Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.07.2024 | 08:32

img918

16-IYUL – OMON MUXTOR TAVALLUD TOPGAN KUN

Shoir va nosir Omon Muxtor 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, O‘zbekiston radio va televideniye Davlat Qo‘mitasi, «O‘zbekfilm» hamda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Uning ijodi garchi 50-yillarning oxirlaridan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi “Chorlar quyoshli yo‘llar” she’riy to‘plami 1966-yilda chop etiladi. Shundan so‘ng u shoir, hikoyanavis, qissanavis, romannavis sifatida yigirmadan ortiq kitob nashr ettirdi. Jumladan, “Nigoh”, “Qushlar va tushlar”, “Shaharlik kelinchak”, “Hayot darvozasi”, “Buxorolik donishmand”, “Bolalikka sayohat” kabi hikoyalar to‘plamlari, shuningdek, “Uchqur poyezdlar”, “Vazifa” kabi hikoyalar, qissalar majmuasini chop ettirdi. U ayni chog‘da “Yillar shamoli”, “Egilgan bosh”, “Ming bir qiyofa” kabi romanlarini yaratdi. Shuningdek, “Ohang”, “Yog‘du”, “Marvarid”, “Shiddat” kabi she’riy to‘plamlar ham Omon Muxtor qalamiga mansub.

Omon Muxtor so‘nggi yillarda “Ming yildan so‘ng”, “Ming bir qiyofa”, “O‘lmagan jon”, “Ko‘zgu oldidagi odam” kabi hikoya, qissa va romanlarni ham yaratdi.

Uning “Tepalikdagi odam”, “Ming bir qiyofa”, “Ko‘zgu oldidagi odam” romanlari yaxlit holda “To‘rt tomon qibla” trilogiyasini tashkil etgan. Yana “Ffu”, “Ayollar mamlakati va saltanati”, “Aflotun” romanlari ham chop etilgan.

Uning “To‘rt tomon qibla” trilogiyasi yangicha uslubda yozilgan bo‘lib, kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan.

Ayni chog‘da u bolalar uchun “Buvim ertak aytadi”, “Kunlardan bir kun”, “Ming yildan so‘ng” kabi she’r, ertak va hikoyalar to‘plamlarini ham yozgan. Omon Muxtor “Egilgan bosh” romani uchun 1990 yilgi Yozuvchilar uyushmasining yillik adabiy mukofotiga sazovor bo‘lgan. Adib tavalludining ellik yilligida (1991) unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berilgan.

Pesalari Xorazm teatrida sahnalashtirilgan (“Bosh masala” va boshqa). O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2009), «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997). 2013-yil 10-may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img105

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139