22.07.2024 | 12:20
280
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yangi rahbarining aholiga murojaati
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i etib tayinlagan Sherzod Ibragimov fuqarolarga murojaat qildi. U asosiy vazifalar ta’lim muassasalari oldi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsiz tizim yaratish, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi “murosasiz kurashish” va boshqalardan iborat bo‘lishini aytdi.

Murojaat matnini quyida toʻliq keltiramiz.
“Qadrli yurtdoshlar, hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari, barchamizga yaxshi maʼlumki, soʻnggi yillarda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson qadrini ulugʻlash tamoyili asosida koʻp millatli xalqimiz manfaatlariga ishonchli xizmat qilish bilan ifodalanadi.
Mamlakatimiz yoʻllarida uzogʻimizni yaqin qilayotgan transportlar soni va turi kundan kunga koʻpayib bormoqda. Bunday murakkab harakat jarayonidan koʻzlangan manzillarga eson-omon yetib borish har birimizdan, eng avvalo, tartibli harakat ishtirokchisi boʻlishni talab etadi.
Muhtaram prezidentimiz tomonidan avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish boʻyicha oldimizda yangi oʻzgarishlarni amalga oshirish yuzasidan ulkan vazifalar qoʻyilishi bilan bir qatorda yangi imkoniyat va sharoitlar ham yaratib berildi.
Bugun soha va davlat organlari zimmasiga qatʼiy masʼuliyatni belgilaydigan hamda sifat jihatdan yangi mexanizmlarni oʻrnatadigan joriy yil yanvar oyida imzolangan yoʻl harakati toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirish arafasidamiz.
Prezidentimiz tomonidan qonunlar qogʻozda emas, amalda qatʼiy bajarilishi, islohotlar har bir xonadon, har bir mahallaga kirib borishi, yurtdoshlarimiz ularning amaliy samarasini kundalik hayotida doimo his qilishi zarurligiga muhim eʼtibor qaratilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda ularning amaliyotga tatbiq qilinishini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati ishtirokchilarining piyoda, jamoat transporti, velotransport, avtotransport ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanishi uchun munosib shart sharoitlar yaratish yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilab olindi.
Haydovchilar va piyodalarda yoʻl harakati qoidalarini hurmat qilish va ularga soʻzsiz rioya etish madaniyatini yuksaltirish, aholida ularni buzmaslik immunitetini shakllantirish, avariyalarning asl omillarini ilmiy jihatdan oʻrganish va kompleks bartaraf etish, taʼlim muassasalari oldi, hodisalar oʻchoqlari va piyodalar oʻtish joylarida ishonchli xavfsiz tizimini yaratish, shuningdek, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi murosasiz kurashish bizning dolzarb vazifamizga aylanadi.
Bugungi kunda yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, eng asosiysi, bunda odamlarni oʻlim va jarohatlardan himoyalash talabi madaniyat, qatʼiy tartib va xavfsiz sharoitlar orqali bajariladi.
Hurmatli yurtdoshlar, fuqarolarning yoʻllardagi xavfsizligini taʼminlash avtohalokatlarning oldini olish barchamizning burchimizdir. Bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, yoʻl harakati qoidabuzarliklariga qarshi hamkorlikda kurashsak, xalqimizning, farzandlarimizning hayoti va sogʻligʻini saqlashga oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.
Siz yoʻllarda oʻz huquq va majburiyatlaringizni toʻliq ifoda qilish bilan nafaqat qonunga itoat qilishingizni bildirasiz, balki atrofdagilar uchun yoʻl harakati qoidalari targʻibotini ham amalga oshirgan boʻlasiz. Barchamiz yoʻl harakati qoidalariga toʻliq rioya qilsakkina, bizning avtomobil yoʻllarimiz xavfsiz boʻladi.
Hurmatli jurnalist va ommaviy axborot vositalari vakillari, sizlar bilan sohada olib borilayotgan islohotlar, yangilik va oʻzgarishlar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazishni rejalashtiryapmiz. Aniq vaqti va manzillari boʻyicha qoʻshimcha axborot beramiz. Hurmatli hamyurtlar, uydan chiqqan har qanday inson borki, qoidalarga amal qilib, oilasi bagʻriga sogʻ-salomat qaytishi nasib etsin. Bu xayrli ishga hammamiz oʻz hissamizni qoʻshaylik”.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
162
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
154
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



