Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.07.2024 | 17:17

img312

ILTIMOS…

Har safar qishloqqa kelganimda, ko‘plab maqsadsiz yashayotgan odamlarni ko‘raman.

Yillab musofir yurtda qulday ishlab qaytgach, magazin va oshxonalarga ko‘rpa-yos­tiq qilib yotvolib, so‘nggi tiyini qolguncha, ba’zi ashaddiylari esa millionlab qarzga botib, shi­sha­ni ko‘taradigan odamlarni ko‘raman.

Xudodan tilab olgan dilbandining kitobini, kiyar kiyimini, rizqini “xarobot ahli”g‘a ichirib, gazak qila­yot­gan hayfi otalarni ko‘raman.

Kechasi yarim tungacha ichib, oyoq va tildan qolgach xotini va bolasi yetaklab ketayotgan “tetapoya”larni ko‘raman.

…Do‘stim, sening ham maqsadlaring ulkan edi. Sen maktabda hammamizdan ikki barobar kuchli eding. Matematikada sendan ko‘chirib, “5” olardim. Hisob-kitoblarda beqiyos eding. Bugun qay­sidir bir burchakda xo‘jayining beradigan kunlik choycha­qaning hisobini chiqarolmay o‘tiribsan.

…Fizika darsida o‘zi uchadigan uchoq yasab kelganing, butun maktabni lol qoldirganing esimda. Kosmosga ucha oladigan layoqating bor edi.

Bugun qaysidir bir Xudo qarg‘agan joyda samagon ichib, “uchib” yotgandirsan…

Kimyoda birinchi bo‘lib Mendeleyev jadvalini yod olganing, molekulyar massalarni ko‘zingni yumib sharhlab berganing kechagidek ko‘z o‘ngim­da.

Esla, do‘stim, bolaligingda dadang senga qaysi muhim gapni uqtirmagan edi?! O‘sha aytilmagan so‘zni esla…

Iltimos, o‘sha gapni bolangga ayt!

Doston RAHMAT

Facebook


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600