16.07.2024 | 13:52
249
Tadbirkorlar jamoat joylari va ijtimoiy obyektlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadi
Sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etiladigan joylarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz
“Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan jamoat joylari, ijtimoiy obyektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2024 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat joylari, ijtimoiy obektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish huquqi berilgan.
Sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etiladigan joylarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, E-auksion elektron savdo platformasida elektron savdo maydonchasi orqali tanlov o‘tkazadilar va elektron tanlov g‘olibi bilan sanitariya-gigiyena shoxobchalarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzadilar.
Bunda:
– tuman (shahar) hokimligi tomonidan jamoat sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini hamda mazkur hududdagi infratuzilma obyektlari va aholi harakati gavjumligi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ye-auksion tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boriladi;
– elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan aniqlanadi;
– elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylar ijara va mulk huquqi asosida ajratiladi.
Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari sanitariya-gigiyena shoxobchalarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq mezon va talablar asosida tashkil etadi.
Bunda, sanitariya-gigiyena shoxobchalarda, majburiy tartibda bolalar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning shoxobchaga qiyinchiliksiz kirib-chiqishi va ular uchun alohida sanitar-texnik uskunalar bilan jihozlangan kabinalar tashkil etish talab etiladi.
Belgilanishicha, sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarni:
– mulk huquqi yoki ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larning alohida hisobi yuritiladi va ushbu mablag‘larning 10 foizi mahalliy budjetga hamda 90 foizi hududlarda tozalikni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish va chiqindilar bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun Ekologiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
– ijara to‘lovi miqdori to‘lov amalga oshiriladigan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdorining hajmidan kelib chiqib (shartnomaga o‘zgartirish kiritilmasdan) hisoblanadi;
– sanitariya-gigiyena shoxobchalarini obodonlashtirish to‘g‘risidagi talablarni bajarmagan va kamchiliklarni bartaraf etmagan tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
61
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



