10.07.2024 | 14:22
379
ATAMALAR SHARHI

KOPIRAYTER – so‘z sehri imkoniyatlaridan mohirona foydalana oluvchi va matn orqali biror kompaniya yoki mahsulotning xaridorgir bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi, ta’sir kuchi yuqori sotuv matnlari yozib, daromad topuvchi mutaxassis.

PODKAST – video yoki audio shakldagi, turli mavzular tahliliga bag‘ishlangan, shuningdek, biror soha vakili va aksincha turli soha mutaxassislari bilan bir mavzu doirasida qurilgan suhbat ko‘rinishidagi media mahsulot. Uni iste’molchi o‘ziga qulay vaqtda ko‘rishi, tinglashi mumkin.

KOVORKING – o‘zining ish joyi mavjud bo‘lmagan masofadan ishlovchi – frilanserlar, qolaversa, ofis qilishga qurbi yetmagan boshqa yosh ishbilarmon tadbirkorlar o‘z ishini bajarishi uchun qulay bo‘lgan umumiy joy. Bu yerda hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish ham mumkin.

KOUCH – turli sohalarda mutaxassislar tomonidan auditoriyadagilarning malakasini oshirishga yoki oldinga qo‘yilgan biror maqsadga erishish uchun yo‘nalish ko‘rsatishga qaratilgan mashg‘ulotlarni olib boruvchi shaxs. Bu turdagi mutaxassislar o‘rganuvchilar bilan individual yoki jamoaviy shaklda shug‘ullanishadi.

Gazetxonlarimizda mazkur so‘zlarning o‘zbekcha muqobiliga taklif bo‘lsa, telegram orqali @jadidgamurojaat_bot manziliga yuborishlarini so‘raymiz.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
605
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
603



