15.07.2024 | 15:35
360
O‘zbekistonning ekologik barqaror shaharlari reytingi e’lon qilindi
O‘zbekistonning 14 ta ma’muriy markazini qamrab olgan ekologik reyting tuzildi. Shaharlar 100 balli tizimda baholangan. Namangan shahri 62 ball bilan mamlakatdagi eng yashil shahar bo‘ldi.

Reyting 7 guruh ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi: havo sifati, yerdan foydalanish, suv iste’moli, transport, energiya, chiqindilar va sanitariya.
Reytingning keyingi o‘rinlarida Samarqand 61,13 ball va Navoiy shahri 59,5 ball bilan mos ravishda 2- va 3-o‘rinlarni egalladi.
Boshqa natijalar
Havo sifati bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinni Samarqand hamda Urganch shaharlari egallagan. Eng yomon havo esa Termiz shahrida.
Yerdan foydalanishda Samarqand, Qarshi va Namangan shaharlari eng yuqori ball to‘plagan. Eng past ko‘rsatkich Nukus va Navoiy shaharlariga tegishli.
Transport sohasida Andijon, Qarshi va Nukus shaharlari yuqori o‘rinda qayd etildi, Toshkent shahri transport eng yomon tashkillashtirilgan shahar deb topildi.
Suvga oid reytingda Termiz, Andijon va Namangan shaharlari yuqori, Guliston, Farg‘ona va Qarshi esa past natija ko‘rsatgan.
Chiqindilarni yig‘ish, ko‘mish va ularni qayta ishlash sohalarida esa Nukus shahri eng yaxshisi deb topilgan. Eng yomon ahvol Buxoro shahrida.
Sanitariya yo‘nalishida poytaxt eng yuqori o‘rinni egallagan, keyingi o‘rinlar mos ravishda Navoiy va Jizzax shaharlariga to‘g‘ri keldi.
Energiya sohasida Navoiy, Buxoro va Termiz yuqori, Nurafshon shahri esa eng yomon natija qayd etgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
58
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321


