20.08.2024 | 17:23
382
YOZLOQLARDA
Sayohat esdaliklaridan
BIR OG‘IZ SO‘Z
Lutfilla Olimiy tomonidan yozilgan bu yo‘l sayohatida o‘sha davrning nafasi, bosqinlardan qolgan izlar suvrati ko‘zga tashlanadi. Shu bilan tarixiy manzillar esga olinadi. Bunda tilga olingan ayrim joy nomlari bugun o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin. Sarlavhadagi birgina “yozloq” so‘zining o‘ziyoq XX asrning 20-yillarida adiblarning toza o‘zbekona so‘zlarga, ona tilga e’tiborini, so‘z izlash va noyob so‘zlarni qo‘llashga bo‘lgan ixlosini ko‘rsatadi. Zero, bugungi “dacha”, “chorbog‘” so‘zlari o‘rnida “yozloq”ni ommalashtirish ham o‘rinli ko‘rinadi.
TAHRIRIYAT

PODSHOH OTA YO‘LIDA
Namangan shahrining qut (shimol) tomonida, 85 chaqirim yiroqliqda bir yozloq bor. Uni Podshoh ota derlar. Ilgari chor hukumati vaqtida issig‘da qiynalg‘on semiz ovro‘pali boylar, to‘ralar Turkistonning issig‘ iqlimi shaharlarida chidab turolmayturg‘on ovro‘pali “nozik” xotun-qizlar javzo (may) oyidan boshlab o‘sha yerga chiqib ketarlar; unda sof, toza havo yutub, yoqimli, kuchlik qimizlarni ichib, kumushdak suvlarida cho‘milishib qaytarlar edi. Undan tashqari turli yoqdan kelgan “sillar” ham kuch yig‘ib, qon ko‘paytirib, tiklanib ketarlar edi. Shu uchun Podshoh otaning yo‘lig‘a juda ham ahamiyat berilgan: tekislangan, ikki tomonig‘a “zarrak” daraxtlari o‘tqizilg‘on; ishqilib yo‘lchining rohati har jihatdan ta’min qiling‘on edi.
Men ham yozning bir oyini o‘tkazmak uchun Podshoh otag‘a ketayotib, o‘sha yo‘llardan o‘tib boramen. Yo‘ldoshim bu yerlarga begona kishi bo‘lg‘oni uchun unga har narsa qiziq va ajib tuyuladir. Shu uchun uning ko‘b so‘roqlarig‘a bilganimcha javob bera boramen.
Yo‘llar yaxshi, yonimizdan Podshoh otaning suvi oqadi. Ko‘b yerlardagi daraxtlar to‘palang yillarida kesilib ketkan; ularning o‘rinlarida shu yil bahorda ekilgan va endigina ko‘karib kelayotqon ko‘chatlar ko‘rinadir.
Dehqonlar hech narsadan qo‘rqmasdan bemalol ekinlik yerlarida ishlab turadirlar; o‘tkan yil juda xavflik bo‘lg‘on bu yo‘llarda biz ham ikkigina kishi vahmsiz ketib boramiz. Shu uchun o‘zimiz ham juda xursandmiz. Bulbullar, jo‘rlar, to‘rg‘aylar ham tevarak-atrofimizda, bizning xursandligimizga qo‘shulub, charaqlaydirlar!
Yetti soat yo‘l yurgandan keyin tarixiy shaharlardan bo‘lg‘on Zarkentga kirib bordiq.
