Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


08.07.2024 | 13:58

img370

Fransiyadagi soʻllar islomofobiyaga qarshi kurashib, Falastinni tan olishni vaʼda qilmoqda

Fransiyadagi parlament saylovlarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan soʻl partiyalarning “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon Milliy kengashga saylovning dastlabki yakunlari eʼlon qilinganidan soʻng Falastin davlatchiligini tan olish zaruriyati haqida gapirdi.


“Bizda Yangi xalq frontidan bosh vazir saylanadi. Koʻp narsalarni farmon bilan hal qila boshlaymiz. Xalqaro darajada Falastin davlatini tan olish boʻyicha kelishishimiz zarur boʻladi”, – degan Melanshon.

U shuningdek, mamlakatda oʻzgarishlar zaruriyati haqida ham gap ochgan.

“Fransiya albatta erkaklar shovinizmi, irqchilik, islomofobiya, antisemitizm va har qanday dinga nisbatan nafrat sahifasini yopgan yangi Fransiyaga aylanishi kerak”, – degan soʻl koalitsiya yetakchisi.

Eslatib oʻtamiz, kecha yakshanba kuni Fransiya parlamentiga oʻtgan saylovlarning ikkinchi turida “Yangi xalq fronti” koalitsiyasiga birlashgan soʻllar gʻolib chiqishdi. Ikkinchi oʻrinda — amaldagi prezident Emmanuel Makronning “Birgalikda respublika uchun” markazchi koalitsiyasi. Ular 168 ta oʻringa ega boʻlishmoqda. Oʻngchilar Marin Le Pen va Jordan Bardellaning “Milliy uyushma” partiyasi 143 ta joy oladigan boʻldi. Qolgan mandatlarni mustaqil deputatlar va kichik partiyalar vakillari boʻlib olishgan.

Shunday qilib, birorta partiya 577 kishilik yangi parlamentda koʻpchilik joyga ega boʻlish imkonini beradigan 289 ta joy uchun ovoz toʻplay olmadi. “Yangi xalq fronti” yetakchilaridan biri Jan-Lyuk Melanshon allaqachon oʻng partiyalar yoki Makronning markazchilar bloki bilan koalitsiya tuzish imkoniyatini rad etib boʻlgan. “Milliy uyushma”dan Le Pen ham shunday bayonot bilan chiqish qildi.

Makronning bloki koʻpchilik ovozni toʻplay olmagach, Fransiya bosh vaziri, Gabriel Attal 8-iyuldan isteʼfoga chiqishini aytdi. Lekin u yangi hukumat tuzilgunga qadar oʻz lavozimini bajarib turishini qayd etdi.

35 yoshli Attal Fransiya tarixidagi eng yosh bosh vazir hisoblanadi. Bu lavozimga u shu yilning yanvar oyida kirishgan edi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img168

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img157

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img361