22.08.2024 | 12:46
2526
KO‘KTURK ALIFBOSI
Sovet mafkurachilari uchun mustabid xalqlarni kamsitish, yerga urish, hatto haqoratlash oddiy kundalik yumush edi. Xalqni o‘zagidan, ildizidan ayirish maqsadida soxta tarix to‘qilar, mashhur allomalari, sarkardalari qora bo‘yoqlarda tasvirlanardi. Albatta, o‘tmishidan bexabar g‘ofil xalqni boshqarish oson, o‘z yo‘rig‘iga yurgizish qulay bo‘ladi, deb hisoblashgan. Ayniqsa, uch ming yillik tarixga ega o‘zbek xalqini ommatan savodsiz deb e’lon qilish zamirida ham ana shunday siyosiy maqsad yotardi. O‘quvchilik yillarimda bu siyosatning mohiyatini tushunmaganimdan bo‘lsa kerak, tarix darsligini o‘qib ayrim savollar tug‘ilar edi.
Xo‘sh, turkiy xalqlarning, jumladan, o‘zbeklarning qadimda o‘z alifbosi bo‘lganmi? Ha, oromiy yozuvida bitilgan toshbitiklar qadimda o‘z alifbomiz bo‘lganini tasdiqlaydi. Yaqinda xorazmlik tarixchi Latofat Abdrimova tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotdan uzoq o‘tmishdagi ajdodlarimiz ko‘kturk alifbosini ham yaratganini bilib qoldim.
“Ko‘kturk alifbosi turk tilining eng qadimgi yozuv tizimidir, – deb yozadi Latofat Abdrimova. – O‘ngdan chapga yoziladi. U jami 38 ta harfdan, jumladan, 4 ta unli, 25 ta undosh va 9 ta diftongdan iborat bo‘lib, ko‘pchilik undosh harflar qalin va ingichka unlilarga ega. O‘rxun bitiklari shu alifbo bilan yozilgan.
Qizig‘i, Xorazmning so‘nggi xonlari ushbu alifboni bilgan va o‘rganganlar. Saroyda 85 nafar tarjimon faoliyat yuritgan.
Demak, bu alifbodan ham foydalanilgan. Ruslar saroy kutubxonasidan olib ketgan ma’naviy xazina orasida yana qanday bebaho merosimiz bo‘lgani haligacha noma’lum”.
Yana bir gap: tarixiy manbalarda keltirilishicha, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z alifbosi – “Xatti boburiy”ni yaratib, undan unumli foydalangan. Ammo bu alifbo arab yozuviga asoslanganini ta’kidlash joiz.
Xo‘sh, tengsiz aqlu zakosi bilan o‘z alifbosini yaratgan xalq savodsiz bo‘lishi mumkinmi?
Shuhrat AZIZOV
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
602
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600
