09.07.2024 | 15:03
401
Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi to‘xtatildi
Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi, deya ma’lum qildi 9-iyul kuni YIning Gruziyadagi elchisi Pavel Gerchinskiy.

“Afsuski, ayni paytda Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayoni to‘xtatildi. Bu haqiqatan ham qayg‘uli va hafsalani pir qiladi. Umid qilamanki, Gruziyada saylovlar o‘tgach, oktabr oyidan so‘ng, yangi hukumat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lida yana jiddiy ishlarni boshlaydi”, — dedi u.
Elchining so’zlariga ko’ra, Yevropa Ittifoqi yetakchilari 27-iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Gruziyaning qo‘shilish jarayonini to‘xtatishga qaror qilgan.
Qarorda aytilishicha, Yevropa kengashi “Gruziyadagi yaqinda ro‘y bergan voqealar, xususan, “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan jiddiy xavotir bildiradi, bu komissiyaning nomzod maqomini berish to‘g‘risidagi tavsiyasida ko‘rsatilgan qadamlardan chekinishdir”.
“Yevropa kengashi Gruziya rasmiylarini o‘z niyatlarini aniqlashtirishga va Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lini xavf ostiga qo‘yadigan va de fakto a’zo bo‘lish jarayonini to‘xtatadigan hozirgi harakat yo‘nalishini bekor qilishga chaqiradi”, — deyilgan qarorda.
Yevropa kengashi, shuningdek, Gruziya hukumatini “fuqarolik jamiyati vakillari, siyosiy yetakchilar, fuqarolik faollari va jurnalistlarga qarshi kuchayib borayotgan qo‘rqitish, tahdid va jismoniy hujumlarga chek qo‘yishga”, Tbilisini bo‘lsa “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirgan.
Qarorda qayd etilishicha, Yevropa kengashi “Gruziyaning hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi”, shuningdek, “gruzin xalqi bilan sobit birdamligini va gruzinlarni Yevropa kelajagi yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini e’lon qiladi”.
Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi elchisi jurnalistlarga “xorijiy agentlar” to‘g‘risida qabul qilingan qonundan tashqari, “G‘arbga qarshi, Yevropaga qarshi ritorika Gruziyaning YeIga qo‘shilish maqsadiga mutlaqo mos kelmaydi”, dedi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
61
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