ZARKENT
Yoshlig‘imda “Hazrati Shoh Jarir” degan bir kitob o‘qig‘on edim, o‘sha kitobning ko‘rsatishiga qarog‘onda, mana shu kungi Zarkent bilan Koson va Axsikent qishloqlari – burun katta shaharlardan bo‘lg‘onlar. Unda yashag‘uvchi musulmonlarni “mug‘lar” (mo‘g‘ullar) doim jabrlab turg‘onliqlaridan, ular arabistondan ko‘mak so‘rag‘onlar(!). Hazrati Usmon nabirasi deb o‘ylanaturg‘on Shoh Jarir juda ko‘b arab amirlari va askarlari bilan birga kelib, Zarkentda hukm surub yotqon Karvonbas va Kosondag‘i Axshatga qarshi urush ochqon. Orada juda ko‘b urush bo‘lub natijada Axshat bilan Karvonbas gapni bir joyga qo‘yub, arablarga xiyla tuzog‘ini qurg‘onlar. Arablar juma namozini o‘qib turg‘on chog‘larida ular kelib qamab olg‘onlar-da, o‘ldirganlar. O‘ldirilgan arablarning jasadlari Zarkentga yaqin Isbidbo‘lan degan joyg‘a qo‘yilg‘on…
Har nima bo‘lg‘onda ham, Zarkent, jonli mol (hayvonot) savdosining markazi edi. Yettisuvdan, Ketmantepadan bu yerga necha minglab ot-mol, qo‘y haydalib kelar, necha ming pudlab bug‘doylar yo‘l bo‘yi chizilib ketgan aravalarga haftaliq-oyliq va balki yilliq yuk bo‘lurlar edi… Vaqti bilan bu qishloqda katta saroylar, go‘zal binolar bo‘lg‘on; Ovrupa usulida soling‘on rus yerlik maktabining binosi bilan o‘nlarcha xonadan iborat toshdan soling‘on kasalxona binosi – bu kichkina go‘zal qishloqqa kichkina bir shaharcha basharasini berib turg‘on. Xalqi ko‘b, dehqonchiliq ishlari rivojli bo‘lg‘on.
Hozir qishloq bir xarobadan nishon beradir. Talang‘on, yulung‘on, hech narsasi yo‘q bechoradek g‘amli-g‘amli qaraydir… Maktab binosidan ozg‘ina g‘isht qolg‘on… Kasalxonaning tosh devorlari, o‘zlarining yong‘inlarig‘a parvo qilmay kuymay qolg‘onliqlarig‘a maqtanib, gerdayib turadirlar… Boshqa imoratlar bo‘lsa yiqilg‘on, yoqilg‘on, sog‘ qolg‘onlari ham to‘rt tomong‘a yonboshlag‘on, qiyshayg‘on… Do‘konlar, samovarxonalar, saroylar albastining uyiga aylangan. Kishi yo‘q, xalq har tomong‘a qochib ketgan necha yuz uylik, necha ming kishi yashag‘on bu yerda hozir 20 uylikcha kishi qolg‘on… Bozor kuni yuztacha kishining qimirlashg‘ani ko‘rildi.
Shunday xarob, boyqush uyasi bir qishloqda ham bu yil yangi usulda bir maktab ochilibdir. Bolalari yaxshig‘ina foydalanib qolg‘onlar.
Shuni ko‘rgandan keyin ko‘zimizdan tomchi-tomchi yosh chiqdi. Faqat, u yoshlar qayg‘u yoshlari emas – umid yoshlari! Xarob qishloqlarning gullash kunlarini bizga xabar berayotqon sevinch yoshlari.
NANAY
Zarkentda bo‘laturg‘on hodisalarni hamma vaqt kuzatib turishqa o‘rgangan Unfor tog‘idan boshlab, yo‘lning ikki tomonida baland tog‘lar uzayishib, qatorlashib ketadirlar. O‘rtada keng bir vodiy bor. Uning o‘rtasidan oppoq, kumushdak yaltirab, buralib-buralib Podshoh ota soyi oqadir. Suv – tiniq, sovuq. Zarkentdan yiroqlashg‘on sori tabiat boylig‘i, go‘zallik orta boradir. Oppoq qorlar ostidan gerdayib ko‘ringan haybatlik tog‘lar to‘rt tomondan bizga tikiladirlar… Har tomon ekin, bug‘doy. Ketgan sori salqinliq. Zarkentdan 12 chaqirim yo‘l bosib Nanayga keldik.
Zarkent ta’rif qiling‘ondan keyin Nanayni aytib o‘ltirush kerak emas. Faqat bu qishloq obodroq. Mingga yaqin xalqi bor.
Qishloq ichidan chitdarak, baland qirning etagiga, yo‘l uzasiga bir maktab soling‘on, ozg‘ina pastda boyag‘i soy shovullab oqib turadir. Dehqon bolalari ham o‘sha soyning shovullashig‘a qo‘shulub, shovullab o‘qumoqqa boshlasalar… Tarixning yangi bir varag‘i ochildi deng!
L.OLIMIY
1926-yili bosilgan “Adabiyot parchalari” majmuasidan
Saodat FAYZIYEVA nashrga tayyorladi
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599