24.07.2024 | 10:55
595
Samarqand davlat universitetiga 5 yulduzli universitet maqomi berildi
Samarqand davlat universiteti Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Quacquarelli Symonds (QS) Stars reytingida 5 yulduzli maqomni qoʻlga kiritdi.

QS kompaniyasi Samarqand davlat universiteti faoliyatini baholashni 2023-yil 1-noyabrda boshladi va natijalar 2024-yilda eʼlon qilindi. 8 faoliyat yoʻnalishi va 50 dan ortiq koʻrsatkich boʻyicha maʼlumotlar tahlil qilindi. Unga koʻra, universitet ishtirok etgan koʻrsatkichlar boʻyicha toʻplash mumkin boʻlgan maksimal 1000 balldan 780 ball toʻpladi (5 yulduzli universitet boʻlish uchun toʻplash lozim boʻlgan minimal koʻrsatkich 700 ball).
Taʼlim sifati kategoriyasi boʻyicha mavjud 4 koʻrsatkichning 3 tasi, jumladan, talabalarning taʼlim sifatidan va universitetda yaratilgan sharoitlardan qoniqish darajasi, bitiruvchilarning taʼlimni keyingi bosqichlarida davom ettirish koʻrsatkichlari boʻyicha maksimal ballni qoʻlga kiritgan.
QS tomonidan global miqyosda ish beruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijalariga koʻra, Samarqand davlat universiteti 158 nafar ish beruvchi tomonidan sifatli kadrlar yetkazib berishi eʼtirof etildi. Universitet bitiruvchilarining 90 foizdan ortigʻi oʻqishni tugatgandan keyin 24 oy ichida doimiy ishga joylashdi. Samarqand davlat universitetida “Karyera” markazi ishga joylashtirish xizmatlari tashkil etildi. Natijada bitiruvchilarning ishga joylashishi koʻrsatkichi doirasida ham 5 yulduzga ega boʻldi.
Soʻnggi yillarda SamDUda 20 ga yaqin qurilishlar: oʻquv binolari, talabalar turar joylari, sport inshootlari, ilmiy laboratoriyalar, IT markaz qad rostladi. Bu esa QS reyting agentligi tomonidan ham eʼtirof etildi. Universitetda yaratilgan qulayliklar kategoriyasi boʻyicha ham 5 yulduz bilan baholandi.
Tanlangan taʼlim yoʻnalishi kategoriyasida baholash uchun fizika taʼlim yoʻnalishi tanlangan edi. Fizika yoʻnalishida oʻqishga kirishda har bir oʻrin uchun 15,8 nafar abituriyent ariza topshirgani, talabalarning 94 foizi oʻz vaqtida oʻqishni tugatayotgani, 94,1 foizi esa taʼlim sifatidan mamnun ekani natijasida bu yoʻnalishda ham 5 yulduz qoʻlga kiritildi.
Reytingdagi yana bir muhim koʻrsatkichlardan biri bu ijtimoiy masʼuliyatdir. SamDU talabalarining 79 foizi samarqandlik ekani hududiy inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, SamDU tashabbusi bilan Nurobod va Qoʻshrabot tumanlarida 17 gektar bogʻ barpo etildi.
QS stars reyting tizimi universitetlarga xorijlik talabalarni muayyan ustuvor fan yoʻnalishlari boʻyicha jalb etishga yordam beradi.
Universitetdagi taʼlim sifatini QS kabi xalqaro miqyosda ishonchli tashkilot tomonidan tasdiqlanishi oʻz brendini rivojlantirish va bozor ehtiyojlariga mos keladigan akademik dasturlarni taklif qilish imkonini beradi.
Reyting qanday ishlaydi?
QS Stars tizimi oliy taʼlim muassasalarini global miqyosda baholovchi dunyoning 3 eng yirik reyting agentliklaridan biri boʻlgan Buyuk Britaniyaning QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2009-yilda universitetlarga oʻzlarining kuchli sohalarini targʻib qilish, zaif tomonlarini aniqlash va yaxshilashga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.
QS Stars reytingi universitetlarni 13 kategoriya boʻyicha: taʼlim sifati, bitiruvchilarning ishga joylashtirish, tadqiqot, xalqarolashtirish, akademik rivojlanish, qulayliklar, onlayn taʼlim, innovatsiyalar, sanʼat va madaniyat, inklyuzivlik, ijtimoiy masʼuliyat, atrof-muhitga taʼsir va tanlangan mutaxassislik mezonlariga asoslangan holda baholaydi. Mazkur reytingga kirish uchun universitetlar eng kamida yuqoridagi 8 yoʻnalishni tanlab maʼlumotlar taqdim etadi.
Reyting tizimining asosiy maqsadi boʻlajak talabalarga universitet tanlashda foydalanish uchun qoʻshimcha vosita berish, alohida muassasalar haqida chuqurroq maʼlumot berishga qaratilgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



