Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.07.2024 | 10:26

img576

Siyosiy qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha komissiya tuzildi

Har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi boʻladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod kishi qatagʻon siyosatining qurboni boʻlgan. Ularning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar quloq qilingan, surgunlarga joʻnatilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila aʼzolari boʻlgan.

2021–2024-yillar davomida Oliy sud tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatagʻon qyrbonlarining nomlari oqlandi. Mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash, tarixning nomaʼlum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur oʻrganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish, shu asosda yosh avlodning vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash maqsadida:

siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Komissiyaning asosiy vazifalari:

  • qatagʻon qyrboni boʻlgan shaxslarning hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularni nomma-nom aniqlash, tarixiy xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni toʻplash va tadqiq etish, ommalashtirish uchun ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish;
  • qatagʻon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, oʻsha davr voqealariga guvoh boʻlgan insonlarning xotiralarini yozib olish, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni toʻplash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi boʻlimlari hamda Jadidlar merosi davlat muzeyining mavzuga doir maʼlumotlar, ashyoviy dalil va hujjatlar, boshqa tegishli eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borilishini taʼminlash;
  • qatagʻon qilingan yurtdoshlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatni tiklash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” kitobini chop etish hamda ularning nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish ishlarini davom ettirish;
  • chet eldagi turli fondlar, arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, mavzuga oid ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
  • yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish.

Respublika komissiyasining ishchi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini oʻrganish instituti, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi masʼul xodimlari va yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh belgilandi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.

Qatagʻon qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining ibratli hayoti va faoliyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida yanada keng targʻib etish maqsadida:

  • “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi xalqimizning mustaqillikka erishish yoʻlidagi koʻp asrlik mardona kurashi, bu yoʻlda ciyosiy qatagʻonga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari, taʼlim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlarini tashkil etib boradi;
  • Madaniyat vazirligi davlat buyurtmasi asosida spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar yaratadi;
  • Yoshlar ishlari agentligi audiovizual mahsulotlar tayyorlab, ularni internet tarmogʻida ommalashtiradi, shuningdek, foydalanuvchilar oʻrtasida tyrli tanlov, musobaqa va aksiyalar oʻtkazadi;
  • Fanlar akademiyasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini koʻradi;
  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etadi;
  • Turizm qoʻmitasi qatagʻon qurbonlarining nomlari bilan bogʻliq muzey va obyektlarni sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish chora-tadbirlarini koʻradi.

“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img173

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img159

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img365