19.08.2024 | 13:35
686
“DOIMO AHLI BILIGLAR BIRLA BO‘L…”
Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy o‘z zamondoshlaridan, nazarimda, aynan qomusiyligi, serqirra ijodi bilan ajralib turadi. Sidqiy adabiy merosidan lirik g‘azallar, davr ijtimoiy voqeligiga munosabat she’rlar, hajviyalar, dostonlar, o‘ziga xos memuarlar, “zarbulmasal”lar, tarjimalar o‘rin olgan. Buni o‘z vaqtida jadidshunos Begali Qosimov ta’kidladi, tasnifladi, ijodidan namunalar berdi. Tadqiqotlarni davom ettirish yo‘llarini ko‘rsatdi. Sidqiyning 1998-yili nashr bo‘lgan “Tanlangan asarlari”ning o‘zi ham adib xususida yetarli tasavvurni beradi.

Xondayliqiy ijodiy mahsuli bo‘lmish asar muallif biografiyasini o‘zida aks ettiradi. Shoir saodatli damlari, ishqiy kechinmalari, ijtimoiy dardlari, hamdlari, munojot va murojaatlari – bularning o‘zi bir olam. Har qanday shoir kabi Sidqiy ham o‘z ijodiy imkoniyatini va bahosini o‘zi yaxshi bilgan. Shunga ko‘ra u o‘zini “ahli fazl” sanaydi. Bu alohidalik, boshqalarga o‘xshamaslik degani. Bir o‘rinda “Boshimga balo bo‘ldi fazlim mani, Ki yo‘q zarracha qadr-u qimmat mango” deb yozsa, boshqa bir she’rida:
“Har qayda qadr-u qimmati yo‘q bo‘lsa fazl elin,
Bozori dahr ichinda na bo‘lg‘ay baho mango”, deydi. Fazl eli, ahli fazl, fozillar, sidqiylar balki, o‘z zamonida qadr topmagandir. “Bozori dahr” aro Sirojiddin Xondayliqiyning qadr-u qimmati bugun baland, deb o‘yladim.
“Sharofatdadir razolat eli” shu misrani o‘qiganimda alloma shoir Furqatning mashhur “Charxi kajraftorning bir shevasidin dog‘man, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur”, degan mashhur hikmatiga uyg‘unligi xayolimga keldi. Shoirning yana bir muhim nasihati shuki: “Fazl ahlini xizmatin na yerda Ersang, ani barho etib ket”.
Sidqiy ijodida an’anaviy mumtoz adabiyotga xos obrazlar mavjud. Shoirning lirik-ishqiy g‘azallaridagi ifoda bayoni “g‘am gulshani”, “ishq otashi”, “hijron dashti”, “firoq vodiysi”, “vasl umidi” kabi qator mumtoz iboralar bilan bezatilganini ko‘ramiz.
Shoir sayohatlarga chiqadi. El-yurt kezadi. Ammo u Toshkentni yaxshi ko‘radi: “Biz ham necha shaharni ko‘rub sayr ayladuk, Toshkancha shahar uchramadi hech diyorda”. Shoirning umri, kayfiyati, didi shunday biografik xarakterli she’rlarida aks etadi. “Ehtiyoj” radifli g‘azali ham ana shunday xususiyatga ega. Shoir o‘z holini, iqtisodiy tangligini, ehtiyojmandligini bayon qiladi.
Shuningdek, shoir bisotida purma’no hikmatlarga yo‘g‘rilgan, pand-nasihatga uyg‘un she’rlari ham talaygina:
“Qo‘lda mash’al qamg‘og‘ ichra o‘ynama,
Shisha olib toshlog‘ ichra o‘ynama…
Doimo ahli biliglar birla bo‘l,
Bola yanglig‘ qo‘ndog‘ ichra o‘ynama…”
Shoirning hayotiy tajribalar aks etgan mana shu “O‘ynama” radifli g‘azali metaforik tabiatlidir. Uning tashqi ma’nosini ko‘chmaga ko‘chirib ancha tahlil etish ham mumkin.
