Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.08.2024 | 12:04

img191

“MAOSH OLGANDIM…”

Maosh olgandim. Eng avval kitob do‘koniga kirdim. U yerdan hazrat Rumiyning “Ichindagi ichindadur” kitobini sotib oldim. Keyin kiyim bozo­riga o‘tdim. Hamma o‘zi bilan, o‘z yumushi bilan band. Kimdir sotadi, kimdir oladi. Kimdandir kamayadi, kimdadir ko‘payadi…

Men esa xayolan hazrat bilan gaplashib ketyapman. Qimmatbaho kiyimlarga qarashga u kishidan uyalaman. Dunyoning matohi boshimni aylantirayotganini sezib qolmasinlar-da, deyman. Odmigina kiyimlarga nazar tashlayman.

Odamlar bilan tiqilinch yo‘lakda kimdir meni turtib o‘tadi, kimdir oyog‘imni bosib oladi, keyin kechirim ham so‘ramay, beparvo o‘tib ketaveradi. Men esa ahamiyat bermayman. Ahamiyat berishga Rumiy hazratlaridan xijolat bo‘laman. To‘g‘ri-da, turtsa nima bo‘libdi, yiqilib ketdimmi yo oyog‘imni bosganiga mayib bo‘ldimmi? Yo‘q, unda nega ranjishim kerak?! Koyish­dan tilimni tiysam nimamdir kamayib qolarmidi? Asabimni egovlab foyda topganmanmi biror marta?

– Bu ro‘molni men olayotgandim, – dedi qoshini chimirib bir ayol qo‘limdagi ro‘molni tortqilab.

Ha, mayli, olaversin, boshqa topilib qolar shunaqasidan, deb o‘yladim ichimda. Afsus, aynan shu rang va shunaqa gullisidan atigi bitta qolgan ekan. Esiz, onam shu rangni yoqtirardi-da. “Anorday lov-lov yonib tursa”, derdi kiyimlarga qaraganda. Iltimos, shu ro‘molni men olaqolay, demoqchi bo‘ldim yonimda pul sanayotgan ayolga. Ammo shayxdan istihola qildim. U sumkamda turib, vujudimga o‘t qo‘yar, ko‘ngil olamimni kezib yurardi. “Boshni ro‘mol yopadimi yo uning guli, rangi asqotadimi?” degandek tuyuldi.

Ha, chanqagan odam uchun piyolaning guli emas, uning ichidagi suv muhim bo‘lganidek, men ham mohiyatga emas, tashqi tasvirga e’tibor qaratayotgandim.

Bozorda ortiq qolgim kelmadi. Tezroq uyga borsam-u, kitobni ochib, hazrat bilan suhbatlashsam…

E’tibor NORBO‘TAYEVA

Facebook


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600