Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.08.2024 | 11:34

img397

MILLAT FIDOYILARI: ABDURAHMON ABDULLAXONOV

Qo‘limizdagi hujjat mahbus Abdurahmon Abdulla­xonovning 5369-sonli ayblov ishi yuzasidan NKVD Marg‘i­lon shahar boshlig‘i Davlat xavfsizligi katta leytenanti Kuleshovning ayblov xulosasi. U O‘zSSR Jinoyat kodeksi­ning 66-moddasi 1-bandi bilan ayblangan. Ayblov xulosasi quyidagicha:

 “Sobiq podshoh amaldori, davlat dumasi a’zosi, yirik savdogar, muxtoriyatchilik harakati ishtirok­chisi, aksilinqilobiy tashkilot “Mil­­­liy ittihod”ning rahbari aksil­inqi­lobiy ishlari va 1920-yili bosmachilar to‘dasi bilan aloqada bo‘lgani uchun Marg‘ilon shahrida FK tomonidan hibsga olingan. Shu kunda dushman kayfiyatida bo‘lgan Abdurahmon Abdulla­xonov aksilinqilobiy guruhlar va bosh­qalarni o‘z atrofiga to‘plab, ish olib borgan, partiya va Sovet hokimiyati tadbirlariga qarshi no­ro­zilik ko‘rsatgan.

Paxta zavodiga rahbar paytida tuzumdan norozi bo‘lgan Karimboboyev, Mulla Mamasharipovlarni o‘z tomoniga og‘dirib, “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilot raisi o‘rinbosari sifatida bosmachilikni qo‘llab-quvvatlab, sovetlarga qarshi kurash olib borgan. 1920-yili millatchilik, teskarichilik, 1933-yili aksilinqilobiy faoliyati uchun Marg‘ilon GPUsi tomonidan qamoqqa olingan.

Ish bo‘yicha tergov jarayonida quyidagilar aniqlangan: avval aksilinqilobiy kayfiyatda bo‘lgan, muxtor hukumat davrida ad’yutant bo‘lib, “Milliy ittihod”ning faol a’zosi sifatida davlatga qarshi kurash olib borgan. 1920-yili Marg‘ilon ChKsi ad’yudanti, Marg‘ilon uyezd-shahar revol­yutsion komiteti sobiq raisi, hozirda xalq dushmani Shomansur Alixo‘jayev yordami bilan jazodan qutulib qolgan.

1922-yili qo‘rboshi Muhammad Ibrohimov Marg‘ilon ra­yoni milit­siyasi birinchi boshlig‘i etib tayin­landi. Militsiya sobiq bosmachi­lar bilan aksariyat kambag‘­al deh­qon­­larni talashgan, terror etgan, ularning ayollari­ni zo‘rlagan, qarshilik ko‘rsatganlarni o‘ldirishgan. Shuningdek, ular Sovet hokimi­yatiga ishongan, halol militsiya xodim­larini, masalan Yusufjon To­jik va boshqalarni ham o‘ldirgan. Marg‘ilon shahrida yer-suv islohotini o‘tkazish davrida Karimboboyev shtab raisi bo‘lgan, xizmat vakolatini suiiste’mol qilib aksilinqilobiy tashkilot “Milliy ittihod” topshirig‘i bo‘yicha ongli ravishda partiya va hukumatning direktivalarini buzgan. Karim­bobo­yev avvalida aksilinqilobiy “Milliy ittihod”ning kotibi bo‘la turib, 1935-yil­­gacha xalq dushmanlari – Markaz xodimlari, hozirda qa­moqqa olingan Shomansur Ali­xo‘jayev, Abdulla Karimov va boshqalar bilan yaqindan aloqada bo‘lgan.

Abdurahmon Abdullaxonov­ning o‘zi – yirik boy, paxta tayyorlovchi zavodchi, quloq. Qo‘qon muxtor hukumatining a’zosi. Marg‘ilon­da­gi “Milliy ittihod” tashkiloti raisi­ning o‘rinbosari va a’zosi. Bosmachilar to‘dasini tashkil etgan, qurol-aslaha bilan ta’minlagan. 1920-yili Karimboboyev va “Milliy ittihod”chilar bilan birgalikda Mar­g‘i­lon favqulodda komissiyasi tomonidan hibsga olingan. Biroq Marg‘ilon uyezd-shahar revolyutsion komitetining sobiq raisi Shomansur Alixo‘jayev tomonidan ozod qilingan.

Abdurahmon Abdullaxonov 1929-yili Marg‘ilondagi aksilinqi­lobiy tashkilot “Azizovchilik”ning rahbari bo‘lgan. Bu tashkilot ak­­sari o‘quv muassasa­la­rida mil­lat­chi­lik ishla­rini olib borib, o‘quv­­chilarning kom­mu­nistik tar­biya­sini orqaga surgan. Abdullaxonov o‘qituvchilik qilish bilan birga o‘quvchilar orasida fa­shis­tik targ‘ibot olib borgan. Bu­ning uchun u Marg‘ilon rayon ­ijroiya komiteti tomonidan haydab yubo­rilgan. Xalq ta’limida ishlash huqu­­qi­dan mahrum qilingan.

Abdullaxonov Karimbo­bo­yev­ning yordami bilan shu yili koope­ra­tiv “Sovet” nomli kolxozga ishga joylashtirilgan. U bu yerda quloqlardan iborat yirik guruh tashkil etgan. Kolxozdagi ishlab chiqarishni izdan chiqarish, sotsialistik mulkni talon-taroj qi­lish, kolxozda zararkunandachilik olib borish, faollar, komsomol a’zo­lari­ni quvish, kolxozchilar ora­­sida tartibsizlik keltirib chiqarishga ha­ra­kat qilgan.

