Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.07.2024 | 14:10

img375

SAN’ATDA ETIKA MASALASI

Facebookda bir videodan parcha ko‘rib qoldim. Sergelida uch farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlagan ayol voqeasi videofilm qilinibdi. Parchada aynan o‘sha bolalarni bitta-bitta derazadan uloqtirish sahnasi aks etgan.

 Dahshat! San’atda ham etika degan narsa bor. Lekin unga tupurib qo‘yilibdi. Chinakamiga o‘sha holatni tafsilotlari bilan aynan sahnalashtirishdan maqsad nima? Maqsad agar ezgu bo‘lgan deb ishontirmoqchi bo‘lishsa, ishonmadim, rosti.
Hammaning fikri har xil. Million odam to‘g‘ri xulosa chiqargani bilan bittasi noto‘g‘ri xulosa chiqarib shu ishni takrorlasa, zo‘r rejissura, oliy darajadagi ijro-yu boshqa bahonalar bir pul bo‘ladi bitta bevaqt ketgan inson hayoti oldida.
Misol keltiraman.
Italiyada yosh, chiroyli qiz cherkov­ning abortni qoralashiga va jamiyatga alohida shaxslar tomonidan sitam o‘tkazilishiga norozilik sifatida o‘zini derazadan tashlaydi. U so‘ng­gi yo‘lga dabdaba bilan kuzatiladi. Bu TVda namoyish etiladi. Shundan keyin italiyalik qizchalar o‘rtasida binolarning derazasidan va tomdan tashlab o‘zini o‘ldirish ko‘payadi. Bu “qora seriya”ni to‘xtatish uchun davlat barcha choralarni sinab ko‘radi. Ammo samara bermaydi.Kunlardan birida o‘zini o‘ldirishga hara­kat qilgan qizlardan biri o‘lmay qoladi. Undan nega bunday qilganini so‘rashganda, qizcha: “Axir, ko‘mish marosimlari qanday chiroyli”, deydi!Ya’ni o‘z joniga qasd qilishni ortiqcha tafsilotlar bilan namoyish qilish beixtiyor uning romantizatsiyasiga olib kelishi, kimlardadir havas uyg‘onib qo­lishi mumkin. Muammoning ildizlarini muhokama qilish kerak, albatta. Biroq dahshat tafsilotlarini ekranlashtirish xavf­li.Qolaversa, o‘sha oila a’zolari, marhumlarning yaqinlari haqida ham o‘y­lash kerak – insoniylik nuqtayi naza­ridan. Dahshatni aynan sahna­lash­ti­rib insonlarni yana o‘sha daqiqalarni ­yashab o‘tishga majbur qi­lish, majruh qalbiga ozor yetkazish bu – vahshiy­lik-ku! San’at o‘zini o‘zi tozalashi kerak. Etika kerak, maktab kerak.

Shahnoza SOATOVA Facebook


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img592