Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.05.2024 | 06:24

img814

26-MAY – TILAK JO‘RA TUG‘ILGAN KUN

Adabiyotshunos, tarjimon va shoir Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir “Rayhon”, “Olam ostonasi”, “Yulduzlar tabassumi”, “Chorrahadagi uy”, “Sanduvoch”, “Ruhiyat” she’riy to‘plamlari, tarjima ishiga oid “Tarjima san’ati” va adabiyotshunoslikka oid “Nozim Hikmat va O‘zbekiston”, “Hozirgi turk sheʼriyati” kabi bir qator kitoblari bilan o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan. Tarjimon sifatida turk tilidan Nozim Hikmatning “Dog‘larja” sheʼrlar to‘plamini, shuningdek, arman, ozarbayjon, tatar va boshqa bir qator xalqlarning taniqli shoirlarining sheʼrlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

* * *

Dunyoning derazasi ochiq:
oftobga,
oyga,
yulduzga,
yurakka,
Oftob – uyg’otar dunyoni.
Oy – yoritar.
Yulduz — dunyo devorida bir surat.

Yurak-chi?
Yurak —
oftobni,
oyni,
yulduzni
o’g’irlamoq istab,
deraza oldida turibdi… titrab.

1977

* * *

Qizil gulday tutay senga o’zimni,
Yuragingni olganday olgin quchoqlab!
Sayyotimning* moviy siynasida uchayotgan
momiq kapalaklarday erkala!

Men,
bir tola maysa bo’lib o’smoq istayman, sevgilim,
Sho’rxok yerday to’zg’ib yotgan miyangda,
bir dona shabnamni erkalamoq uchun…

Hech bo’lmasa,
Bir lahza,
Farididdin Attor aytganday,
Gavdam bilan yopmoq istayman,
do’zax darvozasini!

Mening bu xayollarimdan
kimdir kular,
kimdir yig’lar.
Meni bu dunyoda ,
kuldirganlar ko’p,
yig’latganlar ko’p,
Ammo
o’ldirgan bitta:
o’z umidim,
o’z umrim!

Hech bo’lmasa,
bir lahza,
sening kulishing uchun,
sening yig’lashing uchun,
Sevinch
hasrat bo’lib, o’lmoqni istayman!

1979

*Sayyot- shoir tug’ilgan qishloqning nomi

SEVINCH

Olisdan keldim:
na otda,
na piyoda.
Keldim:
lablaringga qo’nib,
ko’zlaringga qo’nib,
yonog’ingda yongani
ziyoda

1978

SARATON

Chaylaga osig’liq chakki xaltadan
Chak-chak tomadi
Sarg’ish tomchilar.

Chaylaga suyangan katda
Chol mudrar
Sochiq-la havoni yelpib.

Butun poliz mudrar, —
Itning qulog’iday
Palaklarning bargi osilgan…

1980

* * *

Yomg’irday shovillab yog’arman hali,
Daryo mavjlariga qo’shilmoq uchun!
Tugamay umrimning so’nggi g’azali,
Ipakday yo’lingda eshilmoq uchun!

Yomg’irday shovillab yog’arman hali…

1978

MASHRAB

Ko’kka qarab qo’lin siltadi,
Yerga qarab silkdi etagin.
Ikkisin ham ko’zga berkitdi,
U — dunyo deb bildi yuragin..

NOZIM HIKMAT SO’ZI

Orzu bilan otadi har tong,
Qayg’um bilan cho’kadi har shom.
Orzularim suronidan,
Qayg’ularim bo’ronidan.

Ona Yerning ostonasiga
Osmon bo’lib yorildim.
Kelajakning neshonasiga
Imon bo’lib yozildim…

Orzu bilan otadi har tong,
Qayg’um bilan cho’kadi har shom.

1975

YOZ KECHASI

Sevgilim,
Sening zarhal tarog’ingmi
Oyning yangi o’rog’i?
Bu kech u
To’lqinlarga
Qoqila-qoqila
Ishqimizni
Ko’zlarga,
So’zlarga,
Daryolarga,
Dengizlarga
Chiroq qilib yoqadi.

Oyning yangi o’rog’i…

1975

VISOL

U qushga o’xshaydi,
YO tushga –
Mening bag’rimda kechadi,
Olis osmonimda
Qushday uchadi!

U qushga o’xshaydi,
YO tushga?!
U – buyuk sharpadir.
Sendan qochadi u,
Mendan kechadi…

1980

UMAR XAYYOM

Umridan to’rt qibla yaratdi,
To’rt ustun ko’tardi ro’yi jahona.
Kimni kuldirdi-yu kimni yig’latdi
To’rt ufqli kichik mayxona.

1977

OZODLIK

Pol Elyuarga

Qorong’u kulbada
Nish urgan maysa,
Somonday sarg’ayib,
Titrab,
Yugurib bormoqda
Vassa ostidagi
Tuynukka qarab…

1980

ONA NIYATI

Ot choptirib chiqding uyingdan,
Ot choptirib qaytgin, ilohim!
Qo’lingdagi jiloving kabi
Erking bo’lsin o’zingda doim.

Mayli, meni o’ylama, bolam,
Topganingni sarf qil o’zingga.
Lek birovga bo’lmagin qaram,
Nam tegmasin sira tizingga.

