21.07.2024 | 19:38
7555
21-IYUL – IMOM AL-BUXORIY TAVALLUD TOPGAN KUN
Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) 810-yil 21-iyulda Buxoroda tug‘ilgan. Islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.

Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5–6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi.
Taniqli muhaddislar – al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi.
825-yili Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827-yili Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.
Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Holid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi va shu yerda vafot etadi.
Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Tijorat kilganda topgan daromadidan oyiga besh yuz dirhamdan faqir-u miskinlarga, ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan.
Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming “sahih” va 200 ming “g‘ayri sahih” hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.
Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” (“Ishonchli to‘plam”) deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991–96-yillarda 4 jildda nashr etildi.
Buxoriy yaratgan “Al-Adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990-yili Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan “Kitob al-kuna” (“Kunyalar haqida kitob”) 1940-yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning “At-Ta’rix al-kabiyr” (“Katta tarix”) kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek “At-ta’rix as-sag‘iyr“ (“Kichik tarix”) ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan “Kitob al-favoid” (“Foydali ashyolar haqida kitob”), “Al-Jomi’ al-kabiyr” (“Katta tayanch”), “Xalq af’ol al-ibod”, (“Alloh bandalari ishlarining tabiati”), “Al-Musnad al-kabiyr” (“Katta tayanch”), “At-tafsir al-kabiyr” (“Katta tafsir”), “Kitob al-hiba” (“Xayr-ehson haqida kitob”) va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida “Tafsir al-Qur’on” (“Qur’on tafsiri”) kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (s.a.v) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olim-u ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.
Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktyabrda Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi.
Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih”i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan.
Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 1995-yil 2 qismli film, 1998-yil “Hadis ilmining sultoni” 4 qismli kinoqissa yaratilgan.
870-yil 31-avgustda Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida vafot etgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136