Yuqorida Karimboboyev va Abdurahmon Abdullaxonovning aksilinqilobiy faoliyati O‘lmas Jalilov, Ortiq Absarov, Sharipjon Abdullayev, Muxtor Isomiddinov, Qosim Hakimov, Abdulaziz Melixo‘jayev va boshqalar ko‘rsatmalari bilan tasdiqlangan. Ishda tegishli ma’lumotlar mavjud.

Ayblanuvchilar o‘zlariga bil­di­ril­gan ayblarni e’tirof etmaganlar.

Abdurahmon Abdullaxonov 1892-yil­­­da tug‘ilgan, Marg‘i­lon shahridan. “Sovet” kengashi ko‘­cha­sida yashagan. Yirik savdo­gar. 40 tanob yerga ega, chorikor­larni ekspluatatsiya qilgan, oilali, par­tiyasiz. 1920-yili aksilinqilobiy faoliyati uchun ChK organlari tomonidan qamoqqa olingan. 1930-yili 2-marta aksilinqilobiy faoliyati uchun GPU organlari tomonidan qamoqqa olin­gan. Hibsga olingungacha Marg‘i­lon qishloq mat­lubotida ma­ga­zin mudiri bo‘­lib ishlagan. Har­biy majburiyati bo‘lmagan. SSSR fuqarosi, Mar­g‘ilon shahar militsiyasi tomonidan pasport ol­gan. Karimboboyev va Abdurahmon Abdullaxonovning jinoyat ishlari O‘zSSR Jinoyat kodeksi­ning 66-moddasi 1-bandi bilan belgilangan. Karimboboyev va Abdu­rahmon Abdullaxonov­ning ayblovi bo‘yicha bu ish uchlik tomonidan O‘zSSR NKVDsida ko‘rib chiqilgan.

1937-yil 27-noyabrda O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligi huzuridagi O‘zSSR NKVD Mar­g‘i­lon shahar bo‘limi Uchlikning yig‘i­lishida Abdurahmon Abdulla­xonov sobiq quloq, “Milliy ittihod” aksil­inqilobiy tashkilot rahbari sifatida 10 yil mehnat-tuzatuv lage­riga hukm qilingan. Mud­dati 1937-yil 14-sentyabrdan hisob­lan­gan.

Oradan 12 yil (!) o‘tib, 1949-yil 21-martda Farg‘ona oblast prokurori o‘rinbosari, Farg‘ona oblast davlat xavfsizligi bosh­qarmasi boshlig‘i Avanesovning profilaktika chorasini belgilash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan. Uning ijrosini ta’minlash Farg‘ona oblast davlat xavfsizligi boshqarmasi tezkor vakili, katta leytenant Arustanov, davlat xavfsizligi 5-bo‘lim mudiri, mayor Mitrofanov, tergov bo‘limining boshlig‘i, mayor Iksanovlarga yukla­til­gan.

Qarorda shunday deyilgan: “Men, davlat xavfsizligi ministrligi boshqarmasi Farg‘ona oblasti katta operativ vakili, katta leyte­nant Arustanov Farg‘ona oblasti Marg‘ilon shahrida 1892-yili tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSSR fuqarosi, partiyasiz, savodli, katta boy oilasidan, tug‘ilgan joyi bo‘yicha yashayotgan, aniq mashg‘uloti bo‘lmagan Abdurahmon Abdullaxonovga tegishli materiallarni ko‘rib chiqib, quyidagilarni ma’qul topdim.

Abdurahmon Abdullaxonov O‘zSSR Jinoyat kodeksining 66-mod­dasi 1-bandi bo‘yicha jinoyat­chilikda shubha ostiga olingan­ligidan ozodlikda yurib tergov va suddan bosh tortmasligi va ishni tekshirish jarayoniga ta’sir etmasligi uchun O‘zSSR Jinoyat kodeksining 49-, 51-moddalariga asoslanib qaror qildim:

Tergov va suddan bosh tortgani, qarshilik bildirgani uchun Abdurahmon Abdul­la­xo­nov cho­ra sifatida Davlat xavf­sizli­gi minis­trligi Farg‘ona ob­lasti bosh­qar­masiga qarashli ichki tur­ma­da saqlansin va mazkur qaror­dan tilxat asosida mahbus ogoh­lan­tirilsin.

O‘zSSR Jinoyat kodeksining 52-moddasiga muvofiq, mazkur qaror nusxasi prokuror va turma bosh­lig‘iga yuborilsin va mahbus­ning shaxsiy ishiga kiritil­sin”.

1949-yil 3-avgustda SSR Itti­foqi dav­lat xavfsizligi ministr­ligi qoshi­dagi maxsus kengashda Abdu­rahmon Abdullaxonov ­RSFSR Jino­yat kodeksi va O‘z­SSR Jinoyat kodek­si­ning 66-mod­dasi 1-bandi bi­lan ayb­la­nib, sovetlarga qarshi mil­lat­chi­lik tashkilotiga mansubligi uchun surgun qilingan.

Izoh: Qahramonimizning so‘nggi taqdiri haqida ma’lumotlar izlan­moqda. Bu inson haqida xotiraga ega bo‘lganlar tahririyatga va mual­lifga xabar qilishi so‘raladi.

Rustambek SHAMSUTDINOV,

tarix fanlari doktori, professor


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600