Sidqiy ijodining umumpafosida ma’rifatparvarlik adabiyoti bilan o‘zbek jadid adabiyoti o‘zaro uyg‘un keladi. Sidqiy ijodining bir tomoni Muqimiy, Furqat, Zavqiylar ijodiga xos tendensiyalarni esga solsa, ikkinchi tomondan jadid adabiyotiga xos xususiyatlarni o‘zida jamlaydi. Ilmga chaqiruv, johildan qochuv, ijtimoiylashuv, hurlikni qo‘msov va shu kabi ohanglar adib ijodida o‘z uslubiga xos ravishda namoyon bo‘ladi.
Sirojiddin Xondayliqiyning adabiy ijodida birlik, ittifoq bo‘lish, hurriyatning qadriga yetish kabi ijtimoiy-umuminsoniy tushunchalarning adabiy talqini kuzatiladi. Birlik, ittifoq bo‘lishni insonning joni bilan jismiga taqqoslaydi. Birlik, ittifoqdan ayrilgan jismni misoli jonsiz tanadir. “Birlashayluk, ishlashayluk bas bo‘lub qo‘lu qanot!”. Kompozitsiyasiga ko‘ra har bandi o‘n ikki misradan tarkib topgan o‘n ikki bandli “Umidi ittifoq” deb nomlangan bu tarjiband 1918-yil 1-fevralda nashr etilgan. Oradan bir hafta o‘tib Turkiston muxtoriyati qonga botiriladi. Bu esa ittifoqsizlikning ayanchli oqibatidir. Yetmish ikki kun yashagan – abadiyat oldida bir lahza umr ko‘rgan Turkiston muxtoriyati jadidlar davri ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy hayotida juda muhim hodisa edi. Maxsus tekshirib, statistikasiga diqqat qaratib, aynan uch oyga yetmagan oraliqdagi jadid shoirlari yozgan she’rlarni kuzatdim. Barchasida hurriyat dardi, uni saqlab qolish niyati, birlashmoqqa da’vat va taassufki, Muxtoriyat qo‘ldan ketgandan keyingi afsusnomalar kuzatiladi. Zarurat bo‘lganida birlashmaslik, oraga nifoq va fitnalar solishning oqibati yomon. Shoir shundan ogohlantiradi: “Nifoq elini ko‘p beqaror aylag‘ay, Ki oxir chog‘i xor-u zor aylag‘ay…”
Savol-javob uslubida yozilgan “Zarbulmasali Sidqiy”ida shoir hayotiy tajribadan o‘tgan haqiqatlarni jamlaydi. Deylik: “Savol: Yig‘inda o‘ltirg‘on nodonning izzati nadur? Javob: Jim o‘tlirmoq…”
Bir sahifada o‘qidim: “Tama yo‘lbarsni chibin qilur”. Aynan juda donishmand xalq hikmati. Bu gap hazrat Navoiyning “Xorlig‘lar boshi tama bilg‘i, Doimo “azza man qana bilg‘il” misralarini esga soladi. Sidqiy “Qaydlari”da yozadi: “Qachon haqiqat maydong‘a qo‘yulsa, nohaqlik yer ostiga kirar, lokin haqiqatni yuzaga chiqarurg‘a erk bermaslar”. Muallifning yana ko‘plab nasriy asarlari, tarjimalari, “Tazkirai Imomi A’zam”, “Roznomai Muso alayhissalom” kabi diniy mazmundagi asarlari ham muhim, taqriz-u tadqiqotlarga arzigulik bitiklardir.
Bundan bir asrdan ko‘proq vaqt avval Bo‘stonliqning Xondayliqidan porlab chiqqan quyosh nurlari hali shu kunga dovur insonlar qalbiga, ma’rifattalab o‘quvchilar ko‘ngliga nur bag‘ishlab turibdi.
Bahodir NURMUHAMMAD
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
605
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
603



