Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.07.2024 | 10:17

img1728

Bogʻchalarda jismoniy tarbiya va musiqadan dars beruvchilarning maoshi oshmagani sababi aytildi

2024-yil 1-iyundan oliy maʼlumotli bogʻcha pedagoglarining maoshi oshgandi, ammo bu hammaga ham tatbiq etilmadi.

Kun.uz nashrining yozishicha, 2023-yil 26-martda prezident imzolagan 79-sonli farmon bilan shu yil 1-iyundan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirilishi belgilangan.

Biroq davlat bogʻchalarida bolalarga jismoniy tarbiya va musiqa fanidan dars beruvchi kadrlarning maoshi koʻtarilmagan. Nashrga kelib tushgan murojaatlarga koʻra, oliy maʼlumotli, 1,25 stavkada ishlovchi jismoniy tarbiya murabbiyi 1 mln 720 ming soʻm oylik oladi. Oliy maʼlumotli, ammo 1 stavka ishlovchilar esa 1 mln 587 ming soʻm maosh olishi maʼlum qilindi.

“99-sonli buyruq boʻyicha biz ish hujjatlarini yuritamiz, hamma oʻqituvchilar hamkorlikda ishlamaydi. Tarbiyachi bolalarini bizga tashlab gruppaga kochib ketadi, 30 daqiqa davomida 35 nafar bola bilan bitta jismoniy tarbiya oʻqituvchisi dars oʻ‌tadi. Tarbiyachi yoki tarbiyachi yordamchisi bizga yordam bermaydi. Biz ham tarbiyachilar singari malaka oshiramiz, toifalarga topshiramiz. Pedagog vazifasini bajaramiz. Lekin hammaniki oshib, bizning oyligimiz oshmaydi. Nega?” – deydi u.

Chilonzor tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birida ishlovchi yana bir jismoniy tarbiya ustozlaridan biri 1,5 stavkada ishlaydi, oliy maʼlumotli, 1-toifaga ega. U 2 mln 400 ming soʻm oladi.

“Prezidentimiz qarorlari toʻlaqonli bajarilishini va oliy maʼlumotli, toifalari bor jismoniy tarbiya yoʻriqchilarining maoshlari boshqa pedagoglar qatori oshirilishini talab qilamiz”, – deydi murojaat qilgan xodim.

Maʼlumotga koʻra, bogʻchaning oʻrta maxsus taʼlimga ega jismoniy tarbiya yoʻriqchisi va musiqa rahbari 1 mln 443 ming 427 soʻm, oliy maʼlumotlisi 1 mln 587 ming 278 soʻm, 1-toifalisi 1 mln 897 ming 67 soʻm hamda 1 mln 62 ming 161 soʻm maosh olishi belgilangan.

Vazirlik izohi

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy izoh bildirishicha, bogʻchada ishlovchi jismoniy tarbiya yoʻriqchisi hamda musiqa rahbari pedagog toifasiga kirmagani sabab ularning maoshi oshmagan.

“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 3-bandida pedagog xodimlar — xalq taʼlimi tashkilotlarida taʼlim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi oʻqituvchi va tarbiyachilar ekani koʻrsatib oʻtilgan.

Shunga koʻra, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlari tarbiyachi, tayyorgarlik guruhi tarbiyachisi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped hamda til oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari tegishli pedagog xodimlari oʻqituvchi va tarbiyachilari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirilgan”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilovning aytishicha, jismoniy tarbiya va musiqa xodimlari uchun oʻrta-maxsus taʼlim darajasi lavozim malaka talablari sifatida belgilangan, aksariyat bogʻchalarda bu lavozimlarda oʻrta-maxsus diplomga ega xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Respublikada jami 11 ming 50 nafar musiqa rahbari, 6 ming 821 nafar jismoniy tarbiya yoʻriqchisi bor. Shularning mos ravishda 2 ming 543 nafari hamda 1 ming 819 nafari oliy maʼlumotli. Qolgani oʻrta maxsus sanaladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img174

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img159

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img365