15.07.2024 | 17:34
612
MEN KO‘RGAN BIR TARIX KITOBI
Bundan ko‘p yillar avval, yanglishmasam, o‘tgan asrning 80-yillari qandaydir ish bilan Toshkentdagi bir shifoxonaga borib qoldim. Shifokor qabulida uzundan uzun navbat kutayotgan odamlar orasida o‘ttiz yoshlar chamasidagi horg‘in, eti suyagiga yopishgan, rangpar ayol bilan izma-iz navbatda turdik.

Olis qishloqdan shaharga najot izlab kelgan bu ayol o‘ng qo‘lida kasalmand bolasini, chap qo‘lida bir jild kitob hajmidagi qalin sarg‘ish daftarni mahkam ushlab turardi. Bola har nafasida bir ingranar edi.
– O‘g‘ilmi, qizmi? – degan so‘rog‘imga ayol zo‘rg‘a:
– O‘g‘il, – deb javob berdi.
– Bolaga nima bo‘lgan?
– So‘ramang, – dedi ayol yig‘lamsirab, – kasali bitta emas, ko‘p… Buyrak, o‘pka, yurak, jigar, bosh, hammasidan ulushimiz bor. Ko‘rsatmagan joyimiz qolmadi. O‘zi endi ikki yoshdan oshdi. Lekin shuncha kasallik… Mana bu yerda yozilgan hammasi.
Ayol chap qo‘lidagi “kitob”ning yuzini ko‘rsatdi. Bu qalin kitob yuziga katta qilib bosma harflarda “История болезни” – “Kasalliklar tarixi daftarchasi” deb yozilgan, pastrog‘ida qo‘lyozmada kichik harflarda bolaning ism-familiyasi qoralangan edi.
Ayol bilan yana ozroq gurunglashib, go‘dakning otasi paxta dalasida zaharli ximikatlar bilan ishlashini, xotin ham eriga ko‘makchi ekanini bilib oldim.
Men alam bilan ona-bolaga qaradim. Endi ikki yoshdan oshgan bolaning “Kasalliklar tarixi daftarchasi” bir jild kitobday kelardi. Qayg‘u kitobiday…
O‘sha vaqtlar olti million tonna paxta yetkazib berish evaziga onalar ko‘ksidagi sut buzilgan, bolalar esa “Butifos”, “Dost” kabi ximikatlardan qonigacha zaharlanib bo‘lgan edi. Sut va qon buzilishi misli ko‘rilmagan milliy fojia edi.
Men saksoninchi yillardagi maktabda o‘qitiladigan “O‘zbekiston SSR tarixi” darslik kitobini ko‘rganman. O‘qiganman ham. Gap shundaki, o‘sha “O‘zbekiston SSR tarixi” kitobidan ko‘ra, men ko‘rgan ikki yashar bolaning “Kasalliklar tarixi” kitobi hajman ikki-uch baravar kattaroq edi.
Keyinroq o‘sha voqeadan ta’sirlanib “Butifos” degan she’r yozgan edim:
Endi ikki yoshga to‘lgan bolaning
“Kasalliklar tarixi daftarchasi” bor.
Varaqlari qavat-qavat daftarchasi bor,
Og‘riqlari savat-savat daftarchasi bor.
Og‘rinib chayqalar oltin beshiklar,
Mung‘ayar qovushgan oshiq-ma’shuqlar.
Og‘ir-og‘ir toshlari bor daftarchasi bor,
Qanoti yo‘q qushlari bor daftarchasi bor.
Bir boshni silashga daholar qo‘lsiz,
Bir so‘zni aytishga sinolar tilsiz.
Kul sepilgan yo‘llari bor daftarchasi bor,
Pushti kuygan gullari bor daftarchasi bor.
Har gal mustaqillik va ozodlikning mohiyati haqida gap ketganda, negadir o‘sha “qayg‘u kitobi” ko‘z oldimga kelaveradi.
Eshqobil SHUKUR
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



