Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.06.2024 | 08:05

img511

5-IYUN – FEDERIKO GARSIA LORKA TUG‘ILGAN KUN

Ispan shoiri va dramaturgi Federiko Garsia Lorka “Qo‘shiqlar”, “Lo‘lilar romanserosi” kabi asarlarida og‘ir va fojiali voqea-hodisalarni boshidan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga hamdo‘stlik va xayrixohlik tuyg‘ularni kuchli va yorqin ifoda etgan. “Shoir Nyu-Yorkda” she’rlar to‘plami, “Ajoyib kavushdo‘z ayol”, “Qonli to‘y” qahramonlik dramasida oddiy kishilarning zolimlar zulmiga qarshi nafrati ifodalangan. Shoirning “Ispan jandarmlari haqida romans”, “Gitara”, “Teatr haqida so‘z”, “Chorraha”, “Chavandoz qo‘shig‘i” va boshqa asarlari o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

SHOIR SEVGILISIDAN MAKTUB YOZISHNI SO‘RAYDI

Tirik o‘lim kabi teran muhabbat,
bir og‘iz so‘zingiz kutdim behuda,
chechak-da so‘lmishdir, o‘zimni faqat
yo‘qotib yashamoq mushkuldir juda.

Faqat havo o‘lmas. Tosh esa g‘ofil,
yog‘du va zulmatni farqlamaydi, bas,
qiynalgan yurakka oylardan oqib
kelguvchi muz kabi asal kerakmas.

Men seni yo‘qotdim. Ochdim qonimni,
yo‘lbarsu kabutar, nozik belingda
oq binafsha bilan ilon olishar.

To‘ldir so‘zlaring-la junun komini
yo yashay ohista orom yelida
mangu zulmat uchun ruhning shomida.

Federiko Garsia Lorka
Shavkat Rahmon tarjimasi


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132