chmasligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy mexanik urchuqlar XVIII asrda sanoat rivojlanishi natijasida paydo bo‘lib, gilamchilik sohasining keskin rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu shiddatli jarayonlar qo‘l urchuqlarining ahamiyatiga putur yetkazgani yo‘q. Paxtadan to‘qilgan tabiiy julpatlarning naqshlariga qarab kishining zavqi oshadi. Men ham to‘qigan buyumlarimda milliylik, an’anaviylik va zamonaviylikni aks ettirishga harakat qilaman. Har bir ishimga o‘ziga xos ijodiy yondashib, tabiat go‘zalligini to‘qigan buyumlarimda aks ettirishga urinaman.
O‘zim uchun qadrli bo‘lgan oq toshdan yasalgan urchuqboshi otamning onasidan meros qolgan. Buvim uni onamga qoldirgan. Ana shu oilaviy merosni avaylab saqlayman.
Yangi oila qurgan kezlarimda turmush o‘rtog‘im Andijonda talaba edilar. Undan so‘ng harbiy xizmatga ketdilar. Yolg‘iz qolgan kunlarim urchuq yigirish bilan o‘zimni ovutardim. To‘qigan narsalarimni singillarimga, qayinsingillarga sovg‘a qilardim. Haligacha har bir ishimni o‘sha paytlardagiday zavq-shavq bilan bajaraman. Ayniqsa, qariyb 40 yil o‘qituvchilikdan nafaqaga chiqib, 2015-yili “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgach, ip yigirish va to‘qishga yanada jiddiyroq kirishdim.
Hozir ham yurtimizda bo‘ladigan turli festivallar, ko‘rgazmalarda o‘zim tikkan quroqlar, gilam va sholchalar bilan ishtirok etaman. Bekor o‘tirguncha bekor ishla, deb bejiz aytishmagan. Shu kasbning ortidan el-ulus orasida hurmat qozondim, ko‘plab shogirdlar ham tayyorladim.
Ishqilib, hayotim davomida nimagaki erishgan bo‘lsam, urchuq yigirish ortidan deb bilaman. Shu hunar bilan el kezib, dunyo ko‘rdim. Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada Buyuk Britaniyaning Kembrij shahridan kelgan tadbirkor Muhammad Abdulaziz al-Marg‘ub ishlarim bilan tanishgach, men to‘qigan poyondoz, sholcha va gilamlarni sotib olish uchun shartnoma tuzgan edi. Endilikda to‘qigan gilamlarim Yevropada ham sotilmoqda.
Bu hunar momolarimizdan meros. Har bir ish nihoyasiga yetganda uning zavqini hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Yozuvchi-shoirlar yaxshi asar yaratganida qanchalik xursand bo‘lsa, zavqqa to‘lsa, men ham ulardan kam quvonmayman. Yana urchuq yigirib, bundan-da go‘zal va bejirim buyumlar to‘qishga harakat qilaman.
Hozir yurtimizda moddiy va nomoddiy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ishlarga hamohang tarzda har birimiz milliy hunarmandchilik sohasida munosib shogirdlar yetishtirsak, boqiy an’analarimiz, moddiy va ma’naviy merosimizni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Mana shu yo‘lda mening ham ozmi-ko‘pmi hissam borligidan doim faxrlanib yuraman.
Bahrom BOYMURODOV oqqa ko‘chirdi.
“Jadid” gazetasi 2024-yil 10-may 20-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
602
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600