Ulg’aytirdim polvonim deya,
Toliqqanda darmonim deya.
Shamol kabi yelib borasan,
Olisdagi osmonim deya.

Osmoningni olib qayt, bolam,
Qolib ketma osmon vaslida.
Otang qurgan bu kichik hujra
Osmondan ham kengdir aslida.

Ot choptirib chikding uyingdan,
Ot choptirib qaytgin, ilohim!
Qo’lingdagi jiloving kabi
Erking bo’lsin o’zingda doim.

* * *

Kel, ey, ko’ngil, sharobday quyil
Qaqrab qolgan qaqroq labimga.
Mast bo’layin, mayliga butkul,
Malham bo’lsang sog’inch dardimga.

Tuyg’ulardan ko’zim qamashib,
Uzoq yillar kuyladim oyni.
Ilon kabi ul ham chirmashib,
Tuyg’ularday avradi meni.

Oy ham bugun begona menga,
Begonadir osmon ham axir.
Umidimday suyandim tongta,
Bu tonglarki, yilt etgan shamshir.

Mast aylardi shudgorning hidi,
Zamin bugun dimiqib yotar.
Chigirtkalar sasi ham tindi,
Sukut yuragimga nashtarday botar.

Umr o’xshar egik daraxtga,
Belin bukar buyuk bir sog’inch!
Men hushimda o’xshab karaxtga,
Tushlarimda yashayman notinch.

Shovullagan soyni kuyladim,
Oqizdirmas hatto soyamni.
Men hamisha baxtni o’yladim,
Chaqmoqlarga sanchib miyamni.

Yo’q! Tugamas ko’ngil safari,
Bo’lmasa ham armonning vasli.
Bo’l hayotning g’olib askari,
Qalbim sendan topdim tasalli!

Kel, ey, ko’ngil, sharobday quyil
Qaqrab qolgan qaqroq labimga.
Mast bo’layin, mayliga butkul,
Malham bo’lsang sog’inch dardimga.

RUHIYAT

Bir yalanglik bo’lsa,
To’yib-to’yib baqirsang,
So’nib qolgan ruhingni
Qalqib-qalqib chaqirsang!..

Titrasa tovushingdan
Dimiqqan bag’ring, tanang,
Sochilib dil g’ubori
Qoyadagi maysaday
Silkinib tursa shonang.

Oh, desang, ohlar desang,
Bu qanday chog’lar desang,
Yelkamni tog’day bosgan
Bu qanday dog’lar desang!

Qo’l butun, oyoq butun,
Dil nechun og’lar desang,
Bu qanday imkon, oxir!
Qo’llarim bog’lar desang,

Bu umid qanday umid,
Dilda jon saqlar desang!
Oh ursang, ohlar desang,
Bu qanday zamon, oxir!
To’yib-to’yib baqirmoq,
Yonib-yonib chaqirmoq
Endi bir armon desang.

Bir yalanglik bo’lsa,
Aytib-aytib shularni,
Uchirib
Gala-gala qushlarni
To’yib-to’yib baqirsang,
Kuyib-kuyib chaqirsang?!

* * *

Bu elga g’am emas, yomg’irlar yog’sin,
Bahor yomg’irlari, kuz yomg’irlari,
Sevinch yomg’irlari, ishonch yomg’irlari,
Yog’sin-ey, mayliga, sog’inch yomg’irlari,
Sog’inib-sog’inib kelgan bu elga,
Suyanib-surinib kelgan bu elga,
So’kilib-sovrilib kelgan bu elga,
Suqlanib-sarg’ayib kelgan bu elga,
Yog’sin-ey, mayliga quvonchlar yog’sin.

Borini berib ham, bo’htonlar olgan,
Zorini aytib ham, zorlanib qolgan,
Somonday sarg’ayib, har yon sochilib,
Tola-tola bo’lib, toliqib tolgan
Bu elga quvonchlar, ishonchlar yog’sin!
Bu qanday zamondur, bu qanday davron,
Umrim, o’z holingga o’zingsan hayron,
Ne xatolar qilding, aytsang-chi, axir,
Ko’ngil-da vayrondir, imon-da vayron.

Sarg’aygan qamishday sarg’aygan go’dak,
Sendan qadrlimi bir dona ko’sak?
Dardim daryo bo’lib oqizmas meni,
Yelkamda ko’tarib ketsam men seni.
Seni qanday asray, ko’zi qaroliq,
Qo’llarim cho’zarman, qo’llarim bog’liq,
Bu dunyo gumrohdir, gumroh odamlar,
Jilmayib boqarlar, yuraklar dog’liq!

Ko’klikdan ko’karmay, sarg’aygan sohil,
Ummoning qaydadir, gumoning qayda,
Seni ham kul qildi, kul bo’lgan hosil,
To’foning qayda hey, suroning qayda?!
Oh urib, ohimni men kimga aytay,
Qani, u tush bo’lsa, jimgina yotay.
Lek, ruhim tirmalib, sanchilar sanchiq,
Qarog’im qichqirsa, men qanday yotay!

Bu elga g’am emas, yomg’irlar yog’sin,
Bahor yomg’irlari, kuz yomg’irlari.
Bahorday borliqni quvonchga qorsin,
O’zlik yomg’irlari, o’z yomg’irlari…


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img107

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139