Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.09.2024 | 13:46

img269

PARALIMPIYACHILARIMIZ TARIX YARATMOQDA

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz erishgan natijalar xalqimiz ko‘ngliga iftixor tuyg‘usini baxsh etib, mamlakatimiz bayrog‘i bir necha bor ­baland ko‘tarilgan, madhiyamiz xalqaro maydonda yangragan edi. Bu g‘alabalarning shukuhi tark etmay turib, Paralimpiya o‘yinlarida ham sportchilarimiz ketma-ket oltin medallarni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.


Mamlakatimiz rahbarining sportga va yoshlar masalalariga qaratayotgan birday e’tiborining mahsuli sifatida bo‘y ko‘rsatayotgan bu yutuqlar sportsevar xalqimizning qalbiga cheksiz g‘urur va faxr tuyg‘ularini bag‘ishlamoqda. Ta’kidlash o‘rinli, o‘yin natijalari, yigit-qizlarimizning munosib ishtiroki borasidagi muhokamalar bugun kun mavzusiga aylangan. Qizg‘in tusda o‘tayotgan Parij–2024 Paralim­piya o‘yinlarida yurtimizning ayni paytdagi natijalari, o‘tgan o‘yinlardagi yutuqlar va shu kunga qadar yig‘ilgan medallar haqida ma’lumotlar gazetxonlar uchun qiziq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
O‘zbekiston bu yilgi Paralampiya o‘yin­larida 6-sen­t­yabr holatiga ko‘ra 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan 12-o‘rinda bormoqda. Paraatletika bo‘yicha Elbek Sultonov, Qud­ratillo­xon Ma’rufxo‘jayev, Boburjon Omonov, Yorqinbek Odilov, Asila Mirzayorova, Husniddin Norbekov – oltin, Doniyor Saliyev, Kubaro Hakimova, Safiya Burxanova – kumush, Tolibboy Yuldashev, Nurxon Qurbonova, Mohigul Hamdamova – bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, parataekvondo bo‘yicha Asadbek Toshtemirov oltin, Ziyodaxon Isoqova, Guljonoy ­Naimova – kumush medal sohibiga aylandi. Paradzyudo bo‘yicha Sherzod Namozov barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi. Shuningdek, para o‘q otish bo‘yicha Ser­ver Ibragimov kumush va parasu­zish bo‘­yicha Muslima Odilova bronza medali sohibiga aylandi.
1960-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu o‘yinlarga mamlakatimiz 2004-yildan beri ishtirok etib keladi. Dastlabki ikki o‘yinda – 2004 va 2008-yillardagi Para­limpiadada bizga medallar nasib qilmagan. Og‘ir atletika sport turi bo‘yicha ishtirok etgan Yusuf Qodirov Paralim­piya o‘yinlarida qatnash­gan ilk o‘zbek sportchisiga aylangandi.
2012-yilgi London Paralimpiadasida esa atigi bitta kumush medal bilan 57-pog‘onani band etgandik. O‘shanda medal sohibi bo‘lgan Sharif Xalilov Paralimpiya o‘yinlarida medal olgan ilk o‘zbek sportchisi bo‘lgandi.
2016-yil Rio de Janero shahrida bo‘lib o‘tgan Paralimpiadada jami 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza bilan 16-o‘rinni qo‘lga kiritganmiz. Yengil atletika bo‘­yicha 3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, dzyudo bo‘yicha 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza, suzishda 2 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, og‘ir atletika va o‘q otish bo‘yicha 1 tadan bronza medallariga ega chiqqanmiz o‘shanda.
2021-yilgi Tokio Paralimpiadasida ham jami oltinlari­miz soni 8 ta edi. Shuningdek, 5 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan unda ham 16-o‘rinni egallagandik. Yengil atletikadan 5 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza, dzyudodan 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza, taekvondodan 1 ta oltin, og‘ir atletikadan 1 ta kumush, suzishdan 2 ta bronza medallari bizniki bo‘lgandi.
Sport turlari bo‘yicha o‘tgan yillardagi jami medallarimiz sarhisob qilinganda quyidagi raqamlar kelib chiqadi: yengil atletika bo‘yicha 8 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza, jami 16 ta. Dzyudo bo‘yicha 5 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza, jami 17 ta. Suzishda 2 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza, jami 14 ta. Taekvondo bo‘yicha 1 ta oltin. Og‘ir atletikada 1 ta kumush, 1 ta bronza, jami 2 ta medalimiz bor. O‘q otishda 1 ta bronzani ham qo‘shsak, yurtimizning o‘tgan Paralim­­piya o‘yinlaridagi umumiy medallari soni 51 tani tashkil etadi.
Parij Paralimpiya o‘yinlarida hozircha sport­­chilarimiz para yengil atletika bo‘yicha 6 oltin, 3 kumush, 3 bron­za, jami 12 ta medalni, parataek­vondo bo‘yicha 1 oltin, 2 kumush, jami 3 medalni, para dzyudo bo‘yicha 1 ta oltin, para o‘q otish bo‘yicha 1 kumush, para suzish bo‘yicha 1 bronza, jami bo‘lib 18 ta medalni naqd qilib turibdi. Hali imkoniyatlarimiz, oltin me­dal olishi mumkin bo‘lgan sportchilarimiz bor.
Bu galgi o‘yinlarda 65 nafar o‘zbekistonlik sportchi 9 sport turi bo‘yicha ishtirok etmoqda.
Qolgan paralimpiyachilarimizga ham muvaffaqiyat tilay­miz, ularning har biriga yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘ta­rish, sharafini munosib himoya qilish nasib etsin. Mana shu jo‘shqin sport o‘yin­larining shukuhi xalqimizni yanada jipslashtirsin, sport dunyo xalqlarini bir-biri bilan yanada yaqinroq do‘stlashtiraversin. Sportchilarimizga ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

Oqil ABDUBARNOYEV


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605